Egiluvchanlik - muammoli-modulli o`qitish texnologiyasining yetakchi sifat belgisi.
EMM – empirik materialni matematikalashtirish
Evristik metod – qisman izlanish metodi.
Geometriya-turli shakllarning o’lchamlarini hisoblash bilan shug`ullanadigan fan.
Harfiy ifoda - harf qatnashgan ifodalar.
Hosilaviy miqdorlar – tezlik va tekis harakat tezligi.
Induksiya- bilishning shunday yo’liki, bunda o’quvchining fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosaga olib boradi.
Interfaol metod- O’z xususiyati va ishlatish o’rnida qo’llanilib o’quvchi talabalarni mustaqil fikr yuritishga, tashabbuskorlikka undovchi, o’qitishning samaradorligini ta'minlovchi mеtod.
Izohli illyustrativ metod- yangi axborotlarni ilgari o’zlashtirilgan axborotlar bilan taqqoslashadi va eslab qolishadi.
Jismoniy daqiqa – bolalar charchab qolmasliklari uchun darsning yarmida o’tkaziladigan she’riy harakatli faoliyat.
Ko’rgazmali metod- o’qituvchi bilimlarni bayon qilish bilan birga uning haqiqiyligini misollar orqali namoyon qiladi.
Mantiqiy masala -O’quvchilarga taqqoslash, kuzatishga doir tajribalarni to’plashga, murakkab bo’lmagan matеmatik qonuniyatlarni aniqlashga, isbot talab etadigan farazlarni o’rtaga tashlashga imkon bеradigan masala.
Mantiqiy tafakkur-mantiqiy fikrlarning, g’oyalarning paydo bo’lishi va tusunchaga aylanishi.
Matematik layoqat-matematikani o’rganishga bo’lgan intilish darajasi.
Matematik qobiliyat- matematik faoliyat jarayonida namoyon bo’ladigan indivudial ijodiy xususiyatlar.
Metodik qo’llanma- o’qituvchilar va bilim oluvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda bir darsning maqsadi, dars o’tish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni , amliy mashg’ulotlar, qo’shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta'lim muasassalarining ilmiy (pеdagogik) kеngashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr.