5.4.O’qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari tizimi. O’qituvchilik faoliyati “Inson-inson” kasb guruhiga kiradi. Pedagog professiogrammasiga e’tibor qaratilganda, biz mutaxassis yuksak axloqli, kuchli irodaga egalik, aniq maqsadga egalik, odamlarni tushuna olishi, e’tiborli bo’lishi, tasodifiy vaziyatlarga tez yo’nalgan bo’lishi, hissiy javobgarlikka ega bo’lishi lozimligini alohida ta’kidlab o’tish zarur.
M.G.Davletshinning fikricha, pedagogik professiogramma (kasbiy tasnifnoma)da bo’lajak pedagoglarga xos quyidagi sifatlar aks etishi kerak:
- shaxsiy xislatlar (bolalarni yaxshi ko’rish, ularni sevish, mehnatsevarlik, jamoat ishlarida faollik va boshqalar);
- kasbga xos bilimlarga egalik (ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi, psixologiya asoslarini, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi va boshqalar);
- o’z kasbiga xos xislatlar (hozirgi zamon pedagogikasining metodologik bilimlarni egallashi, kuzatuvchanlik, diqqat-e’tiborni taqsimlay olishi, pedagogik fantaziyaning rivolanganligi, pedagogik takt va hakozolar);
- shaxsiy-pedagogik uddaburonlik (mashg’ulotlar uchun zarur materiallarni tanlay olish, o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olish, o’quv maqsadlarini rejalashtira olish va boshqalar);
- muloqotga kirisha olish (kommunikativlik) malakaga egalik (bolalarni o’ziga alb etishni bilish, bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilish, bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog’lashni bilish va hakozolar);
- gnostik (bilish) malakalariga egalik (bolalarning asab-psixik taraqqiyoti daraasini aniqlay olish, o’zining tajribasi va pedagogik faoliyati natialarini tanqidiy tahlil qila olishi va boshqalar);
- ijodiy xislatlari (pedagogik mahoratni takomillashtirishga intilish, o’quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati va hakozolar).
E.M.Ivanov kasbiy faoliyatga individ va mehnat jamoasining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy o’zaro harakati usuli sifatida qaraydi. B.G.Ananev, K.K.Platonov va M.O.Ochilovlar kasbiy faoliyatda individ va xodim shaxsini shakllantirishga ta’sir etishda o’zaroaloqadorlikning mavjudligini qayd etib o’tishadi.
V.A.Slastyonin, S.B.Elkanov, A.J.Ajibaevalar “pedagoglik kasb tarbiyasi” tushunchasini quyidagicha izohlashadi: “Natijasi bo’lajak pedagog tomonidan kasbiy qadriyatlarni va ideallarni egallash, uning ma’naviy ehtiyojlarini va qiziqishlarini, ijtimoiy qimmatga ega motivlarni kengaytirish, hissiy, axloqiy va estetik tuyg’ularni, empatik qobiliyatlarni boyitish, amaliy pedagogik ko’nikma, malaka, odatlarni, o’z-o’zini refleksiya qilish tajribasini egallash kabi shaxs xususiyatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan tadrijiy dialektik harakatdir”.
Pedagogik mutaxassislik – mazkur kasb doirasidagi, ta’lim natijasida egallangan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisini tavsif etuvchi, hamda ularning qo’yilishi va o’zlashtirayotgan malakasiga muvofiq muayyan kasbiy-pedagogik vazifalarni hal etilishini ta’minlovchi faoliyat turi.
Pedagogik mutaxassislik – pedagogik ixtisos doirasidagi muayyan faoliyat turi. U aniq mehnat predmeti va mutaxassisning aniq funktsiyasi bilan bog’liq.
Pedagogik malaka – mutaxassisning ma’lum turdagi vazifani hal etishdagi imkoniyatlarini ifodalovchi kasbiy-pedagogik tayyorlanganlik darajasi va ko’rinishi.
Kasbiy faoliyat yaxlit tizim sifatida bir qancha tarkibiy qismlarni o’zida uyg’unlashtiradi. I.P.Podlasiyning kasbiy salohiyatning tuzilishiga doir tasnifidan kelib chiqib, N.M. Egamberdieva pedagogik ta’limdagi kasbiy etuklik (professionallashuv), ijtimoiylashuv, insonparvarlashuv va madaniy ijodkorlikning zamonaviy yo’nalishlariga muvofiq keluvchi quyidagi muhim tuzilishli tarkibiy qismlarni ajratib ko’rsatadi:
Istalgan kasbiy faoliyat zaruriy kasbiy sifatlarni shakllantirish tizimi asosida amalga oshadi. Bundan kelib chiqadiki, istalgan faoliyat belgilangan sifatlar to’plamini talab etadi. A.V.Karpovning fikricha, kasbiy zaruriy sifat – bu uni belgilangan me’yor darajasida amalga oshirish uchun etarli va zarur faoliyat subyektining individual xususiyatidir. Uning ta’kidlashicha, kasb vazifasida faqatgina shaxsiy psixik emas, balki psixikadan tashqari – somatik, biologik, morfologik, tipologik, neyrodinamik xususiyatlar ham yuzaga chiqishi mumkin. Bundan tashqari olim kasbiy etuklikning tuzilishini ifoda etuvchi inidividual sifatlar guruhini ham belgilab beradi:
- absolyut kasbiy zaruriy sifatlar – o’rtacha darajadagi faoliyatni bajarish uchun zarur xususiyat;
- o’zida faoliyatning yuqori va sifat ko’rsatkichlariga erishish imkoniyatini aniqlab beruvchi muhim kasbiy zaruriy sifatlar;
- u yoki bu faoliyatni amalga oshirishga motivatsion tayyorlik;
- anti kasbiy zaruriy sifatlar – ularning rivojlanishining minimal darajasini taklif etuvchi yoki biror va shunga o’xshash faoliyatda qarama-qarshi ko’rsatkich sifatida yuzaga chiquvchi xususiyatlar.
N.M.Egamberdievaning fikricha esa, o’qituvchining pedagogik madaniyati quyidagi kasbiy ahamiyatli shaxs sifatlarining mavjud bo’lishini taqozo etadi:
1) shaxsga yo’nalganlik: e’tiqod, ijtimoiy faollik, fuqarolik his-tuyg’usining mavjudligi;
2) kasbiy-axloqiy sifatlar: insonparvarlik, jamoaviylik, adolat, mehribonlik, haqiqatparvarlik, samimiylik, talabchanlik, bolalarga nisbatan mehr va hurmat, oliyjanoblilik, xolislik;
3) pedagogik mehnatga munosabat: vijdonlilik, javobgarlik tuyg’usi, fidokorlik, berilib ishlay olish va o’z pedagogik faoliyatidan qoniqish hissi, uni hayotining mazmuniga aylantira olish;
4) qiziqishlar va ma’naviy ehtiyojlar: bilishga oid faollik, tafakkurning kengligi va teranligi, estetik madaniyat, qiziqishlarning va ma’naviy ehtiyojlarning ko’p qirraliligi, yoqtirgan ijodiy ishning mavjud bo’lishi, tashqi ko’rinish va nutq madaniyati.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, pedagogning kasbiy va shaxsiy sifatlarini quyidagi turkumlash mumkin:
Pedagogning kasbiy zaruriy sifatlari: mehnatsevarlik, ishchanlik, intizomlilik, mas’uliyatlilik, maqsadni aniq belgilay olish, unga erishish yo’llarini tanlay olish, tashkilotchilik, qat’iyatlilik, adolatlilik, mahorat, pedagogik takt, talabchanlik, ilg’or pedagogik texnologiyalarni egallash, o’z mehnati samaradorligini muntazam oshirib borish va boshqalar.
Pedagogning shaxsiy sifatlari: insoniylik, samimiylik, mehribonlik, sabr-chidamlilik, tartiblilik, rostgo’ylik, vatanparvarlik, javobgarlik, burchga sadoqat, insonlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, iltifotlilik, qalban g’amxo’rlik ko’rsatish va boshqalar.