Marganets
a) MarganeS (II) tuzidan marganeS (II) gidroksidini oling. Ranggiga e’tibor bering va reaksiya tenglamalarini yozing.
b) Cho‘kma bilan eritmani boshqa probirkaga soling va havoda qoldiring. Cho‘kmani ranggi o‘zgarishini tushuntiring va reaksiya tenglamalarini yozing.
v) Tajribada olingan cho‘kmani suyultirilgan kislota va ortiqcha ishqor eritmalari bilan sinab ko‘ring. Nima kuzatiladi? Marganets*(II) gidroksidini xossalari haqida qanday xulosa qilish mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.
g) Ozgina marganets*(II) gidroksidiga bromli suv qo‘shing. Nima hosil bo‘ladi? Bu reaksiyada marganets*(II) gidroksidi qanday xossalarni namoyon qiladi? Reaksiya tenglamalarini yozing.
2. MarganeS (II) tuzlarining xossalari
a) Marganets*(II) tuzi eritmaga ammoniy sulfid eritmasidan qo‘shing. Cho‘kmaga nima tushadi? Uni ranggi qanday? Cho‘kmani havoda saqlansa qanday o‘zgarish bo‘ladi? O‘zgarishni tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
b) Probirkaga ozgina qo‘rg‘oshin (IV) oksidi yoki surik Pb3O4 dan soling va 2-3 ml kontsentrlangan HNO3 va 1-2 tomchi marganeS sulfatidan qo‘shing. Aralashmani qaynaguncha qizdiring. Biroz tindirilgandan so‘ng eritmani ranggiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyalar analitik kimyoda marganeS birikmalarini sifatini aniqlashda foydalaniladi. MarganeS (II) tuzlari a va b-tajribalarda qanday xossalarni namoyon qiladi?
3. MarganeS (IV) oksidini sulfat kislotasi bilan tasirlanishi
Donalangan MnO2 ning oz miqdoriga ozgina konsentrlangan H2SO4 qo‘shing. Probirkani ehtiyotlik bilan gaz ajralguncha qizdiring. Qanday gaz ajralib chiqayotganini isbotlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada MnO2 qanday xossalarni namoyon qiladi?
4.Kaliy manganatning olinishi.
Probirkada ozgina Bertole tuzini oz miqdordagi kaliy gidroksid bo‘laklari va marganeS (IV) oksidi yoki marganeS (II) sulfatning bir necha zarrachalari bilan suyuqlantiring. Suyuqlanmani ranggi qanday? Suyuqlanma sovugandan so‘ng ozgina suvda eriting. Yeritmaning rangi qaysi ion rangiga xos? Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada MnO2 (yoki MnSO4) qanday xossalarni namoyon qiladi? Yeritmani keyingi tajribalar uchun saqlang.
5.MarganeS (VI) birikmalarining xossalari.
a) Manganat kislotasini hosil bo‘lishi va parchalanishi 4-tajribada olingan kaliy manganat eritmasiga suyultirilgan sirka kislatasidan qo‘shing.
Yeritmaning rangi o‘zgarishini va cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating. Sodir bo‘lgan hodisalarni tushuntiring va reaksiya tenglamasini yozing.
b) Kaliy manganatning qaytaruvchi va oksidlovchi xossalari. 4-tajribada olingan zanggori eritmaning bir qismiga, ranggi o‘zgarguncha oz-ozdan xlorli suv qo‘shing . Kuzatilgan hodisalarni tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
Kaliy manganat eritmasiga Na2SO3 eritmasidan qo‘shing va qizdiring. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Ozgina kaliy manganat eritmasiga sul’fat kislotasi eritmasidan kislotali muhitigacha qo‘shing (lakmus qog‘ozi bilan tekshiring) Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Tajribada kaliy manganat qanday xossalarni namoyon qiladi? Kaliy manganatni qaytarilishiga reaksiya muhiti qanday ta’sir qiladi?
6.Kaliy permanganatning xossalari.
a) Qizdirilganda kaliy permanganatni parchalanishi. Probirkada kaliy permanganatni ozgina kristallarini qizdiring.Qanday gaz ajralib chiqayotganini isbotlang. Gaz chiqishi tugaguncha qizdirishni davom ettiring. Sovigandan so‘ng probirkadagi mahsulotni oz miqdordagi suvda eriting. Yeritmaning va cho‘kmaning ranggi qanday? Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Kaliy permanganatni oksidlovchi xossalari.
3 ta probirkaga 1-2 ml dan kaliy permanganat eritmasidan va ozgina suyultirilgan H2SO4 dan soling. Birinchi probirkaga Na2SO3 eritmasidan, ikkinchisiga-FeSO4 eritmasidan, uchinchisiga esa oksalat kislotasi eritmasidan qo‘shing (uchinchi probirkani qizdiring). Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing.
1-2 ml KMnO4 eritmasiga suv qo‘shing va natriy sulfat eritmasidan soling. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shakllarda yozing.
Probirkaga ozgina KMnO4 eritmasini soling va unga konsentrlangan ishqor, so‘ngra natriy sulfit eritmalaridan qo‘shing, aralashtiring. Yeritma rangining o‘zgarishiga va cho‘kma hosil bo‘lishiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shakllarda yozing.
Probirkadagi marganeS (II) sulfat eritmasiga tomchilab kaliy permanganat eritmasini qo‘shing. Nima kuzatiladi? Yeritmani lakmus qog‘ozi bilan sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamasini yozing.
Tajribalarda kuzatilgan xodisalarni tushintiring. Kaliy permanganatni qaytarilishiga reaksiya muhiti qanday ta’sir qiladi?
v) Kislotali mihitni oksidlanish tezligiga ta’siri.
Ikkita probirkaga 2-3 ml dan KBr eritmasini soling. Birinchisiga teng hajmda suyultirilgan H2SO4, ikkinchisiga - suyultirilgan CH3COOH eritmasidan qo‘shing. Har bir probirkaga KMnO4 eritmasidan 10-15 tomchidan soling. Ikkala probirkadagi eritmalarning rangi bir vaqtda yo‘qoladimi yoki yo‘qmi? Kaliy permanganat bilan oksidlanish tezligiga kislotali muhit qanday ta’sir qiladi? Reaksiya tenglamalarini yozing.
Dostları ilə paylaş: |