Mashgʻulot turi: ma`ruza mavzu: Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Keys-stadi metodi. Mashgʻulot rejasi



Yüklə 195,1 Kb.
səhifə2/9
tarix02.01.2022
ölçüsü195,1 Kb.
#42533
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 5269306439851053097

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo'lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatiarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:


  • o‘quvchi-talabaning dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
  • o'quvchi-talabalarni o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo‘lishini ta’minlashi;
  • o‘quvchi-talabaning bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
  • pedagog va o'quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.

Har bir dars, mavzu, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o'quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, u o‘quvchi-talabaning extiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Yuqoridagi chizmadan ko‘rinib turibdiki, maqsadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o'qituvchi, ham o'quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo'ygan maqsad, tanlagan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog'liq




Yüklə 195,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin