Fosfat anioni PO43- ning xususiy reaktsiyalari Tajribalarnil bajarishda natriy gidrofosfat eritmasidan foydalansa bo’ladi.
1. Bariy xlorid BaCl2 natriy gidrofosfat eritmasi bilan ta'sirlashib, bariy gidrofosfatning oq cho’kmasini qosil qiladi:
Na2HPO4+BaCl2 = BaHPO4+2NaCl
HPO42-+Ba2+ = BaHPO4
Natriy gidrofosfat eritmasidan 4-5 tomchi olib, ustiga BaCl2 eritmasidan 2-3 tomchi qoshiladi. Oq cho’kma qosil bo’lishi kuzatiladi. BaHPO4 cho’kmasi kuchli kislotalarda (H2SO4 dan tashqari), shuningdek sirka kislotada ham eriydi.
6-Ilova
Silikat anioni SiO32- ning xususiy reaktsiyalari Reaktsiyalarnil o’tkazishda suvdagi eritmalari rangsiz bo’lgan Na2SiO3 va K2SiO3 lardan foydalaniladi.
1. Bariy xlorid BaCl2 eritmadagi SiO32- ionlari bilan bariy silikatning oq cho’kmasini qosil qiladi:
Na2SiO3+BaCl2 = BaSiO3+2NaCl
SiO32-+Ba2+ = BaSiO3
Natriy silikat eritmasining 5-6 tomchisiga BaCl2 eritmasidan 3-4 tomchi qoshiladi. Oq amorf cho’kma tushishi kuzatiladi.
2. Kislotalarning suyultirilgan eritmalari silikatlarga ta'sir qilib, silikat kislotaning suzmasimon oq cho’kmasini (gelini) qosil qiladi:
Na2SiO3+HCl = H2SiO3+2NaCl
SiO32-+H+ = H2SiO3
Natriy silikatning 5-6 tomchi eritmasiga HCl eritmasidan 3-4 tomchi qoshiladi. Oq suzmasimon cho’kma qosil bo’lishi kuzatiladi.