Mashinasozlik materiallari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə6/11
tarix20.10.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#158204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Engineering materials - lecture 10 (3)

Organik voloknitlar-polimer bog‘lovchi, sintetik tolali maxkamlovchidan iborat kompozitsiyalardir. Lavsan, kapron, nitron kabi elastik tolalar maxkamlovchi xizmatini o‘taydi. Poliimidlar, epoksid va fenol-formaldegid smoladar bog‘lovchi xizmatini o‘taydi.
Organik voloknitlarning zichligi kam, solishtirma mustahkamligi nisbatan katta, zarbiy qovushqoqligi yuqori. Organik voloknitlar aviatsiya texnikasida, elektr sanoatida, ximiya mashinasozligida ishlatiladi.

10.3-rasm. Kompozitsion materiallarning sxematik tuzilishi

Tolalar bilan armirovka qilingan metallar-metall matritsali tolalar ko‘rinishidagi mustahkamlovchili kompozitsion materiallardir. Bor, uglerod tolalari, qiyin suyuqlanadigan birikmalarning ipsimon kristallari, volfram yoki po‘lat simlar maxkamlovchi xizmatini o‘taydi. Matritsa materiali kompozitsion materialning vazifasini (korroziyaga chidamliligi, oksidlanishga ko‘rsatadigan qarshiligi) xisobga olgan holda tanlanadi. Matritsa sifatida engil va plastik metallar (alyuminiy, magniy) va ularning qotishmalaridan foydalaniladi. Hajm bo‘yicha mustahkamlovchilar miqdori 3-50% ni tashkil etadi. Tolalar bilan armirovka qilingan metallar aviatsiya va raketa texnikasida ishlatiladi.
Geometrik ko‘rsatkichlariga qarab tashkil etuvchilar xar xil bo‘ladi. Butun xajm bo‘yicha uzluksiz-to‘xtovsiz tarqalgan komponent-matritsa deyiladi. Uzlukli, bo‘lak-bo‘lakli materiallar sinchlovchi yoki puxtalovchi tashkil etuvchilar deb ataladi.
Kompozitsion materiallardan foydalanish qator hollarda detallar tayyorlashning yangi usullarini yaratish hamda mashina detal va uzellarini konstruktsiyalash printsipini o‘zgartirishni talab qiladi.
Disperss puxtalangan kompozitlar va ularnig ishlatilishi.
Disperss mustaxkamlangan kompozitsion materiallar. Materiallarning yuqori darajada mustaxkamligi ularning plastiklik va qovushqoqlik xossalari bilan bir qatorda mashinalar, mexanizmlar va barcha turdagi metall konstruksiyalar detallarining ishonchliligi va uzoq muddati ishlashi asosi hisoblanadi.
Materiallarning konstruktiv mustahkamligi ularning ishonchliligi va uzoq muddat ishlashi kabi xususiyatlari bilan baholanadi. Konstruktiv mustaxkamlik deganda materiallarning qo‘llanilish sharoitlariga bog‘liq bo‘lmagan barcha umumiy xossalarini o‘z ichiga oluvchi kompleks fizik - mexanik tavsifnomalari tushuniladi. Bunday fizik-mexanik tavsifnomalarga materialning o‘zining mustaxkamligi, mustaxkamlik chegarasi (ϭv), oquvchanlik chegarasi (ϭoq), plastikligi (δ%, ψ%), qattiqligi (HRA, HRC), hamda ishonchliligini va uzoq muddat chidamliligi kabi xossalari kiradi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin