Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


-tajriba. Al’degidlarning oksidlanishi



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə154/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

26-tajriba. Al’degidlarning oksidlanishi
a) Kumush oksid ta’sirida oksidlanishi – “Kumush ko’zgu” reyaksiyasi.
Reaktiv va materiallar: kumush nitrat eritmasi, ammoniy gidroksid eritmasi, sirka al’degid; probirkalar, elektrplita.
Toza va quruq probirkaga 1 ml kumush nitrat eritmasidan quying, uning ustiga avval hosil bo’lgan oq cho’kma erib ketguncha, oz-ozdan ammoniy gidroksid eritmasidan qo’shing. Shu eritmaga 5-6 tomchi sirka al’degid tomizing. Aralashmani ohista qizdiring. Probirka tubida kumush jilo (kumush ko’zgu) hosil bo’ladi:
AgNO3 + NH4OH → AgOH↓ + NH4NO3
AgOH + 2NH4OH → [Ag(NH3)2]OH + H2O
2[Ag(NH3)2]OH → Ag2O + 4NH3↑ + H2O
CH3−COH + Ag2O → CH3−COOH + 2Ag↓
Kumush nitratning gidroksidga aylanishi, mo’l ammiak bilan kompleks hosil qilishi va qizdirilgach kumush oksid hosil bo’lishi, kumush oksidning esa al’degid bilan qaytarilishi reaksiyalari tenglamasi “Kumush ko’zgu” hosil bo’lishidan dalolat beradi.
b) Mis (11)-gidroksid ta’sirida oksidlanishi
Reaktiv va materiallar: formalin, 10%li ishqor eritmasi, 5% li mis sulfat eritmasi; probirkalar, isitgich asbobi.
Probirkaga 1 ml formalin va 2-3 ml 10% li ishqor eritmasidan soling. Aralashmani chayqatib turib, unga havorang cho’kma hosil bo’lguncha mis sulfat eritmasidan qo’shing. Probirkani sekin qizdiring. Nima kuzatiladi? Tajriba natijalarini va mis (11)-gidroksidning qaytarilish reaksiyasi tenglamasini yozing.

27-tajriba. Al’degidlarga hos birikish reaksiyalari


a) Natriy bisulfit bilan birikishi.
Reaktiv va materiallar: Natriy bisul’fitning to’yingan eritmasi, formalai, 1n xlorid kislota eritmasi; probirkalar, Shisha tayoqcha, tomizgich voronka.
Probirkaga natriy bisul’fitning to’yingan eritmasidan va formalindan 5-6 tomchi soling. Aralashmani chayqating vaqti-vaqti bilan probirkaning ichki devorini Shisha tayoqcha yordamida ishqab turing. 20-25 minutdan so’ng al’degidning bisu’fitli birikmasi kristallari cho’kmaga tushadi:
R − COH + NaHSO3 → R − CH(OH)−SO3Na

Bisul’fitli birikma kristali ustiga xlorid kislota eritmasidan 2-3 tomchi tomizing. Nima kuzatiladi? Kristalning yo’qolish sababini kimyovi tenglama asosida tushuntiring.


b) Gidroksilamin bilan reyaksiyasi.
Reaktiv va materiallar: gidroksilamin gidroxlorid tuzi, soda kristallari, formalin; probirkalar, menzurka, tomizgich voronka.
Probirkaga 5 ml suv solib ustiga gidroksilamin gidroxlorid tuzi kristallaridan qo’shing. Aralashmani yahshilab aralashtiring. Gaz ajralishi to’htashi bilan probirkaga 15-20 tomchi formalin tomizing. Nima kuzatiladi?
v) Fenilgidrazin bilan reyaksiyasi.
Reaktiv va materiallar: fenilgidrazin gidroxlorid tuzi, soda kristallari, sirka al’degid; probirkalar, tomizgich voronka, menzurka. Probirkaga 5 ml suv solib, uning ustiga fenilgidrazin gidroxlorid tuzi kristallaridan oz-ozdan soling. Aralashmani chayqatib turib unga 5-6 tomchi al’degid qo’shing. Nima kuzatiladi?

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin