Kompozitsion materiallar tabiatda ham uchraydi. Masalan, daraxt mustahkam va qayishqoq selluloza tolalaridan tashkil topgan, ular esa ligin deb nomlanadigan yumshoq muhit bilan birlashtirib bog‘lab turiladi. Suyaklar ham mustahkam, lekin deyarli yumshoq gollagen va qattiq mo‘rt mineral moddadan tashkil topgan kompozitlardir.
Demak, yuqorida ta’kidlangandek kompozit deb tabiiy usulda emas, balki sun’iy yaratilgan material tushuniladi. Undan tashqari, kompozitdagi alohida fazalar aniq ajralib turgan fazalararo qatlam bilan chegaralangan mutlaqo har xil materiallardir. Shunday qilib, ko‘pchilik metal qotishmalar va keramika bu ta’rifga taalluqli emas, chunki ulardagi ko‘p fazali struktura tabiiy holda hosil bo‘ladi.
Olimlar va muhandislarni kompozitlarni yaratishdagi harakatlari metall, keramika va polimerlarni sun’iy ravishda birlashtirib, ekstra ordinar xossali yangi avlod materiallarini yaratishga qaratilgan.
Aksariyat hollarda kompozitlarni olishdan maqsad asosiy mexanik xossalarni mujassamligini – xona va yuqori haroratlarda bikirlik, zarbiy qovushqoqlik, mustahkamlikni yaxshilash.
Har qanday konstruksiyaning ishonchliligi uni tashkil etuvchi detallar materiallarning to‘satdan ishdan chiqishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati bilan aniqlanadi.
Materiallarning to‘satdan ishdan chiqishga qarshilik ko‘rsatishi uning ichki qismida darzlarning rivojlanishi, ya’ni o‘sib borishi ishi bilan tavsiflanadi. Darzlarning o‘sib borishi ishi qiymati kichik bo‘lganda mo‘rt emirilish sodir bo‘lib, uning natijasida detallarning to‘satdan ishdan chiqishi yuzaga keladi. Bunday hollarda materialning murt holatga o‘tish harorati eng muhim tavsifnomasi hisoblanadi.
Materialning uzoq vaqt chidamliligi buyumning yeyilish, toliqish va yemirilish (korroziya) sharoitlarida ishlash ish qobiliyati bilan aniqlanadi. Bunday sharoitlarda ishlaydigan detallarning materiallaridagi shikastlanishlar ulardan oydalanish davrida detallarda sekin-asta nuqsonlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Detallarning sirtini puxtalash samaradorligi material oquvchanlik chegarasi (mustaxkamlik)ni oshirish, hamda turli haroratlarda plastik deformatsiyaga qarshilik ko‘rsatish, plastiklik, qovushqoqlik va darzlar bo‘lgan hollarda ham ularga bardoshli bo‘li uzoq ishlashni ta’minlash kabilarni o‘z ichiga olgan kompleks xossalari bilan aniqlanadi.
Bir vaqtning o‘zida materialning mustaxkamligini, plastikligini va qovushqoqligini oshirish murakkab masala bo‘lib, ko‘pgina hollarda keltirilgan xossalarni oshirish natijasida materialning mo‘rtlashuvi sodir bo‘lishi mumkin.