1.1 Mavzuni nomi doskaga yoziladi.
1.2.karbonsuvlarga hos reaksiyalar.
1.3.glyukozaga hos reaksiyalar.
1.4.shakar kislota sintezi.
1.5.glyukozaning oksidlanishi.
2.1 «Peromida» metodi asosida talabalarni faollashtirish.(1-ilova)
2.2. laboratoriya bajarish uchun kerakli asbob-uskunalarni tayyorlash.
2.3 monosaharidlar, polisaharidlar va ularning xossalariga laboratoriya ishlarini bajarish.
(2-ilova)
2.4 bajarilgan ish yuzasidan hisobot yozish.
2-ilova.
90- tajriba.Karbonsuvlarning a- naftol ta’sirida ko’rsatadigan umumiy reaksiyalari Reaktiv va materiallar: a- maftolning spirtdagi 15% li eritmasi, biron karbonsuv (glyuko-za, saharoza, krahmal), kons. sulьfat kislota; pro-birkalar, pipetka.
Probirkaga 1 ml chamasi suv soling va biron kar-bonsuvdan ozgina qo’shing, so’ngra a-naftolning spirt-dagi 15% li eritmasidan 1—2 tomchi tomizing. Pro-birka devori bo’ylab qiyalatib, ehtiyotlik bilan pi-petkadan 1 ml sulьfat kislota quying. Sulьfat kis-lota probirka tubiga (suv eritmasi tagiga) tushadi va ikkala qatlam chegarasida sekin-asta binafsha hal-qa hosil bo’ladi.
Barcha karbonsuvlar kons. sulьfat kislota ta’si-rida parchalanib, turli mahsulotlar, shuningdek fur-furol yoki uning hosilalarini ham yaratadi. Furfu-rol hosilalari esa a- naftol bilan kondenslanish reak-siyasiga kirishib, rangli moddalar hosil qiladi.