Mashg‘ulotlar 3 qismdan iborat


Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar



Yüklə 16,79 Kb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü16,79 Kb.
#39439
1   2   3   4
45 мавзу Nuqsonli bolalarning harakatlanish faoliyatida turli hil

Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar

Ushbu mashqlarning maqsadi – tanani harakatlantiruvchi, barcha a’zolarini bir maromida ishlashiga erishish, mustaxkamlash va rivojlantirishdir.

O‘quvchilarda muvozanatsizlik, nomutanosiblik hollari uchraydi. Qo‘l-oyog‘i bemalol harakat qila olmaslik, muskullarning toliqqanligi, oyoqlarini sudrab yurish, gavdani to‘g‘ri tuta olmaslik holatlari kuzatiladi, ana shu holatlarga mos bo‘lgan mashqlar tanlanadi. Bo‘yin, bosh, elka, gavdaning yuqori qismi muskullarini mustahkamlash; tana va uning quyi qismlari – bel, qorin, kurak muskullarini mustahkamlash uchun; gavdani to‘g‘ri tutish va boshqa kamchiliklar (yassitovonlik, maymoqlik)ni tuzatish uchun bajariladigan maxsus mashqlar.

Alohida mushaklarni dam oldirish uchun ham mashqlar beriladi. Bolalar mushaklarni faqat zo‘riqtirmasdan, balki ularning faoliyatini to‘g‘ri boshqara olishlari, ba’zi paytda zo‘riqtirmaslik, umuman bo‘shashtirib dam berishni ham bilishlari zarur. Barcha mashqlar bir-biri bilan bevosita bog‘liqdir.

Ushbu bo‘limga asosan gimnastika mashqlari kiradi. Ular darsning boshlang‘ich qismida 10-12 daqiqa davomida bajariladi. Umuman aytganda bu darsni tashkil etish jarayonidir.


Yüklə 16,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin