Analitik tarozida tortishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim - Tortishdan oldin tarozining xolatini tekshirib, uni gorizontal xolda ornatiladi.
- qech qachon tarozi belgilangan me'yordan ortiq massani tortish uchun ishlatilmasligi kerak.
- Tortiladigan buyumni tarozi pallasiga quyishdan oldin uning sirtida iflosliklar yuqligiga ishonch xosil qilish lozim.
- Tarozini urnatilgan joyidan quzqatmaslik kerak.
- Buyumlar yoki toshlarni pallaga quyishdan avval tarozini arretir xolatiga utkazish lozim. Arretir tutqichini sekin va extiyotkorlik bilan burash kerak.
- Tarozi pallalariga issiq buyumlarni quyish mumkin emas. Tortiladigan buyum tarozining haroratigacha sovutilishi yoki isitilishi lozim.
- Moddalar maxsus idishlar - tigel, soat oynasi, byukslarda tortilishi zarur.
- Tortilishda faqat yon tomondagi eshikchalardan foydalaniladi. Oldingi eshikcha doimo berk turishi talab qilinadi.
- Toshlarni faqat qisqich yordamida olinadi.
- Buqlanuvchi moddalar faqat zich berkiladigan idishlar (byukslar) da tortiladi.
- Tortish tugallangach, tarozi arretirlanib, eshikchalari bekitilishi, kichik va katta limblar nol belgisi xolatiga quyilishi, yoritgichni elektr tarmoqidan uzish kerak.
§ Buyumlarni dempferli tarozida tortish quyidagicha amalga oshiriladi.
§ Tarozida tortishdan avval uning yoritgichi elektr tarmoqiga ulanadi.
§ Tarozini ish xolatiga utkaziladi. Buning uchun arretir tutqichi oxirigacha buraladi. Bunda yoritgichning lampasi avtomatik tarzda yonib, veytograf ekranida xarakatlanayotgan shkala tasviri kurinadi. Tezda dempfrerlar xisobiga tarozi milining tebranishi tuxtab, veytograf ekranidagi xarakatlanmaydigan vertikal chiziq shkalaning nul nuqtasini kursatadi. Agar bunday mutanosiblik kuzatilmasa, unda ekranning boshqaruvchi muruvvatini u yoki bu tomonga burash bilan mikroshkalaning nol bo’linmasi ekrandagi vertikal chiziq bilan ustma-ust tushiriladi.
Taroziga yuk yoki toshlarni quyish yoki undan olish paytida tarozi arretirlangan xolatda bo’lishi kerak.Tortiladigan jism oldindan texno-kimyoviy tarozida 0,01 g aniqlikgacha olchab olinadi, song uni analitik tarozida aniq tortiladi.Tarozining chap pallasiga tortiladigan namuna yoki idish, ung palasiga toshlar quyiladi, tortiladigan narsaning massasi odatdagi usulda 1 g gacha aniqlik bilan tortiladi. Grammning undan bir va yuzdan bir ulushlarini arretirlangan va eshiklar berkitilgan tarozi qilofi sirtiga urnatilgan katta va kichik limblarni burash yuli bilan bajariladi. Limbdagi sonlar plankaga ilingan toshchalar massasini kursatadi. Agar katta limbda kursatkichning ruparasida 6 raqamli, kichik limbda 9 raqami tursa massasi 690 mg yoki 0,69 g bo’ladi.Namuna massasi yuqorida kursatilgandek, 0,01 g gacha aniqlik bilan ulchangandan sung arretir tutqichi oxirigacha buriladi va muvozanat xolatida mikroshkalaning qaysi bo’linmasi ekrandagi chiziq bilan mos kelishi kuzatiladi. Mikroshkaladagi yirik bo’laklarning musbat (Q) yoki manfiy (-) ishorali raqamlari bor, ular grammning mingdan bir ulushlarini xisoblash uchun xizmat qiladi. Musbat ishora mazkur massani taroziga quyilgan toshlar massasiga qushish kerakligini, manfiy ishora
esa, mazkur massani toshlar massasidan ayrib tashlash zarurligini bildiradi. Masalan, taroziga 1,69 g massadagi toshchalar quyilgan bo’lsin, unda ekran chiziqi + 4 va +5 raqamlari urtasidagi mayda bo’linma ustida tursa, bunda taroziga quyilgan 1,69grammga 0,0045 grammni qushish kerak, tortiladigan modda namunasining massasi: 1,69+0,0045=1,6945g bo’ladi. Shkalaning manfiy kursatkichi bo’lganda namuna massasi: 1,69-0,0045=1,6855 g bo’lar edi.Modda namunasining massasi ulchanib bo’lingach, namuna va toshchalar tarozi pallalaridan olinadi. Tarozining katta va kichik limblari nol nuqtasiga keltirilib, tarozi arretirlab quyiladi.Analitik tarozining qismlari urganilib, unda tortish qoidalari bilan tanishgandan sung xar bir talaba birorta shisha idish(soat oynasi, byuks, tigel va boshqalar)ni tortishni mashq qilib, tortgan idishning massasini ish daftariga verguldan keyin turtta xonagacha (masalan, 1,6855g) aniqlik bilan Yozib quyishi lozim.