Nazorat savollari MarganeS atomining elektron formulasini yozing. Qanday orbitallar ishtirokida marganeS kimyoviy bog‘lar hosil qiladi?
2. Marganetsning eng yuqori valentligi qancha? Birikmalarda marganeS qanday oksidlanish darajalarini namoyon qiladi? Ularning qaysi biri marganeS uchun xarakterli? Marganetsning har xil oksidlanish darajasidagi birikmalariga misollar keltiring va ularni nomlang.
Suyultirilgan va konsentrlangan HCl, H2SO4 va HNO3 eritmalari sovuq va qizdirilgan holatlarda marganetsga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Reaksiyalar tenglamalarini yozing.
MarganeS oksidlari va gidrooksidlari qanday olinadi? Ularning qaysi biri erkin holda olinganligini ta’kidlang.
Marganetsning oksidlanish darajasi ortishi bilan uning oksidlash va gidroksidlarining kimyoviy xarakteri qanday o‘zgarishini ko‘rsating va tushuntiring.
Kimyoviy reaksiyalarda marganetsning qanday birikmalari :
a) faqat qaytaruvchi; b) faqat oksidlovchi; v) oksidlovchi va qaytaruvchi bo‘lishi mumkin? Tushuntirish bering.
7. Marganets*(II) birikmalari oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida qanday xossalarini namoyon qiladi? Reaksiya tenglamalarini yozing. Qanday muhitda bu birikmalar barqaror? Misollar keltiring.
8. MnO2bilan konsentrlangan HCl, va H2SO4 o‘zaro ta’sirlashganda va MnO2 ni ishqor bilan suyuqlantirilganda qanday moddalar hosil bo‘ladi? Bu reaksiyalarda MnO2 qanday xossalarni namoyon qiladi? Reaksiya tenglamalarini yozing.
9. MarganeS (VI) birikmalari qanday olinadi? Reaksiya tenglamalarini yozing. Bu birikmalarni barqarorligi qanday?
10. Kaliy permanganatning eritmada qaytarilish reaksiyasida hosil bo‘lgan mahsulotlarning tarkibi qanday omillarga bog‘liq? Reaksiya tenglamalarini yozing.