Quymalar olishda ko'proq yuqori mexanik va
texnologik xossalarga ega
bo'lgan MЛ5, MЛ6 qotishmalari keng qo'llaniladi. Bu qotishmalardan buyumlar
tayyorlanadi. Lekin MЛ5 ga qaraganda M6 ning
suyuq holda oquvchanlik
xususiyati yaxshiroq.
Bu qotishmalarning
gomogenlash usuli
bilan mexanik xossalarini ko'tarish
mumkin. Buning uchun qotishmani 420
0
C
qizdirib, shu haroratda 12...14 soat
ushlab turiladi va MЛ6 uchun 190
0
C da 4 . . . 5 soat ushlab eskirtirib berish kerak
(T6). MЛ10 olovbardosh qotishma bo'lib, 300
0
C harorat
atrofidagi sharoitda
ishlaydigan buyumlar tayyorlanadi. Bunday qotishma gomogenlangandan keyin
593
0
C ga qizdirib toblanadi va so'ngra 200
0
C qizdirib (12. . .16 soat) sun'iy
eskirtiraladi (T6).
MЛ12 yaxshi mexanik xususiyatlarga ega bo'lish
bilan birgalikda yaxshi
korroziyabardosh va qo'shish xususiyatlariga egadir. Termik ishlash (T6) natijasida
uning xossalarini yanada oshirish mumkin. Quyma magniy qotishmaning
donachalari qancha mayda bo'lsa, mexanik xossalari yaxshi bo'ladi. Masalan,
alyuminiyli qotishmaning donachalarini maydalash uchun o'ta qizdirish zarur yoki
1%
gacha mel, ayrim holda magnezit qo'shib legirlash kerak. Bunda suyuqlikda
erishi qiyin bo'lgan,
qattiq eritmaning
kristallanish
uchun tayyor markaz ro’lini
bajaruvchi zarrachalar (Al
3
Fe, Al
4
C
3
) hosil bo'ladi.
Magniy qotishmalarini
eritishda va quymalar olishda qotishma yonib ketmasligi
uchun zarur choralar ko'rish kerak. Buning
uchun qotishma temir qozon
(tigel)
da
eritilib, eritma flyus (ko'pik) ostida bo'lishi kerak, quyish vaqtida esa oqib
tushayotgan suyuqlik ustiga
oltingugurt kukuni sepilsa, hosil bo'layotgan
oltingugurt gazi uni yonishdan saqlaydi. Qum tuproqli qoliplarga quyilayotganda
oksidlanishni kamaytirish uchun qum tuproq tarkibiga maxsus qo'shimcha,
masalan alyuminiyning ftorli tuzi qo'shiladi.
Dostları ilə paylaş: