Ma`ruzalar matni


Tekshirish uchun savollar



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#207835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1685356218 (6)

Tekshirish uchun savollar. 
A) Huquqning mohiyati va manbalari. 
B) O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, "Mudofaa haqidagi qonuni va ularni 
harbiy qonunchilikdagi mazmuni" 
V) Harbiy huquq haqida tushuncha va uning O’z.R. huquqiy tizimidagi o’rni. 
G) O’zbekiston Respublikasi. Konstituttsiyasi, harbiy qasamyod, O’zbekistron 
Respublikasi qonunlari, suveren O’zbekistonning himoyasi haqida. 



D) Harbiy huquqning Qurolli Kuchlardagi ijtimoiy roli. 
Tayanch so’zlar. 
huquq- shaxsning oila va jamiyatdagi xulq normalari. 
Kafolat- ta`minlash, kafolat.
Kodeks-qonunlar to’plami. 
Muvofiqlik- ta`sirlar, predmetlar va tushunchalar o’rtasidagi
 
Adabiyotlar va qo’llanmalar 
1. 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Konstituttsiyasi 
O’zbekiston 
Respublikasining “Mudofaa haqidagi”,”Umumiy harbiy majburiyat va harbiy hizmat 
to’g`risidagi”, qonunlari. Harbiy qasamyod ma`tni. 
2. “Davlat suvereniteti va hududiy yahlitligining himoyachilari. O’zbekiston 
1995y. 
3. Axmetshin X.M “Harbiy qonunchilik va harbiylarning huquqiy tayyorlov 
1963y. 
4. Harbiy huquq 1984y. 



Mavzu-2. O’zbekiston Respublikasi qonunlarida harbiy qurilish
masalalari. 
O’quv tarbiyaviy maqsadlari. 
1.Talabalarga harbiy qurilish to’g`risida nazariy bilim berish. 
Davlat xokimiyati va xuquqiy organlarning vakolatlari yuzasidan 
yo’llanmalar berish.
O’quv savollari: 
1. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi suveren O’zbekistonni himoya 
qilish respublikaning muhim funktsiyalardan biri, umumxalq ishi haqida. 
2. Davlat boshqaruv va hukumat organlarning vakolatlari. Davlat va jamoat 
tashkilotlari va fuqarolarning burchlari 
1. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi suveren O’zbekistonni himoya 
qilish respublikaning muhim funktstiyalaridan biri, umumxalq ishi haqida. 
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi suveren O’zbekistonni himoya 
qilish respublikaning muhim funktstiyalaridan biri, umumxalq ishi haqida. 
Xalqaro vaziyatni tuzilishi, terrorizm agressiyasini kuchayishi er sharining 
turli qismida lokal harbiy harakatlarni kuchayishi O’zbekiston Respublikasidan
alohida e`tibor talab etib, uning xalqi xavfsizligini ta`minlash bilan bog`liq 
masalalarni o’rtaga tashlaydi. Dushmanlarning agressiv harakatlari O’zbekiston 
Respublikasining chegaralarini tinimsiz qo’riqlashni talab etadi. 
Mamlakat mudofaa qudratini saqlash borasidagi asosiy masalalar 
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining maxsus bobida “Mudofaa va 
xavfsizlik” va O’zbekiston Respublikasining “Mudofaa to’g`risida”gi qonunida aniq 
bayon etilgan. Bularning ba`zilari shu qonunlarning boshqa bob va bo’limlarida o’z 
aksini topgan bo’lib, buning sababi ular echilishi kompleks harakterga egadir, chunki 
vatanni himoya qilish nafaqat mudofaachilikni, balki u O’zbekiston Respublikasi 


10 
Konstituttsiyasining va “Mudofaa to’g`risida”gi qonunida to’liq aytilganidek barcha 
davlat organlari, jamoat tashkilotlari, lavozimdagi shaxslar va fuqarolar mamlakat 
xavfsizligini ta`minlashda va mudofaa qudratini oshirishda o’z burchlariga egadirlar. 
Mamlakat mudofaasini ta`minlashda asosiy rol davlatga tegishlidir. 
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida zamonaviy demokratik qurilish 
pog`onasida Vatanni himoya qilish sohasida davlatning asosiy yo’nalishlari va 
masalalari. Fuqarolarning tinchligini saqlash va millat birdamligini ta`minlash 
umumxalq davlat maqsadlaridan o’rin olgan, 125-modda shuni aytadiki, mamlakat 
suverinitetini himoya qilish davlatning muhim funktstiyasiga kiradi. SHu bilan birga 
qonunchilikda aytib o’tilganidek, mudofaa masalasi umumdavlat xarakteriga ega 
bo’lib, umumxalq ishi, ya`ni barcha davlat organlari, jamoat tashkilotlari, 
lavozimdagi shaxslar va fuqarolarning burchidir. Bu albatta yaxshi, chunki xozirgi 
kunda Vatanni himoya qilish funktsiyasi umumxalq ishi bo’lib qiyin tus olgan, 
shuning uchun davlat faoliyatining barcha soxalarini ichida bo’lgan holda iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-siyosiy va harbiy tadbirlarni amalga oshirishni talab 
etmoqda. 
Vatanni himoya qilishda davlat funktstiyalarining asosiy mazmuni-bu 
agressiya xolatida qurolli himoya va tinchlik vaqtida xar qanday agressiyaga zarbani 
berishni kafolatlovchi qurolli Kuchlarni doimiy jangovor tayyorgarlikda ushlab 
turishdir. SHundan kelib chiqadiki, davlat mexanizmini ajralmas bo’lagi bo’lmish 
O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlariga mamlakat mudofaasini ta`minlash 
javobgarligi topshiriladi. Ma`lumki, bizga qarshi–bo’lganlar muhim harbiy kuchga 
ega bo’lib, zamonaviy jihozlangan armiyaga tayanadi, shuning uchun uning agressiv 
intilishlarini ushlab turish, Vatanimizda ishonarli mudofaani ta`minlash uchun 
faqatgina qudratli zamonaviy jangovor texnika va yaxshi tayyorlangan armiya 
yordamida erishish mumkin. Albatta bizning mamlakatimiz bunday kuchlarga ega. 
O’zbekiston Respublikasining prezidenti I. A. Karimovni O’zbekiston qurolli 
Kuchlarning shaxsiy tarkibiga yo’llagan maktubida shunday deydi:
“Sizning qat`iyatligingiz va g`ayratingiz harbiy maxoratingiz evaziga ona 
erimizda va uylarimizda tinchlikni, osmonimizni musaffoligini va qalblarimizda 
osudalikni saqlashimiz mumkin...”
O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstituttsiyasining 
125-moddasi 
O’zbekiston 
Respublikasi qurolli Kuchlarini yaratish va umumiy harbiy munosabatlarni o’rnatish 
maqsadlarini aniq ko’rsatgan. Bunday maqsadlar, bu o’zbek xalqini, mamlakatni 
suverinitetini va xududiy yahlitligini himoya qilishdir. Ichki sharoitlar nuqtai 
nazaridan qarasang O’zbekiston Respublikasi armiyaga muxtoj emas. Biz uchun 
armiya akupastion maqsadlar uchun kerak emas, O’zbekiston Respublikasi qurolli 
Kuchlari hech qachon begona xududlarni egallash uchun ishlatilmagan va 
ishlatilmaydi ham. Armiyani zarurligi tashqi sharoitlarga asoslangan bo’lib 
to’g`rirog`i haqiqatdan bor bo’lgan agressiv kuchlarga qarshi harbiy xujumidir.
Qurolli Kuchlar bilan bir qatorda vatanni himoya qilish funktstiyalarini 
boshqa davlat organlari ham bajarmoqda. O’zbekiston Respublikasining “Mudofaa 
to’g`risida”gi qonunning 1-moddasida ko’rsatilgandek davlat mamlakatga xavfsizlik 
va mudofaani ta`minlaydi, respublika va xalqning tinch hayotini himoyasini qurolli 
Kuchlar ta`minlaydi. Ma`lumki mamlakatning mudofaa qudrati o’suvchan birlikda 
olingan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma`naviy-siyosiy va harbiy potenstialiga 
asoslangan.


11 
Davlat organining burchlariga, ularni vakolatlarini hisobga olgan holda 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy 
va ijtimoiy islohotlar kiradi.
Ularning shartlari qonunchilik palatasi tomonidan ishlab chiqarilgan davlat 
rejalarini hayotga qo’llashga mo’ljallagan”. Iqtisodiyot soxasidagi rejalarni amalga 
oshirish, xalq xo’jaligidagi yangi yutuqlar, ilm va texnika taraqqiyotidir. Qurolli 
Kuchlarning moddiy bazasini mustaxkamlab, uni zamonaviy qirg`in qurollar bilan 
ta`minlashga va strategik rezervlarni bunyod etishga imkon yaratadi. Xalq 
hayotining madaniy va moddiy-texnik darajasini oshirish uchun yo’naltirilgan 
ijtimoiy rivojlanish to’g`risidagi rejalar esa potentsialini kuchaytiradi. Vatanni 
himoya qilish funkstiyasini amalga oshirishda, davlat organlari davlat xavfsizligini 
ta`minlash chora tadbrlari o’tkazilmoqda. Dushmanlarning qo’poruvchilik faoliyati 
va ularning agenturalari bilan kurash, davlat chegaralarini qo’riqlashda davlat va 
harbiy sirlarini saqlash, fuqarolarni muxofaza qilish, xalq xo’jaligini va xalqni xujum 
paytida himoya qilish, aholini ma`naviy-ruxiyatini oshirib, ularni harbiy-
vatanparvarlik ruxida tarbiyalashdir.
Vatanni himoya qilish funkstiyalarini amalga oshirishning asosiy sharti bu 
mudofaa ishlarida jamoat tashkilotlarini, butun xalqni ishtirokidir. Mamlakat 
xavfsizligini ta`minlash uni mudofaa qudratini oshirishda fuqarolarni va jamoat 
tashkilotlarini burchlari asosiy qonunning 8,16,17 moddalarda aniqlangan va 
O’zbekiston Respublikasining “Mudofaa to’grisida”gi qonuni va jamoat 
tashkilotlarining nizomlarida Konstituttsion asosida belgilangan. Vatanni himoya 
qilish butun O’zbekiston xalqining vazifasi va vatanni himoya qilish juda muhim va 
birinchi qarzimizdir. Xalqning o’z mamlakati mudofaasiga bo’lgan bunday 
munosabati suveren-demokratik davlat uchun xosdir. U sinfiy jamiyatni xisobga 
olmaydi, u hamma uchun bir xil vazifadir. Bunda mudofaa qudratini belgilovchi eng 
muhim belgilar bu qurolli kuchlarning jangovor qudratidir.
Vatanni himoya qilishning umumxalq xarakteri, qurolli Kuchlarni qurishda 
mehnat qiluvchilarning faol qatnashuvida o’z aksini topadi. Armiya xalq tomonidan 
tuzilgan undagi harbiy xizmatchilar xalqimizning bir qismidir va xalq uni zamonaviy 
qurollar va jangovor texnika, yoqilg`i, oziq-ovqat va boshqa moddiy ashyolar bilan 
ta`minlashda hech narsani ayamaydi. 
Mamlakatni muhofaza qilish sohasidagi o’z xohish istaklarini hayotga qo’llash va 
amalga oshirishda, xalq Oliy Majlis va shu kabi organlardan foydalanadi. O’zining 
davlat hukumatining Oliy organlariga saylangan kishilari orqali xalq mamlakat 
xavfsizligi va harbiy bunyodkorlik sohalaridagi masalalarini echishda ishtirok etadi. 
2. Davlat boshqaruv va hukumat organlarning vakolatlari. Davlat va jamoat 
tashkilotlari va fuqarolarning burchlari 
Davlat boshqaruv va hukumat organlarining vakolatlari. Davlat jamoat 
tashkilotlari va fuqarolarning burchlari. Mamlakatimiz mudofaasi urnidan davlat 
boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida ko’rsatilgan Oliy Majlis va 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari asosida amalga 
oshiriladi. Buning asosida siyosiy, iqtisodiy harbiy hukmronlikning birlik prinstipi 
yotadi. Bu organlarning vakolatlariga mamlakat xavfsizligini ta`minlash va mudofaa 
qudratini oshirish, uning mudofaa potenstialini rivojlantirish, O’zbekiston 
Respublikasi mudofaasida harbiy qurilishning muhim yo’nalishlarini aniqlash 


12 
bo’yicha masalalarni ko’rib chiqish va echish kiradi. Bu erda muhim rolni Prezident 
va Oliy Majlis tomonidan tuzilgan Mudofaa kengashi o’ynaydi. 
Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasi davlat hukumatining yuqori organi 
sifatida shu xususida Vatanni himoya qilish masalalari bo’yicha ham ko’p 
vakolatlarga ega. Faqatgina u O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasini qabul 
qilishi va unga o’zgartirishlar kiritish va shu bilan bog`liq holda mamlakat 
mudofaasi konstituttsion qonunlarini aniqlashtirishi mumkin. Bu sohada Oliy Majlis 
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 76,78-moddasiga binoan katta 
huquqlarga ega.
U urush va tinchlik davrida mamlakat mudofaa tashkilotlarini respublika 
suverenitetini himoya qilish, uning davlat chegara va hududini qo’riqlash masalalari 
bo’yicha qarorlar qabul qiladi va bu qarorlarini O’zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlarining boshqaruvi yordamida amalga oshiradi. 
Davlat boshqaruv va hukumatining yuqori organini funkstiyalarini amalga 
oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat mudofaa sohasida katta 
vakolatlarga ega (89, 93, 94-moddalar). Kerak paytlarda u joriy qonunchilik 
aktlariga o’zgartirish kiritishi mumkin, shu o’rinda mudofaa va harbiy bunyodkorlik 
masalalari bo’yicha ham u o’zgartirishlar kiritib, buni Oliy Majlisning navbatdagi 
sessiyasida tasdiqlanishga qo’yadi. Vatanni himoya qilish bo’yicha O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining vakolati. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shu bilan 
birga O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarining oliy bosh qo’mondoni hamidir. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekistonda harbiy hujum holatida 
yoki agressiyaga qarshi xalqaro shartnomalarni mudofaa shartlarini bajarishda urush 
holatini e`lon qiladi. Mamlakat muhofazasi uchun Prezident to’liq yoki qisman 
safarbarlik e`lon qilashi ham mumkin. Safarbarlikka chaqirish O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining buyruqlari asosida amalga oshiriladi. 
Prezident vakolatlariga yana harbiy qo’mondonlikni tayinlash yoki o’zgartirish, 
O’zbekiston Respublikasi armiya generallari, general polkovniklarga harbiy 
unvonlarni tayin etadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis bilan birgalikda umumharbiy 
nizomlar, harbiy qasamyod matni va uni qabul qilish nizomi, harbiy qismning 
jangovor bayrog`i haqida nizomlarni qabul qiladi. Ularning vakolatlariga yana harbiy 
xizmatchilarning davlatga etkazgan zararini moddiy javobgarligini belgilash, Qurolli 
Kuchlarda sudlar haqida nizomni tasdiqlash, orden, medal va ularni tasdiqlash 
kabilarni kiritish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida (98-modda) 
davlat xavfsizligini ta`minlash va mudofaa qudratini belgilashda katta o’rin, ko’p 
vakolatlarga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
ko’rsatiladi, uni O’zbekiston Respublikasining ijro etuvchi va boshqaruvchi organ 
bo’lib, davlat boshqaruvi organlari tizimini idora etuvchisidir.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy va ma`naviy sohadagi boshqaruv 
qonunlarini, Oliy Majlis qarorlarini, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining buyruq 
va qarorlarini ijro etilishini ta`minlaydi. 
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvidagi hamma masalalarni echish 
vakolatiga ega, u mamlakat xavfsizligini ta`minlash, davlat chegaralarini qo’riqlash 
chora-tadbirlarini qabul qiladi, Qurolli Kuchlar bunyodkorligida umumiy 
boshqaruvni olib boradi, harbiy xizmatni o’tash yoshiga etganlarni umumiy yillik 
sonini aniqlaydi, boshqa Vazirliklar va mahkamalar kabi. O’zbekiston Respublikasi 


13 
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini yo’naltiradi va ular tomonidan chiqazilgan 
aktlarni bekor qilishi mumkin, zarur paytlarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasida komitetlar, bosh boshqarmalar va boshqa muassasalarni tashkil etadi, 
shu o’rinda mudofaa qurilishi ishlarida ham u O’zbekiston Respublikasining 
fuqarolar muhofazasini umumiy boshqaradi, davlat organlari, jamoat tashkilotlari va 
fuqarolarni kerakli burchlarini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi harbiy boshqaruv markaziy organlarining funkstiyalari tuzilishi va 
vakolatlarini aniqlaydi, serjantlari, ofitserlar tarkibi tomonidan harbiy xizmatni 
o’tash tartibini o’rnatadi: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
topshirig`iga binoan Oliy va O’rta Maxsus o’quv maskanlarining hisobini tuzib, 
ularda o’qiyotgan chaqiriq yoshiga etgan yigitlarga o’qishni davom ettirish uchun 
chaqiruv muddatini kechiktiradi, zarur holatlarda boshqa sabablar tufayli muddati 
suriladigan fuqarolar ro’yxatini tuzadi.O’zbekiston Respublikasining “Umumiy 
harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g`risida”gi qonunda nazarda tutilganlardan 
tashqari chaqiriv yoshidagi yoshlar ichidan professional-texnik ta`lim va 
“Vatanparvar” tizimida tayyorlanishi lozim bo’lgan mutaxassislar sonini belgilaydi.
Mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yana byudjet sohasida uzoqni 
ko’zlagan va joriy rejalarni ishlab chiqarishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi mamlakat mudofaa ehtiyojlarini qondirishni ko’zda tutadi. Uning 
vakolatlariga ofitserlik tarkibi, serjantlar, muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar va 
ularning oilalarini nafaqa bilan ta`minlash tartibini o’rnatish, generallarni harbiy 
unvonini berish (general-polkovniklargacha, u ham kiradi), ofitserlik tarkibidagi 
shaxslarni qonunda ko’rsatilgan bo’yicha harbiy unvondan mahrum qilish (armiya 
generalidan tashqari) kabilar kiradi. Vatanni himoya qilish funkstiyasini amalga 
oshirish jarayonida davlat hukumati va boshqaruvining oliy organlari qaramog`ida 
mahalliy hokimiyatlar va ularning ijro qo’mitalari qatnashadilar. Bu sohada 
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari va 
boshqa qonunchilik aktlari ularga alohida o’rin ajratadi. 
O’zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat 
to’g`risida”gi qonunni barcha lavozimdagi shaxslar, fuqarolar, korxona, muassasa va 
tashkilotlar tomonidan bajarilishini barcha viloyat, shahar, tuman va qishloq 
hokimiyat organlari ta`minlaydi. Ular haqiqiy harbiy xizmatdagi fuqarolarning 
buyruk va iltimoslarini amalga oshirishda mudofaa harbiy organlariga hamkorlik 
qiladilar, ularni jihozlangan chaqiruv yig`in joylari bilan ta`minlaydilar, chaqiruv 
komissiyasiga etarli miqdorda shifokor va texnik ishchilarni ajratadilar, fuqarolarni 
chaqiruv va yozishga kelishlarini tashkil etadilar. Mahalliy hokimiyatlar Ikkinchi 
Jahon urushi qatnashchilariga O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan 
demobilizastiya qilingan yoki zahiraga o’tkazilgan fuqarolarga, haqiqiy harbiy 
xizmatga chaqirilgan va halok bo’lgan harbiylar oilalariga imtiyoz va nafaqalarni 
to’g`ri va haqqoniy bo’lishini nazorat qiladilar. Ular boshqa mudofaa vazifalarini 
bajarishda qurolli Kuchlarga rezervlarni tayyorlash chora-tadbirlarida yordam 
ko’rsatadilar. 
O’zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat 
to’g`risida”gi qonunni bajarilishida yuzaga keladigan javobgarlik vazifalari 
to’g`ridan-to’g`ri korxona, muassasa, tashkilot va o’quv maskanlari rahbarlariga, 
ichki ishlar organlariga, mahalliy qo’mitalarga tibbiy-ekspert komissiyalariga
fuqarolar mol-mulkini musodara etish organlari zimmasiga yuklatiladi. 


14 
Mamlakatni xavfsizligini va mudofaasini ta`minlash bilan bog`liq 
masalalarni echishda sudlov va prokuratura organlari katta rol o’ynaydi. Ular o’z 
faoliyatlari bilan mamlakatda tartib va qonuniylikni o’rnatadilar, xavfsizlikni 
ta`minlash uchun kurash olib boradilar, mudofaa va harbiy qonunchilik masalalarida 
to’liq qonunga rioya qilishni ta`minlaydilar, harbiy intizomni va Qurolli Kuchlarning 
jangovor tayyorgarligini ushlab turib, harbiy xizmatni o’tash tartibini o’rnatadilar.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi mamlakatimizda xavfsizlikni 
ta`minlashda jamoat tashkilotlariga ma`lum vazifalarni yuklaydi. Bu tashkilotlarning 
vazifalari O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi va boshqa qonunlar asosida 
tayin etilgan. 
Harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ular 
orasida harbiy bilimlarni yoyishda, yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash va 
fuqarolarni muhofazasi bo’yicha tadbirlarni amalga oshirishda jamoat tashkilotlari 
bilan birga kasaba uyushmalari ham muhim rol o’ynaydi. Kasaba uyushmalari 
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, yoshlarni ommaviy mudofaa ishlariga 
jalb qilishga katta e`tibor beradi.
O’zbek xalqini mamlakat mudofaasiga tayyorlashda “Vatanparvar” jamiyati 
muxim o’rin egallaydi. U o’z a`zolarini ommaviy mudofaa ishlarida qatnashishini 
ta`minlab, ularni vatanparvarlik va Vatanni himoyasi uchun doimo tayyor turishlik
ruhida tarbiyalaydi, aholi orasida harbiy bilimlarni keng targ`ibot qilishda katta rol 
o’ynaydi, mamlakatda sportning harbiy-texnikaviy turlarini rivoj topishiga ta`sir 
ko’rsatadi. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
qonunining 
16-moddasiga 
binoan 
“Vatanparvar” tashkiloti O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari uchun 
mutaxasislarni tayyorlaydi.
Hozir jamiyatimizda o’tkazilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy va 
madaniy islohotlar tufayli mamlakatimiz mudofaasida xalq ommasining roli kattadir. 
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida aytilganidek (52-modda) Vatan 
himoyasi umumxalq ishi hisoblanadi.
Vatanimizni agressiyaga qarshi kurashida fuqarolarni qatnashuvi juda 
muhimdir. Konstituttsiyamizga binoan O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlar 
safida harbiy xizmatni o’tash bu fuqarolarning fahri burchidir. Vatanni himoya 
qilishdagi muqaddas qarzlarni bajarilishining muhim ko’rsatkichlaridan biri bu 
fuqarolarni (tinchlik va urush davrida) fuqarolar muhofazasida qatnashuvi 
hisoblanadi. 
Korxonalarda, 
tashkilotlarda, 
o’quv maskanlarida fuqarolar 
muhofazasiga olingan ayollar va erkaklar maxsus tayyorgarlikdan o’tishlari, 
o’rnatilgan normativ topshiriqlarni topshirishlari, o’quv mashqlarida qatnashishlari 
shart.
O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstituttsiyasining 
suveren 
demokratik 
mamlakatni himoya qilish haqidagi nizomi nafaqat O’zbekiston mudofaasining 
huquqiy bazasi, balki fuqarolar uchun Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligini 
anglab etishlarida muhim vosita ham bo’lib hisoblanadi. Jamoat tashkilotlari, mehnat 
jamoalari va fuqarolarning mamlakat mudofaa qudratini oshirish uchun bo’lgan 
doimiy va har tomonlama g`amho’rligi, odamlarning davlat salohiyatini oshirish 
uchun o’z hissalarini qo’shish harakatlari demokratik jamiyatning muhim belgisi 
hisoblanadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin