3-ilоvа
1. Reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasiga bog‘liqligi
a) 1n natriy tiosulfat Na2S2O3 eritmasiga 2n H2SO4 eritmasidan quying.
Yeritmaning loyqalanishini kuzating. Bunda loyqalanish natriy tiosulfatni sulfat kislotasi bilan reaksiyasi natijasida erkin oltingugurt ajralib chiqishi bilan bog‘liqdir:
Na2S2O3 + H2SO4 Na2SO4 + SO2 + H2O + S
Reaksiya boshlanishidan to sezilarli darajada eritmaning loyqalanishigacha bo‘lgan vaqt reaksiyaning tezligini tavsiflaydi.
b) Uchta raqamlangan probirkalarga natriy tiosulfatning suyultirilgan (1:200) eritmasidan birinchisiga - 5 ml, ikkinchisiga - 10 ml, uchinchisiga - 15 ml quying. So‘ngra birinchi probirkaga 10 ml, ikkinchisiga - 5ml suv quyingyu Boshqa uchta probirkaga 5 ml dan suyultirilgan (1:200) sulfat kislota eritmasidan quying. Har bir natriy tiosulfat eritmasi solingan probirkalarga aralashtirib turgan holda 5 ml dan tayyorlangan sulfat kislota eritmasini quying va har bir probirkaga kislota quyilgandan loyqa hosil bo‘lgunga qadar bo‘lgan vaqtni aniqlang.
Tajriba natijalarini quyidagi shaklda to‘ldiring:
Probirkalar-ning nomeri
Na2S2O3 eritmasining hajmi, ml
Suvning hajmi, ml
H2SO4 eritmasining hajmi, ml
Yeritmaning umumiy hajmi, ml
Na2S2O3 ning shartli konsentratsiyasi
Loyqa hosil bo‘lguncha o‘tgan vaqt,
Reaksiya-ning tezligi (shartli birliklarda) q1G‘
1
5
10
5
20
1 S
2
10
5
5
20
2 S
3
15
-
5
20
3 S
3. Reaksiya tezligini temperaturaga bog‘liqligi
Tajriba uchun suyultirilgan (1:200) Na2S2O3 va H2SO4 eritmalaridan oling.
Uchta raqamlangan probirkalarga 10 ml dan Na2S2O3 eritmalaridan, boshqa uchta probirkalarga 10 ml dan H2SO4 eritmasidan quying va ularni uchta juftlikka ajrating. har bir juftda bittadan Na2S2O3 va H2SO4 eritmalari solingan probirkalar bo‘lsin.
Laboratoriyadagi havoning temperaturasini aniqlang, birinchi ikkita probirkani bir-biriga quying, chayqating va kislota quyilgandan loyqa hosil bo‘lguncha o‘tgan vaqtni aniqlang.
Keyingi ikkita probirkani suvli stakanga soling va suvni xona temperaturasidan 100S yuqoriroq temperaturagacha qizdiring. Temperaturani suvga solingan termometr yordamida nazorat qiling.
Qolgan ikkita probirkani ham suvga solib xona temperaturasiga nisbatan 200S ga ko‘tarib yuqoridagi tajribalarni amalga oshiring. Natijalarni quyidagi shaklda to‘ldiring: