Mavzu: To’yingan uglevodorodlarni galogenli birikmalarini olinishi.
Reja
1 laboratoriya sharoitida metilxloridni olish uchun kerakli asbob
uskunalar va reaktivlar tayyorlash, kimyoviy xossalarini o’rganish.
2.metilxloridni olinishini bajarish, kimyoviy xossalariga hos
laboratoriya bajarish, tajriba natijasi haqida hulosa yozish.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: to’yingan uglevodorodlardan metilxloridni olinishini laboratoriyada bajarish, kiyoviy xossalarini o’rganish, reaksiya tenglamalarini yozish.
O’quv faoliyatining natijasi: Talabalar to’yingan uglevodorodlarni galogenli birikmalarini olinishini bajaradilar, kimyoviy xossalarini urganadilar.
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
Guruhlar
|
Laboratoriya ish bajarishi
natija yozishi
|
Uyga berilgan masala va mashq bajarishi
|
Jami ball
|
|
0,5 ball
|
0,5 ball
|
1 ball
|
2-ilova.
3-ilova. 7-tajriba. Metilxloridning hosil qilinishi.
Reaktiv va materiallar: CH3OH bilan kons. H2SO4 aralashmasi (1:1), osh tuzi kukuni, shpatel, probirkalar, gaz o’tkazgich nayli tiqin.
Probirkaga baravar hajimda olingan CH3OH bilan H2SO4 dan iborat aralashmadan
3-4 ml.quying. Aralashmaga shpatel uchida osh tuzi kukunidan ozroq qo’shing. Probirkani og’zini gaz o’tkazgich nayli tiqin bilan berkitib, aralashmani ehtiyotkorlik bilan qizdiring. Bunda aralashma qattiq ko’pirib ketmasligi kerak. Ajralib chiqayotgan metil xlorid-CH3CI gazini yondirib ko’ring, yashil hoshiyali sariq alanga hosil qilib yonadi.
Reaksiya bir necha bosqichda boradi:
CH3 − OH + HO − SO3 H→ CH3 − O − SO3H + H2O
Metilsulfoefir
H2SO4 + NaCI → HCI + NaHSO4
CH3 − O − SO3H + HCI → CH3CI + H2SO4
Dostları ilə paylaş: |