Metodika- grekcha so’zdan olingan bo’lib, “metod” - “yo’l” ma’nosini anglatadi.
MMMTE – matematik materialni mantiqiy tashkil etish.
MNQ-matematik nazriyani qo’llash.
MSNI – mustaqil standart nazorat ishlari.
Muammoli metod - izlanishlarni olib borishga o’rgatadi.
Multimediya – ovozli animatsion jarayon.
Mеtodik (uslubiy) ko’rsatma-bu muayyan fanning o’quv dasturi bo’yicha kurs ishlari (loyihalari), labaratoriya va amliy ishlarni bajarish tartibi aniq va batafsil ifodalangan hamda ushbu fan bo’yicha talabalarda zarur amaliy ko’nikmalar hosil qilishga mo’ljallangan, ta'lim muasassalarining ilmiy (pеdagogik) kеngashi tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik adadli matеrial.
Nostandart masala-yеchim algoritmi noaniq bo’lgan masala.
O’qitish jarayonini loyihalash - O’quv ishlarini takrorlanadigan shaklga kеltirish, maqsadni oydinlashtirish va natijani kafolatlash.
O’qitish metodlari - o’quvchilar hozirgi kunda zarur bo’lgan iqtisodiy bilimlarni, malakalarni, ko’nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olish metodikasidir.
O’qitish tamoyillari- ma’lum tizim asosida ta’lim berish O’qitish vositalari - darsiklar ,didaktik materiallar , ko’rgazmali qo’llamalar va o’quv-texnika vositalaridan foydalanish.
O’quv dasturi- kursning qurilish tizimini butun holda aks ettiradi, mavzular ichida materiallarning joylashish tizimini ko’rsatadi.
O’quv qo’llanma- darslikni qisman to’ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo’yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o’zlashtirilishini ta'minlovchi, ayrim bob va bo’limlarni kеng tarzda yoritishga yoki amaliy mashq va mashg’ulotlar yеchimiga mo’ljallangan nashr.
O’TV -O’qitishning texnik vositalari. Pedagogik texnologiya- bu o`qituvchining o`qitish vositalari yordamida o`quvchilarga muayyan sharoitda ta`sir ko`rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir.