Nazorat savollari:
1. Nafaqa va imtiyozlar haqida umumiy qoidalar
2. Harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun pensiyalar
3. Pensiya belgilash va to’lash tartibi.
4. Harbiy xizmatchilar pensiya ta`minoti va uning harbiy faoliyati
rag`batlantirishdagi o’rni
5. Nogironlik bo’yicha va xizmat yili uchun pensiya tayinlash tartibi
39
6. Boquvchisini yoqotgan pensiyasini tayinlash tartibi.
Tayanch so’zlarlar:
Jarima - jazo sifatida undiriladigan pul.
qamoqqa olish - hibisda saqlash
Oklad - ish haqi miqdori
Adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi
2. Mudofaa to’g`risida O’zbekiston Respublikasi qonuni
3. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g`risida O’zbekiston
Respublikasi qonuni.
4. Karimov I.A. Mamlakatning asosiy boyligi - tinchlik va quyosh. 1995.
5. Axmedov R.U. O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari - tinchlik
va barqarorlik kafolati. 1995.
Mavzu-7: Harbiy adliya va surishtiruv organlari. Jinoiy ish yuritish.
O’quv tarbiyaviy maqsadlar.
1. Talabalarga harbiy adliya va surishtiruv organlari haqida nazariy bilim
berish.
2. O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlar sudlov ishlari, harbiy
prokuraturaning asosiy yo’nalishlari, qoidalari, tuzilishi va shahsiy tarkib ishtirokida
harbiy sudlovning olib borilishi xaqida bilim va ko’nikmalar berish.
O’quv savollari:
1. Harbiy prokuratura faoliyatini tashkil etish, vazifalari va tamoyillari.
2. Harbiy prokuratura faoliyatining asosiy yo’nalishlari va qoidalari.
3. Jinoiy sud ishlab chiqarishi vazifa va tamoyillari.
4. Qurolli Kuchlarda tergov olib borish.
40
5. Harbiy sud jarayonini shahsiy tarkib ishtirokida o’tkazish.
1. Harbiy prokuratura faoliyatini tashkil etish, vazifalari va tamoyillari.
Qonunni muhofaza etish organlari tizimida prokuratura muhim o’rin tutadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 18-moddasiga muvofiq O’zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori va unga bo’ysunadigan prokurorlar zimmasiga
mamlakatda qonunlar aniq va bir xil bajarilishi ustidan oliy nazorat yuklangan.
Bunda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qonunlarning
bajarilishi ustidan oliy nazorat O’zbekiston Respublikasi bosh prokurori va unga
bo’ysunadigan harbiy prokurorlar zimmasiga yuklatilgan.
Qurolli Kuchlarilarda bevosita nazoratni amalga oshiradigan organ va
mansabdor shaxslar birgalikda harbiy prokuraturani tashkil etadi, uning faoliyati
O’zbekiston Respublikasi Prokuratura to’g`risidagi qonuni (9,12,92) va harbiy
prokuratura to’g`risida nizom bilan boshqariladi.
Harbiy prokuratura quyi harbiy prokurorlarning yuqoridagilariga va
O’zbekiston Respublikasi bosh prokuroriga bo’ysunishi bilan markazlashtirish
tamoyili asosida qurilgan.
Bosh harbiy prokuror O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi (XXII bob)
va amaldagi qonunchilik asosida ish yuritadi. U qonunlarni to’g`ri va bir xil qo’llash
ustidan nazorat, har qanday mahalliy tafovutlar va mahalliy hamda idoraviy
ta`sirlardan qat`iy nazar qonunlar buzilishini aniqlash va o’z vaqtida bartaraf etish,
buzilgan huquqlarni tiklash, aybdorlarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka
tortish bo’yicha ish olib boradi.
2. Harbiy prokuratura faoliyatining asosiy yo’nalishlari va qoidalari.
Harbiy prokuratura organlari faoliyati qonun ustivorligini ta`minlash, huquq
tartibotni mustahkamlash, shaxs erkinliklariga dahl qilishdan himoyalash, davlat
mustaqilligi, ijtimoiy davlat qurilishi, siyosiy va iqtisodiy sistema, Konstituttsiyada
belgilangan milliy guruhlar va hududiy tuzilmalar huquqlari va shu kabilarga
qaratilgan.
Harbiy prokuratura organlari tizimi Qurolli Kuchlar strukturasiga mos
tuzilgan va uch asosiy bo’g`indan iborat: oliy bo’g`in-Bosh harbiy prokuratura, o’rta
bo’g`in O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari turlari harbiy prokurorlari, quyi
bo’g`in - gornizonlar, qo’shimchalar va ularga tenglashtirilgan harbiy prokuraturalar.
Bosh harbiy prokuratura boshqaruvchi harbiy prokurorlik organi sifatida
O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tarkibida tashkil etiladi. Uni O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan 5 yil muddatga tayinlanadigan O’zbekiston
Respublikasi Bosh harbiy prokurori boshaqaradi.
U birinchi o’rinbosar, o’rinbosar, katta yordamchilar va yordamchilarga ega.
Bosh harbiy prokuraturada boshqarmalar, bo’limlar, devonxona, qabulxona,
shuningdek, harbiy prokuratura faoliyatining tobora muhim masalalari muhokama
etiladigan komissiya tuziladi Boshqarma va bo’limlar tarkibida katta harbiy
prokurorlar va harbiy prokurorlar bor.
Bosh harbiy prokuror huzurida o’ta muhim ishlar bo’yicha katta
tergovchilar bo’lishi mumkin. Qurolli Kuchlar turlari harbiy prokuraturasi o’ziga
bo’ysungan harbiy prokuraturalar uchun boshqaruv organi sanaladi.
Unga O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadigan
Qurolli Kuchlari turlari bosh prokurori rahbarlik qiladi. U bo’lim va devondan
41
iborat, harbiy prokuror birinchi o’rinbosar va o’rinbosarlar, katta yordamchilar va
yordamchilar, o’ta muhum ishlar bo’yicha tergovchilar va katta tergovchilarga ega.
Bo’limlarda bo’lim harbiy prokurorlari faoliyat yuritadi. Garnizon harbiy
prokuraturasiga Bosh harbiy prokuror tayinlaydigan gornizon harbiy prokurori
rahbarlik qiladi.
U o’rinbosarlar, katta yordamchi va yordamchilar, shuningdek, tergovchi va
katta tergovchilardan iborat bo’ladi. Garnizon va harbiy prokurorlari harbiy
prokuratura tizimi asosini tashkil etadi.
Harbiy prokuraturaning qonun ustivorligini ta`minlash, O’zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari qonunbuzarlikning oldini olish va tugatish yuzasidan
ishlari quyidagi asosiy yo’nalishlarda olib boriladi: qonunlar, harbiy nizomlar va
boshqa harbiy qonun hujjatlarining harbiy qismlar, muassasalar, Oliy O’quv yurtlari,
korxonalar, tashkilotlar, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar,
barcha harbiy xizmatchilar va o’quv yig`inga chaqirilgan harbiyga majburlar ustidan
nazorat olib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tergov organlari tomonidan,
harbiy prokuratura tergovchilari, shuningdek, tergov organlari va havsizlik organlari
tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Harbiy tribunal tasarrufida tergov qilishda qonunchilikka rioya etish ustidan
nazorat; harbiy sudlarda ishlarni ko’rishda qonuniylik ustidan nazorat; qonun va
harbiy nizomlarga gauptvaxtalar va qamoqqa olingan yoki ushlangan harbiy
hizmatchilar aniqlanadigan boshqa joylarda,intizomiy batal`onlar, shuningdek,
harbiy sudlar tayinlagan jazolarni qismlarda bajarish chog`ida amal qilish ustidan
nazorat,
harbiy
prokuratura
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
qonunbuzarliklar jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga
chaqirilgan.
SHu bois unga dastlabki tergovni olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni
jinoiy javobgarlikka tortish, jinoyatchilik sabablarini aniqlash va bartaraf etish
yuklatilgan.
Prokuratura huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha choralarni ishlab
chiqish, harbiy qonunchilikni takomillashtirishi va qonunlur targ`ibotida faol
ishtirok etadi.
Umumiy nazorat vazifalarini bajarish uchun harbiy prokurorlar tegishli
vakolatlarga ega. Umumiy nazorat olib borar ekanlar prokuror o’z kompetenttsiyasi
doirasida: harbiy boshqaruv organlari, komandirlar (boshliqlar) va Qurolli Kuchlar
boshqa mansabdor shaxslari tomonidan ishlab chiqilgan buyruqlar, yo’riqnomalar
boshqa xujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, qonunlar va harbiy
nizomlarga muvofiqligini tekshirish uchun talab qilib oladi; komandir
(boshliqlar)dan tegishli xujjatlar, materiallar, shuningdek, ularga bo’ysunadigan
harbiy qismlar faoliyatini tekshirish va taftishlarni qonun buzilishlari haqida mavjud
ma`lumotlar sababini talab qiladi; qonunlarning harbiy boshqaruv organlari, harbiy
qismlar tomonidan bajarilishini arizalar, shikoyatlar va boshqa ma`lumotlar asosida
tekshiriladi ; mansabdor shaxslar, harbiy xizmatchilar va boshqa fuqarolarni
chaqirib ulardan qonun buzilishlar bo’yicha tushuntirishlarni talab qiladi.
Harbiy boshqaruv organlari chiqarayotgan buyruqlar va boshqa xujjatlarga
protest yozadi; huquqbuzarlarni javobgarlikka tortadi, intizomiy yoki ma`muriy ish
qo’zg`atadi; qonunda ko’zda tutilgan xollarda huqubuzarlik sodir etgan shaxslar
42
haqidagi ma`lumotlarni harbiy jamoalarga chora ko’rish uchun yuboradi yoki
bunday shaxslarni qonun buzilishi haqida ogohlantiradi; qonun buzilishi bilan
etkazilgan moddiy zararni qoplashni belgilangan tartibda ta`minlash choralarini
ko’radi; harbiy boshqaruv organlari komandirlar va boshqa mansabdor shaxslarga
qonun buzilishlarini tugatish, ularning sabablari va sharoitlarining oldini olish
yuzasidan takliflar kiritadi.
Surishtiruv organlari va dastlabki tergov chog`ida qonunlar bajarilishi
ustidan nazoratni amalga oshirib borib, harbiy prokuror o’z vakolati doirasida: bu
organlardan tekshirish uchun sodir etilgan jinoyatlar to’g`risidagi hujjatlar, jinoyat
ishlari va boshqa ma`lumotlarni; jinoyatchini aniqlash va qidirish haqida hujjatlarni
talab qiladi, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqida ariza va
ma`lumotlarni hal etishda qonun talablari bajarilishini talab qiladi; jinoiy ish
qo’zg`atadi yo buni rad etadi, jinoyatlarni tergov qilish va tasniflash, oldini olish
chorasini tanlash masalalarida yozma ko’rsatma beradi; tintuv, pochta-telegraf
axborotini ro’yxatga olish va ayblanuvchini lavozimidan bo’shatishni sanktsiyalaydi;
tergov va qamoqda saqlanish muddatini uzaytiradi va shu kabilar, tergovchilar va
surishtiruv olib borgan boshqa shaxslarning noqonuniy va asossiz qarorlarini bekor
qiladi; ularni surishtiruv yoki dastlabki tergovdan chetlatadi; agar ular qonunni
buzgan bo’lsa, surishtiruv organidan ishni oladi va tergovchiga topshiradi, ishni
dastlabki tergovning bir organidan boshqasiga o’tkazadi, jinoiy-prostessual
qonunchilikda belgilangan boshqa xarakatlarni bajaradi.
Harbiy prokurorlarning istalgan tergovi yo surishtiruv organiga jinoiy-
prostessual qonunchilikka muvofiq berilgan jinoiy ish qo’zg`atish va uni ko’rib
chiqish bilan bog`liq bo’lgan topshiriqlari ular uchun majburiydir.
Jinoiy ish qo’zg`atilgani va tergov boshlangani to’g`risida surishtiruv organi
va tergovchi zudlik bilan harbiy prokurorga ma`lumot beradi.
Qonunlar va harbiy nizomlarning gauptvaxtalar, intizom batal`onlarida
bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, har bir prokuror muntazam
ravishda va istalgan paytda bu joylarda bo’ladi: tegishli hujjatlarni o’rganadi
noqonuniy ravishda gauptvaxtaga keltirilganlarni zudlik bilan ozod qiladi; qamoqqa
olingan va sudlanganlarning saqlanishi sharoitlari va tartibini tekshiradi, noqonuniy
hujjatlarga protest yozadi va harakatlarni to’xtatadi.
Bu holda harbiy prokuror qarori va taklifi bajarilishi majburiydir.
Prokuratura harbiy hizmatchilar va yig`inlarga chaqirilgan harbiyga majburlar sodir
etgan jinoyatlarning yagona hisobini yuritadi.
Harbiy nizom va harbiy prokuratura to’grisidagi qonunga muvofiq
komandirlar (boshliqlar) har bir jinoyat xolati haqida harbiy prokurorga habar qiladi.
3. Jinoiy sud ishlab chiqarishi vazifa va tamoyillari.
Jinoiy sud ishlab chiqarishi (jinoiy prostess) jinoyatlarni ochish va
aybdorlarni adolatli jazolashga chaqirilgan. U qonun bilan boshqariladigan dastlabki
tergov, prokuratura va sudning jinoiy ishlari tergov qilish va hal etish bo’yicha
faoliyatidan iborat.
Jinoiy sud ishlab chiqarishi davlat faoliyati turlaridan biri. Davlat
jinoyatchilikka qarshi kurashib, belgilangan huquq tartibotni himoya qilib, organlar
va mansabdor shaxslarga davlat majburlash choralarini qo’llashni yuklaydi.
43
Jinoiy-protsessual faoliyatni faqat qonun yo’li bilan vakolat berilgan davlat
organlari va mansabdor shaxslar, ya`ni: sud, prokuror, tergovchi. Surishtiruv organi
amalga oshirishga haqli.
Ular o’z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar muasasalar, tashkilotlar,
mansabdor shaxslar va fuqorolar uchun majburiy. Prostessni yakunlovchi huquqiy
hujjat - sud hukmi davlat nomidan e`lon qilinadi.
Jinoiy protses sodir etilgan yoki hozirlanayotgan jinoyat bo’yicha olib
boriladi. Sud ishlab chiqarishi tartibi qonunda belgilangan.
Mazkur jarayoning bevosita vazifalari jinoyatni tez va to’liq ochish,
aybdorlarni fosh etish, qonunni to’g`ri qo’llashni ta`minlash, har bir jinoyat sodir
etgan shaxs adolatli jazo olishi va aybsizning javobgarlikka tortilmasligini
ta`minlashdir.
Qonun sud ishlab chiqarishining yanada keng ijtimoiy vazifalarini belgilab
beradi, sud ishlab chiqarishi qonun va huquq tartibotni mustahkamlash,
jinoyatlarning oldini olish va tugatish, O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi va
qonunlari izchil bajarilishi, umum insoniy hamjihatlik qonunlarini hurmatlashni
ta`minlash. Jinoyatni tez va to’liq ochish-jazo muqarrarligini ta`minlashning zarur
shartidir. Jinoyatning tez ochilishi aybdorni javobgarlikka tortish paytini jinoyat
sodir etilgan paytga aqinlashtirib, jazoning jinoyat oldini olish ta`sirini kuchaytiradi
Jinoiy sud ishlab chiqarilishi aybdorning adolatli, sodir etgan jinoyati
havfliligi va aybi darajasiga mos jazolanishini ta`minlashi kerak. Fuqorolarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi, asossiz ravishda jinoiy
javobgarlikka tortish va ayniqsa, sudlash davlat va uning organlarini
deskreditatsiyalashga olib keladi. Fuqorolarni asossiz jinoiy javobgarlikka
tortishdan himoyalash sud ishlab chiqarishning zaruriy sharti va eng muhim
vazifalaridan biri. Odil sudlov tamoyili O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi
106-116 moddalarida belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida sud ishlab chiqarishi va odil
sudlovning asosiy tamoyillari mustahkamlangan.
Bu sud mustaqilligi va sudlar dahlsizligi (106,108m); sudyalar mustaqilligi
va faqat qonunga bo’ysunishi (112m); sudya lavozimi va deputat mandati birgalikda
bo’lmasligi (108,112m); sudyalarning siyosiy partiya va harakatlardan holi bo’lishi
(108,112m); va boshqalar.
Barcha hollarda sud ochiq va oshkoraligi (yopiq sud majlisi qonunda
belgilangan hollarda saqlanadi) (113m) sud ishlab chiqarishi davlat tilida va mavjud
joydagi ko’p istiqomat qiluvchi millat tilida qonuniy yuritilishi kerak (115m).
Himoyachilarning tergov va sud ishlab chiqarishining barcha bosqichlaridagi
ishtiroki
(116m).
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi sud-huquqiy
islohotlarga keng yo’l ochib berdi.
Bu islohotlarning asosiy maqsadi - sud mustaqilligini ta`minlash. Barcha
fuqoralar qonunga birdek amal qilishlari zarur va ular qonun tomonidan birdek
himoyalanadi va uni buzganlik uchun birdek javobgardir.
Ijtimoiy kelib chiqishi, dini, millati va boshqa sharoitlarga ko’ra biror
imtiyoz yoki diskriminitatsiyaga yo’l qo’yilmaydi. YAgona sud tizimiga harbiy
sudlar ham kiradi.
Ular O’zbekiston Respublikasi sudlari sanaladi va O’zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari sstrukturasiga mos tuzilgan. Harbiy sudlar sistemasi asosiy bo’g`ini
44
garnizonlar harbiy sudlari bo’lib, ular birinchi instantsiya sudi sanaladi va harbiy
sudga dahldor jinoiy ishlarning asosiy ko’pchiligi va barcha fuqorolik ishlarini
ko’radi.
Harbiy hizmatchilar, yig`inga chaqirilganlar, havfsizlik organlari ofitserlari,
serjantlar, askarlari sodir etgan jinoyatlar, xizmatning belgilangan tartibini buzish
bilan bog`liq ishlar, shpionaj bilan bog`liq barcha ishlar harbiy sudda ko’riladi.
Boshqa shaxslar sodir etgan jinoyatlar faqat qonunda belgilangan hollarda
harbiy sudda ko’rilishi mumkin. Ishni dastlabki o’rganish ish sharoitiga ko’ra
daslabki tergov yoki surishtiruv shaklida olib borilishi mumkin.
4. Qurolli Kuchlarda tergov olib borish.
Surishtiruv jinoyatni harbiy qism komandiri buyrug`iga ko’ra surishtiruvchi -
ofitser tomonidan jinoiy-protsessual qonunga amal qilib tergov olib borishidir.
Surishtiruv organlari amalda qism komandirlari va harbiy muassasalar
boshliqlari (jinoiy sud ishlab chiqarishi asoslariga muvofiq). Harbiy hizmatchilar,
shuningdek hizmatchilar, muassasa, harbiy o’quv yurti, korxona va tashkilot
xodimlari sodir etgan jinoyatlarni surishtiruv olib borishga haqli, komandirga
surishtiruv organi huquqi berilishi harbiy intizomni boshqarish, harbiy
hizmatchilarni qonunlar, harbiy qasamyod, nizomlar va komandirlar buyruqlarini
aniq bajarishi ruhida tarbiyalash vositasidir. Komandir va boshliqlar surishtiruvni
o’zi olib bormay, balki surishtiruvchi-ofitserlarga topshiradi.
Ular qism komandiri buyrig`i bilan ikki yillik muddatga buning uchun
yaxshi tayyorlangan ofitserlar hisobidan tayinlanadi. Tegishli tajriba, ko’nikmalarga
ega bo’lgan surishtiruvchilardan biri katta surishtiruvchi qilib tayinlanadi. Unga
yanada murakkab ishlarni surishtirish topshiriladi.
Surishtiruvchilarni tayinlash haqida buyruq nusxasi harbiy prokurorga
yuboriladi.
Surishtiruvchilar:
A) brigadaga - 5-6;
B) alohida batal`onga - 3-4;
V) alohida vzvodga - 1-2;
G) shtab va muassasaga -2-3 surishtiruvchi hisobidan tayinlanadi.
Surishtiruv jinoiy ish qo’zg`atilishidan boshlanadi. Jinoyat haqida xabar
olgach, qism komandiri uni tergov qilish o’z vakolati doirasida bo’lsa, shu kuni
jinoiy ish qo’zg`atishi shart, u tegishli qaror chiqaradi va ishni surishtiruvchilardan
biriga topshiradi, bunda nimani qanday aniqlash kerakligini, qanday tergov
harakatlari olib borilishi va surishtiruv qachon tugallanishi aniq ko’rsatiladi.
Aniqlangan jinoyat va surishtiruv ishlari boshlangani haqida qism komandiri
ma`lum qiladi. qonunga ko’ra jinoyatni tergovchi tergov qilishi kerak bo’lsa,
surishtiruv organi shoshilinch tergov xarakatlari bilangina cheklanadi, ular jinoyat
izlarini aniqlashi va mustahkamlash, ashyoviy dalillarni topish, aybdorni aniqlash,
guvohlar va jabrlanuvchini topish maqsadini ko’zlaydi.
Bu toifa ishlar tergovchi zudlik bilan kela olmagan yoki harbiy prokurorning
bevosita ko’rsatmasi bo’lgan hollarda bajariladi. Boshqa hollarda surishtiruv organi
majburiyati harbiy prokurorga ma`lum qilish va jinoyat sodir etilgan joyni tergovchi
kelguncha qo’riqlashdan iborat.
Tergovchining zudlik bilan etib kelishi mushkul bo’lmagan hollarda,
shuningdek, harbiy prokuror ko’rsatmasi bo’yicha qism komandiri jinoiy ishh
45
qo’zg`aydi va shoshilinch tergov harakatlari: joyni ko’zdan kechirish, tintuv,
guvohlarni so’roq qilish, gumondorlarni tutish va so’roq qilish, jabrlanuvchi va
guvohlarni so’roq qilish haqida ko’rsatma beradi.
Daslabki tergov shart bo’lgan ishlarda surishtiruv 10 sutkagacha (jinoiy ish
qo’zg`atilgan kundan boshlab) davom etishi mumkin. qism komandiri harbiy
prokuror ko’rsatmasi yoki 10 kunlik muddatni kutmay ishni harbiy prokuror yoki
tergovchiga topshirishi zarur. Bu holda surishtiruvchi ishni qism komandiri
tasdiqlagan ketma-ketlikda o’tkazish haqida qaror chiqaradi.
Og`ir bo’lmagan, ishning oxirda alohida qiyinchilik tug`dirmaydigan ishlar
bo’yicha, ularda dastlabki tergov o’tkazishi zarur bo’lmasa, surishtiruv organi
tergovni to’liq hajmda olib borishi mumkin. Surishtiruv bir oygacha davom etadi va
natijalariga ko’ra ayblov hulosasi tuzish yoki jinoiy ishni to’xtatish yoki tugatish
haqida qilish bilan tugatiladi. Surishtiruv o’tkazish muddati qonuniy asosda harbiy
prokuror tomonidan uzaytirilishi mumkin.
5. Harbiy sud jarayonini shaxsiy tarkib ishtirokida o’tkazish.
Sud faoliyati oshkoraligi salbiy xodisalar bilan kurashning samarador usuli
va shu bois harbiy sudlar tobora dolzarb ishlarni, katta tarbiyaviy ahamiyati bo’lgan
ishlarni harbiy qismlarda shaxsiy tarkib ishtirokida ko’radi.
SHaxsiy tarkib ishtirokidagi sud jarayoni qism qo’mondonligi va
jamoatchiligining faol ishtirokida tayyorlanadi. Bu kabi ishga bevosita rahbarlikni
shaxsiy tarkib bilan ishlash bo’yicha qism komandiri o’rinbosari amalga oshiradi.
Komandir jamoat tashkilotlari, harbiy tribunal va harbiy prokuratura bilan
hamkorlikda u shahsiy tarkibni protsessga tayyorlaydi va uning natijalarini
tarbiyaviy maqsadlarda samarali qo’llash uchun choralar ko’radi.
Sud jarayoning tarbiyaviy ta`siri uni shaxsiy tarkib ishtirokida o’tkazish
maqsadga muvofiqligi haqidagi qaror qanchalik to’g`ri ekaniga bog`liq, ishni ko’rish
zarur tarbiyaviy samara berish uchun u dolzarb va ibratli bo’lishi kerak harbiy
qismdagi protsess tashkiliy jihatdan puxta tayyorlanishi lozim.
Ishtirok etadigan harbiy xizmatchilar aniqlanishi, holat tayyorlanishi,
protsess joyiga sud tarkibi o’z vaqtida kelishini ta`minlash, sud protsessi
qatnashchilari: tarjimon, guvohlar, ekspertning o’z vaqtida kelishini ta`minlashi; sud
komendanti, konvoy ajratish va unga yo’riqnoma berish va zarur.
Bu ishlarda, yuzaki qaraganda mayda ko’ringan har bir xato protsess
samaradorligini pasaytirshi yo uni butunlay barbod qilishi mumkin. Protsessga
tayyorgarlik qo’mondonlik, harbiy tribunal va prokuratura birgalikda ishlagan reja
asosida boradi.
Reja ish hususiyatlari va jarayonni o’tkazish sharoitini hisobga olib tuzilishi
kerak. Unda shaxsiy tarkib bilan suhbatlar, shaxsiy tarkib yig`ilishi; faollar
yig`ilishi; ofitserlarning yig`ilishlari va shu kabilar aks etadi.
Protsess natijalarini tushuntirish ishlari ham o’rin egallaydi. O’tkazilgan ish
bo’yicha tushintirishlar ish mazmuni va sud natijalarini butun shaxsiy tarkibga
o’tkazishdan iborat.
SHu maqsadda harbiy tribunal hukm nusxasinni qism komandiriga
yuboradi. Odatda bu hukm ertalabki saf tortish chog`ida o’qib eshittiriladi.
Tushintirish ishlarini qism komandirining shaxsiy tarkib bo’yicha
o’rinbosarlari, harbiy yustitsiya xodimlari olib boradi, harbiy sud hukmlari mohiyati
armiya matbuotida yoritilib boriladi va boshqa qism xizmatchilariga etkaziladi.
|