Musiqiy – ritmik harakatlar, o‘yinlar, raqslar
Musiqiy-ritmik mashqlar bolani musiqaga mos ravishda ritmik harakatga, bir maromda ikkinchi ohangga o‘tishga, harakat jarayonida musiqadan kelib chiqqan holda musiqiy musiqiy asarning mazmuni va shaklini o‘z xarakatlarida ifodalashga o‘rgatadi. Har qanday xarakatning o‘zida murakkab mutanosiblik, uyg‘unlik mavjud.
Ushbu bo‘limga diqqatni jalb etishga o‘rgatishga, xotirani rivojlantirishga mo‘ljallangan mashqlar kiradi.
Bolalarda ritm sezgisi musiqani uzluksiz tarzda qabul qilish va unda yangrayotgan ohanglarni harakat vositasida o‘zlashtirish yo‘li bilan rivojlanadi.
Mashqlarni mazmuni hilma-xil. Ba’zilarida bolalar musobaqa o‘ynaydilar boshqasida odamlar yurish-turishiga, transport harakati, hayvonlarga taqlid qilib o‘ynaydilar.
Barcha mashqlarni bajarish bolalarda diqqatni jalb eta bilishni taqazo etadi. Ko‘rgazmali qurollarsiz, faqat so‘z bilan tushuntirish mashqlarini bajarish abstrak tafakkur belgilarini shakllantirishga ko‘maklashadi. Harakatlarni nuqsonsiz bajarishga erishish va bolalarning mashg‘ulotlarga qiziqishlarini kuchaytirishuchun turli predmetlar (bayroqcha, koptok, g‘ildirak) bilan bajariladigan mashqlar tavsiya etiladi.
Bolaning ba’zi bir ruhiy jihatlariga ta’sir ko‘rsatish uchun ritmika darslarida musiqiy o‘yinlar ham o‘tiladi.
O‘zini tutishga o‘rgatadigan harakterdagi ijobiy fazilatlarni shakllantiradigan, chaqqonlikka, hozirjavoblikka, maydonda kerakli joyni to‘g‘ri belgilash hususiyatlarini tarbiyalaydigan o‘yinlarni alohida ta’kidlash joiz.
Musiqiy o‘yinlar fantaziyani, tasavvurni, kuzatuvchanlikni kuchaytirishga ko‘mak beradi. Ular a’zoi badanni , muskullarni chiniqtiradi, harakatlar mutanosibligini ta’minlaydi.
Mashg‘ulotlarda bolalar qo‘l harakatlari, raqslar bilan tanishadilar. Raqs harakatining boshqa turlari kabi qomatni rostlaydi, harakatga ma’no bag‘ishlaydi, bolalardagi did va umumiy madaniyatni shakllantiradi. O‘rganiladigan raqslar bosqichma-bosqich murakkablashib boradi. Bolalar halq raqslarini ijro etilayotganda, o‘sha halq raqsini o‘ynayotganda qomatni qanday tutganini, qanday o‘ziga xos harakatlar qilinayotganini unutmaslik zarur.
Dostları ilə paylaş: |