MASHGʻULOT TURI: MA`RUZA
Mavzu:Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish.Keys-stadi metodi. Mashgʻulot rejasi:
1. Метоdika fanlarini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
2. Innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ilmiy asoslari.
3. Keys-stadi metodi .
1. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovasion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o'quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bolsagina, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. 0‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o'quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi.
Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egallarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari-interaktiv metodlar, innovasion texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta’mmlaydi.
Innovasiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir
Dostları ilə paylaş: |