texnologik xususiyatlari (quyish xususiyatlari, kesib ishlanish xossalari) va
mustahkamligi yaxshi emas. Shu kamchiliklarni yo'qotish
va misning maxsus
xossalarini hosil qilish maqsadida mis,
rux, qalay, qo'rg'oshin
va shunga o'xshash
boshqa elementlar bilan
legirlanadi
. Mis qotishmalaridan eng muhimi
latun
va
bronzalardir
. Ayniqsa, tompak latunlari va
maxsus bronzalar- melxiorlar,
reyzilberlar, kuniallar, kopellar muhim ahamiyatga ega. Latun va bronzalar
korroziyabardoshligi yuqori bo'lgan mashina vositalari hamda ishqalanish juftlarini
tayyorlashda muhim mashinasozlik materiali hisoblanadi.
Toza mis va o’zga qo’shimchalarning ta’siri
. Misning
suyuqlanish harorati
1083
0
C ga teng. Uning kristall katakchasi yoqlari markazlashgan kub shakliga ega
bo'lib, uning yoqlari o'lchami 0,36074 nm ni tashkil qiladi. Mis og'ir metall bo'lib,
zichligi 8,94 g/sm
3
ga teng. Misning elektr o'tkazuvchanligi 100% (solishtirma
namuna) deb qabul qilinib, bu qiymat boshqa metallar uchun etalon hisoblanadi.
Toza mis tarkibidagi qo'shimchalarning miqdoriga qarab, mis MOO (99,99%Cu),
MЛ(99,95% Cu), M0 (99,9% Cu), M2 (99,7% Cu), M3(99,5%Cui) va M4
(99,0%Cu)
deb
tamg'alanadi
(markalanadi).
Mis
tarkibidagi
o'zga
qo'shimchalarning miqdori misning elektr xossalariga katta ta'sir ko'rsatadi.
Shuning uchun ham qo'shimchalarning miqdori tamg'alash
prinsipining asosini
tashkil qiladi.
Mis va uning asosidagi qotishmalar muhim texnik ahamiyatga ega bo'lgan
materiallardir. Oltingugurtli ruda, mis kolchedani va boshqa rudalar toza misning
tabiiy manbai hisoblanadi. Misning xususiyatlari o'zga tabiiy qo'shimchalarning
turi va miqdoriga bog'liq. Misdagi o'zga qo'shimchalar uning sovuq va issiq holda
deformasiyalanishi va kesib ishlash
xususiyatlarini yaxshilashi, mustahkamligini
oshirib, korroziyaga qarshiligini kamaytirish mumkin.
Inson yaratgan birinchi metall qotishma. Bronza, jez va asosiy legirlovchi
elementlar nikel bolgan misnikel qotishmalari Mis qotishmalari jumlasiga kiradi.
Mis qotishmalari quyma, deformatsiyalanadigan va kukunsimon xillarga bo’linadi.
Quyma Mis qotishmalari
suyuqlanganda oquvchan boladi, qotganda uncha
kirishmaydi. Deformatsiyalanadigan Mis qotishmalari issiqlayin yoki sovuqlayin
bosim bilan yaxshi ishlanadi. Kukunsimon
Mis qotishmalari kukunsimon
materillar jumlasiga kiradi. Mis qotishmalari antifriksion, issiqbardosh,
konstruksion, korroziyabardosh, prujinabop va elektrotexnika
materiallari sifatida
keng qollanadi. Bular asbobsozlik, mashinasozlik, aviatsiya va kemasozlikda, suv-
bug armaturasi, badiiy buyumlar, idishtovoklar
yasash va boshqa sohalarda
ishlatiladi.
O'zga qo'shimchalarning mis xossalariga ta'sirini hisobga olgan holda ikki sinfga
ajratish mumkin: