Tekshirish uchun savollar:
1. Taqdirlanuvchilar ro’yxatini kim tasdiqlaydi?
2. Kim mukofotlarni bekor qiladi?
3. Marxumni taqdirlash qanday amalga oshiriladi?
4. Taqdirlanganlarga qanday imtiyozlar ko’rsatiladi?
5. Davlat mukofotlari bilan taqirlanganlarning burch va huquqlari.
6. O’zbekiston Respublikasi va uning Qurolli Kuchlaridagi orden, medal, faxriy
unvon va ko’krak nishonlari:
Tayanch so’zlar.
Belgi-shartli ishora bo’lib xizmat qiluvchi predmet yoki harakat
Vatanparvarlik - vatanga sodiq bo’lish.
Tarmoq - fan va sanoatning aloxida sohasi.
Status - ustav.
Mavzu-9: Ish yuritish va xizmat yozishmalari.
O’quv tarbiyaviy maqsadlari.
1. Talabalarga ish yuritish xizmat yozishmalari va xujjatlari turlari xaqida
nazariy bilim berish.
2. Harbiy xizmatchilar harbiy qism ishchi-xizmatchilariga hujjat berish va
rasmiylashtirish qoidalari bo’yicha malakasini oshirish.
O’quv savollari:
1. Armiyada ish yuritishning asosiy qoidalari. Xizmat xujjatlari turlari. Ish
yuritishning tashkil etilishi va vazifalari.
2. Xizmat xujjatlari nazorati, hisoboti va ular bilan ishlash hususiyatlari,
harbiy xizmatchilar, harbiy qism va muassasalar ishchi-xizmatchilariga hujjat berish
va rasmiylashtirish qoidalari.
SHtablar, boshqarmalar, bo’limlar, xizmatlar, harbiy qismlar, muassasalar,
harbiy gornizon komendaturalarida xizmat yozishmalari va ish yuritish bo’yicha
yo’riqnomada belgilangan. Ish yuritish va xizmat yozishmalari xususiyatlari:
52
Hujjatlar hisobi va ularni saqlanishda taklif, shikoyat va arizalarni, xatlarni
ko’rib chiqish. SHu masala bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq mahfiy yozishmalar va
mahfiy ish yuritish qoidalari.
Yo’riqnoma bo’yicha qo’shinlarga rahbarlik qilish va boshqaruvning asosiy
metodi harbiy qism va muassasalar mansabdor shaxslari o’rtasida shaxsiy muloqat
sanaladi. Xizmat yozishmasidan faqat haqiqiy zarurat bo’lganda, shahsiy muloqat
imkoni bo’lmaganda, qonunda yozma hujjat tuzilishi ko’zda tutilgan holda
foydalaniladi. Harbiy qismlar tomonidan hizmat yozishmalari bo’ysunishiga ko’ra
olib boriladi, fuqaro tashkilot va muassasalari turli masalalarda yozishmalar bundan
istisno. Harbiy qism bo’linmalari, bo’limlar va xizmatlararo yozishmalar man
etiladi, shuningdek, boshqarma ichida yozishmalar ham.
Armiyada hizmat yozishmalari Davlat tilida amalga oshiriladi. Xizmat
yozishmasi yuritganda barcha darajadagi komandir va boshliqlar: qo’l ostidagilardan
ko’rsatma va buyruqlar o’z vaqtida bajarilishini talab qilish; qat`iy hisobdagi
lankalarning, muhr va shtamplarning hisobi, saqlanishi va foydalanishning qat`iy
tartibini ta`minlashi; xizmat xujjatlari to’g`ri qo’llanishi va jo’natilishini taminlashi,
fuqaro, tashkilot va muassasalar bilan yozishmalar to’g`ri yuritilishiga alohida
e`tibor qaratishi zarur.
Harbiy qismlar arxivlarini o’z vaqtida saqlash muddati o’tgan va amaliy
ish uchun keraksiz xujjatlardan tozalashlari; xizmat yozishmalari xarakatini
o’rganishi, uni qisqartirishi yuzasidan amaliy choralar ko’rish, shaxsiy muloqot
yoki texnikaviy vositalar orqali muzokara yo’li bilan hal etilishi mumkin bo’lgan
masalalarda yozishmalarni ta`qiqlash.
Qo’l ostidagilar fuqaro tashkilot va muassasalariga faqat Bosh shtab
tomonidan ko’zda tutilgan muddatlarda va kerakli ma`lumot, hisobot, talabnoma
ma`lumotnomalarni taqdim etishni nazorat qilish.
2. Xizmat xujjatlari nazorati, hisoboti va ular bilan ishlash hususiyatlari,
harbiy xizmatchilar, harbiy qism va muassasalar ishchi xizmat- chilariga hujjat
berish va rasmiylashtirish qoidalari.
Xizmat hujjatlari bilan ishlaydigan butun shaxsiy tarkib talab va
ko’rsatmalarni qat`iy bajarishga, sergak bo’lish va hizmat xarakteridagi ma`lumotlar
oshkor bo’lishiga olib keladigan xatolikka yo’l qo’ymasligi, hizmat hujjatlari
yo’qolishiga yo’l qo’ymasligi, boshqa shaxslarning shu kabi oqibatlarga olib kelish
harakatlari (yoki harakatsizligi )ni to’xtatishga majbur.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida quyidagi xizmat hujjatlari
yuritildi: buyruq, direktiva, farmoyish, ko’rsatma, qaror, reja, yo’riqnoma,
instruktsiya, qomuslar, hisobot, doklad, xabarnoma, protokol, raport, dalolatnoma,
telegramma, xizmat xati, ma`lumotnoma, xizmat safari guvohnomasi, ta`til bileti va
boshqa belgilangan tartibda ishlangan xujjatlar. Xizmat xujjatlariga istalgan usulda
bajarilgan matn va fuqaro materiallari: qo’lda yozilgan, chizilgan, mashinkalangan,
tipografik yoki boshqa usulda bajarilgan materiallar kiradi.
Xizmat nomerlariga: yo’riqnomalar, instruktsiyalar, kurs qoidalari, dasturlar,
o’quv va metodik qo’llanmalar, me`yorlar, spravochniklar, harbiy o’quv plakatlari,
ekspulatatsion va remont-texnik xujjatlar kiradi.
Xizmat nomerlari mansabdor shaxslar tomonidan imzolangan va
tasdiqlangan bo’lishi shart. Xizmat hujjatlarini tuzish va rasmiylashtirish paytida,
qonuniylik va hujjatlarning maqsadga muvofiqligini ta`minlovchi va ularning tezkor
53
bajarilishini ta`minlovchi qoidalarga amal qilinishi lozim. Xizmat hujjatlari quyidagi
talablarga javob berishi lozim:
Amaldagi qonunlar, yuqori komandirlar (boshliqlar) buyruqlari, direktivlari
va rahbar hujjatlariga mos kelishi.
Faktlarga asoslanishi, aniq va real takliflar, ko’rsatmalardan iborat bo’lishi;
avval o’rganilgan xujjatlardagi talablarni takrorlamasligi, zarur hollarda ularga
ishoralar bo’lishi; qisqa, lo’nda, turlicha talqinga yo’l qo’ymaydigan iboralar bilan
tuzilishi; quyidagi shaklda tuzilishi: xujjat nomi (buyruq, direktiva), hujjat sarlavhasi
(hizmat hatlaridan tashqari), mazmun bayoni, xujjat tasdiqi (imzo, muhr), sana,
hujjat manzili.
Xizmat hujjati rasmiy ish yuritish uslubida umum tomondan qabul qilingan
imlo qoidalariga amal qilib, aniq va to’g`ri yozilishi lozim.
Xizmat hujjatlari yozishda: sodda gaplarni qo’llash; gapda so’zlarning
to’g`ri tartibini, kirish so’zlarni gap boshida ishlatish; barqaror so’z birikma-lari va
atamalarini qo’llash; ortiqcha so’zlardan qochish talab etiladi;
Talab va topshiriqlarga javoblarda adresat nomidan keyin javob
berilayotgan hujjat raqami beriladi, masalan, 20,2,99dagi 175-sonli. CHiqib
ketadigan hujjatda uning nomidan keyin bajarilgan kirish raqami yoziladi: masalan,
"baj, kir № 112"
Xizmat xujjatlari oshkor etilmaydi, begonalar yonida ular mazmuni bilan
bog`liq suhbatlar man qilinadi. Hujjatlarga daxli bo’lmagan shaxslarga ular haqida
ma`lumot berishga faqat komandir (boshliq) ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. Xarbiy qism
(muassasalar)da ishdan tashqari vaqtda xizmat hujjatlari bilan ishlashga qism
komandiri, shtab boshlig`i ruxsat etganda yo’l qo’yiladi.
Xizmat hujjatlarini harbiy qism binosidan tashqarida saqlash va ishlashga
odatda ruxsat etilmaydi. Harbiy xizmatchilar, ishchi va xizmatchi-larning hizmat
xujjatlarini o’zboshimchalik bilan O’zbekiston Respublikasi hududidan olib
chiqishi, sotuv va ochiq nashr qilinmaydigan hujjatlarni olib yurishi ta`qiqlanadi.
Zarur xollarda bu nashr va materiallar ular uchun belgilangan tartibda
tegishli harbiy qism (muassasa ) orqali yuborilishi mumkin.
2. Har bir harbiy qism mussasada nomaxfiy ish yuritish tashkil etilib, uni
yuritish devon, saf, umumiy, ma`muriy ho’jalik bo’limi (qismi), ular shtatda ko’zda
tutilmagan hollarda komandir buyrug`i bilan tayinlangan ish yurituvchi zimmasiga
yuklanadi.
Harbiy qism (muassasada) ish yuritish tegishli bo’lim (xizmat)larda
bajarilgan ish xarakteriga ko’ra tashkil etilishi mumkin. Bu ish yuritish mazkur
bo’lim (xizmat) shaxsiy tarkibiga yuklanadi, ayrim xizmat hujjatlarini saqlash, hisob
va ishlash hususiyatlari maxsus yo’riqnomalar bilan belgilanadi. Harbiy
qismlarning omahfiy ish yurituvchi hujjatlari ajratilgan, tabur bilan, hujjat berish
oynasi yo to’sig`i jihozlangan xonada joylashtirilishi lozim. Ish yuritish-ning asosiy
vazifalari:
A) Xizmat hujjatlarini qabul qilish, jo’natish, hisob qilish, ish yuritish va
rasmiylashtirish;
b) Qo’mondonlikka xizmat hujjati kelgani haqida axborot va bajarish uchun
topshirish;
v) Boshqaruvchilar tomonidan hizmat hujjatlarini saqlash, ular bilan
ishlash tarkibiga rioya etilishini nazorat qilish;
54
g) "Xizmatda foydalanishi uchun" grifli hujjatlar hisobi, saqlash, berish va
mavjudligini tekshirish.
Muhr va shtamplar, ko’paytirish texnikasi ustidan nazorat ishlarini amalga
oshirishi zarurdir.
Xulosa qilib aytganda xizmat xujjatlari bilan ishlashda va ularni saqlashda
kerakli bo’lgan chora tadbirlarni qo’llash kerak.
Takrolash uchun savollar:
1. Armiyada ish yuritishning asosiy qoidalari. Xizmat xujjatlari turlari. Ish
yuritishning tashkil etilishi va vazifalari?
2. Xizmat xujjatlari nazorati, hisoboti va ular bilan ishlash hususiyatlari,
harbiy xizmatchilar, harbiy qism va muassasalar ishchi-xizmatchilariga hujjat berish
va rasmiylashtirish qoidalari?
Dostları ilə paylaş: |