Ta’lim metodlari oldiga muqarrar sur’atda qo'yiladigan yana bir talab - ularning tushunarli bo‘lishidir. O'qitish yo‘li o'quvchiga tushunarli va maqbul bo'lishi, o‘quv materialini o'rganish usullari esa uning bilimlarni o'zlashtmshdagi yosh lmkoniyatlariga muvofiq kelishi loam
5.Bolani sezgi organlari orqali bilishga o'lgatish va o‘quv jarayonida ko'rsatmali qurollardan iloji boricha ko‘proq foydalanish zarurligi ta’lim metodlari oldiga qo‘yiladigan muhim talabdir.
6.Ta’lim metodlari oldiga qo‘yiladigan talablardan yana biri bilimlarning asosli va puxta bo'lishidir. Ta’lim metodlari yaxshi natija beradigan bo‘lishi 0‘qituvchining tushuntirish va o‘quvchilarning o'zlashtirish usuli rejalashtirilgan yoki mo‘ljallangan natijani berishi kerak.
Masalan, interaktiv pedagogikasining «munozara» shaklidagi mashg'uloti ikki bosqichli qilib o'tkaziladi. Agar guitihdagi 20 ta talaba bo'lsa, ular 4 tadan yoki 5 kishidan lborat kichik guruhlar shaklida o'tkaziladi. Ya’ni har bir stolga davra qilib o'tiriladi. Shunday qilib, guruhda 4 yoki 5 ta davra hosil bo'ladi. Bugungi mashg'ulotda hal qilinishi kerak bo'lgan muammo 4 yoki 5 ta masalaga bo'linadi
0‘qituvchi guruhlar hal qilish lozim bo'lgan masalalarni alohida qog‘ozlarga yozib keladi.
Har bir guruhga turli savollar tarqatiladi. Agar muammo yangi bo‘lsa, har bir kartochka - qog'ozda savollarga qisqacha yordamchi izohlar berilishi kerak. Yoki muammoni hal qilish uchun zarur bo'lgan materiallar bilan tanishish talabalarga oldindan topshirilapdi. Har bir guruhga o‘zlari olgan masalalarni kichik guruhlarda o‘zaro ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib munozarani tashkil qilish va tegishli javob hozirlash uchun 5-10 minut beriladi (qiymlik darajasiga qarab). Keyin munozaraning lkkinchi bosqichi boshlanadi. Unda har bir kichik guruh vakili o‘zlari hal qilgan masalani bugun guruhga, jamoaga gapirib, isbotlay berishi kerak. Bu vakilning javobi boshqa guruh a’zolari tomondan umumiy munozaraga olinadi va umumiy yakuniy xulosa chiqariladi. Bunda professor-o‘qituvchi munozaraga ijodiy hamkor sifatida, eng zarur paytlarda ishtirok qilish kerak
Dostları ilə paylaş: |