Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


- tajriba. Glyukozada gidroksil gruppalar



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə167/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

91- tajriba. Glyukozada gidroksil gruppalar borligini aniqlash — saharat hosil qilish
Reaktiv va materiallar: 0,5% li glyu-koza, 0,2 m mis sulfat, 2 m o’yuvchi natriy va 10% li kalьsiy xlorid eritmalari; probirkalar, menzurka.
a. Probirkaga 0,5% li glyukoza eritmasidan solib,
unga 2 m o’yuvchi natriydan 2,5 ml va 0,5 ml 0,2 m mis
sulьfat eritmalaridan qo’shing. Aralashmani chayqa-
ting. Bunda dastlab mis (II)-gidroksid cho’kmasi hosil
bo’ladi va u tezda erib, mis saharatning tiniq erit-
masini hosil qiladi.Monosaharidlar metall gidrok-
sidlari va og’ir metallarning oksidlari bilan ko’p
atomli spirtlar kabi reaksiyaga kirishadi.Monosa-
haridlar molekulasidagi gidroksil gruppalarning
vodorod atomlari metall ionlari bilan o’rin alma-
shadi.Natijada saharatlar hosil bo’ladi.Mis(P)-
gidroksidning aralashmada saharat hosil bo’lishi hi-
sobiga erishi glyukozada gidroksil gruppalar borli-
gini bildiradi.
b. Probirkaga 10% li kalьsiy xlorid eritmasidan
1 ml solib, ustiga 2 m natriy ishqoridan bir necha tom-
chi qo’shing. Kalьsiy gidroksid cho’kmasi hosil bo’ladi. Bu probirkaga 0,5% li glyukoza eritmasidan oz-ozdan quysangiz cho’kma eriydi. Bunda kalьsiy saharat hosil bo’ladi.

1-ilova
2-ilova


92- tajriba. Shakar kislota sintezi-glyukozaning oksidlanishi.
SHakar kislota faqat glyukozaning oksidlanishidan-gina hosil bo’ladi. Boshqa biron monosaharidda bunday hususiyat bo’lmaganidan, bu reaksiya tabiiy disaharid (shakar) lar tarkibidagi glyukoza miqdorini aniqlash uchun ham ishlatiladi. Bunda glyukozaning al’degid va birlamchi spirt gruppalari nitrat kislota ta’sirida oksidlanib ikki asosli olti atomli gidroksikislo-ta — shakar kislotasini hosil qiladi:
Reaktivlar: glyukoza —5,4g, nitrat kislota, 25% li (vR°41,15)—32 ml, kaliy karbonat, sirka kislota, pista ko’mir.
CHinni likopchada glyukoza va nitrat kislotani ara-lashtirib, qaynoq suv hammomi ustida qizdiring. Ara-lashmani Shisha tayoqcha bilan muntazam aralashtirib turing. Qizdirishni muhitdan azot oksidlari (sarg’ish gaz) ajralmay qolguncha davom ettiring, bunda ara-lashma bug’lanishidan hosil bo’ladigan qiyom sarg’ish tusga kiradi.
Olingan qiyomsimon massani 8—10 ml suvda eri-tib, suv hammomi ustida unga oz-ozdan maydalangan kaliy karbonat qo’shib neytrallang. Muhit sezilar-sezilmas ishqoriy bo’lsin (rN-indikator qog’oz). Bun-
da suvda eruvchan dikaliy saharat hosil bo’ladi. Uni monokaliy tuz holiga keltirish uchun eritmaga oz-oz-dan tomchilatib muz-sirka kislota qo’shish kerak (Shisha tayoqcha bilan muntazam aralashtirib turib), sirka kislotaning hidi aralashmadan ham kela boshlagach qo’shishni to’htating.
Aralashma bir kechaga qoldirilsa yahshi bo’ladi. Imkoniyat bo’lmasa 3—4 soatdan keyin hosil bo’lgan cho’kma — shakar kislotaning nordon kaliy tuzini kich-kina Byuhner voronkali nutch-filьtrdan o’tkazing. Oz-gina muzdek suv bilan yuving va yana oz miqdordagi qaynoq suvdan qayta kristallab oling. Qaynoq suvda eritish jarayonida ozroq pista ko’mir qo’shing va erit-mani qaynoq holida nutch-filьtrlang. Filьtrat sovigach undan yana shakar kislotaning monokaliy tuzi cho’kmaga tushadi. Uni nutch-filьtrlab, filьtr qog’ozlar orasiga olib quriting. Unumi 2 g.




Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin