Mavzu: Kislota va ishqorlarning titrlangan eritmalarini tayyorlash Reja 1. Stahdart eritmalar haqida tushuncha
2 . Buraning stahdart eritmasini tayyorlash
3. Bura yordamida kislotaning stahdartlashtirilgan eritmasini tayyorlash
O`quv mashg`ulotining maqsadi: - Stahdart eritmalar haqida tushuncha
- Buraning stahdart eritmasini tayyorlash, Bura yordamida kislotaning stahdartlashtirilgan eritmasini tayyorlash, tayyorlash qoidalarini o’rgatish va u haqidagi bilimlarni kengaytirish
O`quv faoliyatining natijasi: Talabalar - Stahdart eritmalar haqida tushuncha- Buraning stahdart eritmasini tayyorlash - Bura yordamida kislotaning stahdartlashtirilgan eritmasini tayyorlash qoidalarini o`rganadilar
Xlorid kislotaning taxminiy 0,1N eritmasidan 500 ml tayyorlash. Bunday eritma kontsentrlangan xlorid kislotadan tayyorlanadi. Kontsentrlangan xlorid kislota eritmasining zichligi areometr bilan aniqlanib, shu zichlik asosida jadvaldan uning protsent kontsentratsiyasi topiladi. Olaylik konts. kislota zichligi 1,179 g/ml ga teng bo’ldi, bunday zichlikdagi kislota 36% protsentli ekanligi aniqlandi. Shundan sung, xlorid kislotaning 0,1N eritmasidan 500 ml tayyorlash uchun qancha gramm NSl kerakligi quyidagi formuladan xisoblab topiladi:
Shuncha miqdordagi sof NSl qancha miqdordagi 36% li xlorid kislota eritmasida
bo’lishi xisoblanadi:
100 g eritmada 36 g HCl bor
X g eritmada 1,823 HCl bor
islotani (suyuqlikni) tarozida tortish noqulay bo’lganligidan, uning massasini xajmga aylantiriladi
Shuncha xajmdagi 36% li kislota eritmasidan pipetkada ulchab olib, 500 ml xajmli ulchov kolbasiga utkaziladi va eritma xajmi suv bilan kolba belgisigacha yetkaziladi, kolba tiqinini bekitib, yaxshilab aralashtiriladi. Xlorid kislotaning xosil qilingan taxminan 0,1N eritmasi titrini va normalligini natriy tetraboratning standart eritmasi yordamida titrlab aniqlanadi. Buning uchun natriy tetraboratning standart eritmasini tayyorlash kerak.