Mashg`ulot rejasi



Yüklə 169,16 Kb.
səhifə7/11
tarix21.10.2022
ölçüsü169,16 Kb.
#65697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
maruza 5

10. Konstruktiv qobiliyat - o’quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati. Bu qobiliyat o’quvchi shaxsining rivojini loyihalashga, o’quv-tarbiya mazmunini, shuningdek, o’quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab olishga imkon beradi.
11. Gnostik qobiliyat – tadqiqotga layoqatlilik bo’lib, o’z faoliyatini, bu faoliyat jarayonini va uning natijalarini tekshirish hamda o’rganish natijalariga muvofiq faoliyatni qayta qurish qobiliyatidir.
Pedagogik qobiliyatlarni har tomonlama o’rganish qobiliyatlar shaxsning aql-idroki, his-tuyg`usi va iroda sifatlarining namoyon bo’lishidan iborat ekanligini ko’rsatdi. Pedagogik qobiliyatlar umumiy qobiliyat: masalan, adabiy va ilmiy ijod qilish, loyihalash qobiliyatlari bilan bog`langan. Ular o’qituvchi faoliyatining samaradorligini oshiradi. Bunday o’qituvchilar o’z o’quvchilarini (talabalarni) ana shu faoliyatga jalb qila borib, ularga ta’lim va tarbiya berishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
Pedagogik qobiliyatlar o’qituvchi xarakter-xislatlari bilan bog`liq. Uyushqoqlik, qat’iylik, haqqoniylik pedagogik faoliyat darajasining ortishiga olib keladi, aksincha, uyushmaganlik, ko’ngilchanlik, adolatsizlik pedagog faoliyat samarasini pasaytiradi.
Har bir o’qituvchi o’ziga xos individual-psixologik xislatlarga ega bo’ladi. Ulardan ba’zilari harakatchanroq, boshqalari sustkashroq, ba’zilari qattiqqo’lroq, boshqalari yumshoqroq bo’ladilar. Bu xususiyatlar yaxshi, ulardan oqilona foydalanishni bilish katta ahamiyat kasb etadi. Bundan o’qituvchiga his-tuyg`ular, emotsiyalar yot bo’lishi kerak, degan ma’no kelib chiqmaydi, aksincha u quvonishi ham, g`azablanishi ham, qayg`uga tushishi ham, xafa bo’lishi ham mumkin va lozim. Shu o’rinda rus pedagogi A.S.Makarenkoning quyidagi fikrlarini yana takror keltirish o’rinlidir: “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin”. Bu yerda gap o’qituvchining qandaydir bir andozadagi (qolipdagi) shaxsga barovarlashtirish zarurligi to’g`risida emas, balki uning o’z individual sifatlaridan ustalik bilan foydalanishi, o’zida shaxsning zarur xislatlarini tarkib toptirishi, o’z kamchiliklariga barham berishi to’g`risida boradi.

Yüklə 169,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin