Mashinasozlik materiallari


-rasm. Material oquvchanlik chegara (ϭ



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə9/11
tarix20.10.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#158204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Engineering materials - lecture 10 (3)

10.5-rasm. Material oquvchanlik chegara (ϭoq) va qovushqoqliklari (Kis) ning turli xildagi puxtalash mexanizmlarida o’zgarishi: a-deformatsion puxtalash; b-qattiq eritmali puxtalash; v - dispersion puxtalash; g – substrukturali puxtalash.
10.5-rasmda qotishmalarning puxtalashning turli xildagi mexanizmlarning oquvchanlik chegarasi oq), va shikastlanish qovushqoqligiga (K1s) ta’siri sxemalari keltirilgan. Bunda (ϭT) puxtalash kriteriysini va K1s esa murtlashuvda shikastlanishga moyillikli tavsiflaydi.
Puxtalash usullarini yoki ularning kombinatsiyalarini tanlash uchun yuqori darajadagi mustaxkamlikni olish metodlari: deformatsion qattiq eritmali, donalar chegarasida, dipersion vash u kabi puxtalash usullarining fizik asoslarini bilish zarur bo’ladi.
Zamonaviy mashinasozlik materiallarini ishlab chiqarishda ajoyib xossalarga ega bo‘lgan polimer kompozit materiallarga bo‘lgan e’tibor kundan-kunga ortib bormoqda. Jumladan 2016-yilda dunyo miqyosida polimer kompozit materiallar ishlab chiqarish hajmi 12 mln. Tonnadan oshib ketdi. Polimer kompozit materiallar ishlatilish sohalari kengayib bormoqda. Bugungi kunda o‘ta puxta bo‘lgan materiallar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan va ular asosida puxta va pishiq materiallar olinmoqda. Avtomobilsozlik, kemasozlik, radiotexnika, qishloq xo‘jaligi mashinalari, samolyotsozlik va kosmonavtika texnikalarining 20–60 % ehtiyot qismlari aynan polimer kompozit materiallardir.
Polimer kompozit materiallarning juda ko‘p turlari mavjud. Jumladan, plastmassalar, metall plastiklar va boshqalar. Plastmassalar asosan polimerlardan olinib, ularning og‘irligi metallarga nisbatan 4–8-marta kam, pishiq va puxta, korroziya (chirish)ga barqaror, olinish usuli oson va xomashyo resursiga boydir. Plastmassalarning pishiqligi, puxtaligi va tannarxini arzonlashtirish maqsadida turli xil to‘ldiruvchilardan foydalaniladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin