Musiqa tinglash
Musiqa tinglash bolalarning musiqiy-estetik tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Musiqa tinglash bolalarda musiqiy idrok, musiqiy sezgirlik, musiqani ramziy mazmunini his etish xususiyatlarini tarbiyalaydi. Ritmik xarakterdagi musiqiy asarlar o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatini o‘stiradi, musiqiy mazmuni, kuyni eslab qolish salohiyatini oshiradi.
Musiqiy asar bolalarning yosh xususiyatlariga ko‘ra tanlanadi. O‘quvchilarning zo‘riqib charchab qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Ritmika darslariga bolalarning barchasi qatnashishi shart. Ritmika bo‘yicha yakuniy baho o‘tgan darslardagi natijalarni va harakat ko‘nikmalarini tekshirish orqali qo‘yiladi.
Dars, mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi zarur. Darslarni maxsus jihozlangan zallarda o‘tkazish tavsiya etiladi. Bunda o‘quv zallarda sozlangan cholg‘u asboblari, magnitafon, stullar, gilam, rang-barang tasmalar, g‘ildiraklar, sakrash uchun chilvin, jismoniy tarbiya tayoqchalari saqlanadigan 1-2 ta shkaf bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |