Tekshirish uchun savollar 1. Mashinasozlikdagi ishlab chiqarish jarayoni ta`rifini ayting.
2. Ish joyi ta`rifini ayting.
3. Ishchi yurish ni ta`riflang
4. Texnologik operatsiya deb nimaga aytiladi?
5. O’rnatish deb nimaga aytiladi?
6. Bir o`rinli operatsiya sxemasini ko`rsating
7. Ko`p o`rinli operatsiya sxemasini ko`rsating
6 - M A ‘ R U Z A Mavzu: Mashinasozlikda aniqlik Mazu rejasi: 1. Aniqlik tushunchasi;
2. Aniqlikka erishish usullari:
A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usuli (sinov qirindisi olish va o’lchash);
B. Aniqlikka avtomatik erishish usuli;
3. Aniqlikka ta’sir etuvchi asosiy faktorlar.
Tanavor yoki detalning aniqligi deb, ularning haqiqiy o’lchamlarini ishchi chizmadagi, nusxasidagi yoki etalonidagi o’lchamlariga mos kelish darajasiga aytiladi.
Mexanik ishlov berish natijasida turli omillar ta’siridan turlicha noaniqliklar va shakl xatoliklari kelib chiqadi. Masalan, bunday shakl xatoliklarni silindrik val tipidagi detallarda ko’rishimiz mumkin, silindrik sirtda bo’ylama kesimi yo’nalishi bo’yicha bochkasimon, egarsimon va konussimon shakl xatoliklari va ko’ndalang kesimi bo’yicha ovalsimon hamda ko’pqirralik shakl xatoliklari bo’ladi.
2. Aniqlikka erishish usullari Aniqlikka erishishning asosan ikkita usuli mavjud:
A. «Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash» yoki («Sinov qirindisi olish va o’lchash») usuli.
B. «Aniqlikka avtomatik erishish» usuli.
A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usuli Bu usulning mohiyati shundan iboratki, dastgohda o’rnatilgan tanavor ishlanuvchi yuzasiga keskich asbob yaqin keltiriladi va boshlanish uchastkasidan qisqa masofada sinov qirindi olinib keskich oldingi holatiga surib qo’yiladi, so’ngra esa dastgoh to’xtatiladi. Ishlangan sirt o’lchagich asbob bilan o’lchab ko’riladi, chizmadagi o’lchamdan chetga chiqishi aniqlanib, keskich asbobning holatiga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish dastgoh limbi bo’yicha hisoblanib, amalga oshiriladi. Кeyin esa yana, tanavorning shu uchastkasiga ishlov berilib sinov qirindisi olinadi va o’lchanadi va bu aniq o’lchamga erishguncha davom ettiriladi. Undan keyin tanavorga butun uzunligi bo’yicha ishlov beriladi." Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o’lchash" usulida keskichni tanavorga nisbatan to’g’ri holati o’rnatiladi va talab etilgan o’lcham aniqligi ta’minlanadi. Navbatdagi tanavorga ishlov berishda bu uslubni qo’llash yana takrorlanadi.
«Aniqlikka еrishguncha ishlov berish va о’lchash» usuli quyidagi afzalliklarga еga:
-noaniq dastgohlarda aniq ishlov berishga еrishiladi; tanavorga noaniq dasgohda ishlov berilganda, yuqori malakali ishchi bu usul yordamida tanavor xatoligini aniqlashi va yо’qotishi mumkin;
-mayda tanavorlar partiyasiga ishlov berganda, ushlanuvchi о’lchamlarning aniqligiga keskich asbob eyilishining ta’sirini yо’qotadi; bu usul bilan asbob holatini aniqlab, asbob eyilishiga bog’liq bо’lgan talab asosida kerakli tuzatishlar kiritiladi;
-noaniq tanavorlarda qо’yimlarni tо’g’ri taqsimlashga еrishiladi va ishga yaroqsizlik poydo bо’lishining oldi olinadi;
-kichik о’lchamga еga bо’lgan tanavordan bichish (razmetkalash) natijasida ishga yaroqli bо’lgan detal olish mumkin;
-ishchini, murakkab va qimmat baho moslama ishlatish (konduktor-moslamalarga о’xshash) aylanuvchi va bо’luvchi moslamalar va boshqalardan ozod qilinadi;
Teshik markazlari va ishlanuvchi yuzalarning о’zaro joylashuvi bichish asosida aniqlanadi.
Shuning bilan bir qatorda bu usul quyidagi jiddiy kamchiliklarga еga:
-ishlov berishda erishilgan aniqlik, kesib tushiriluvchi qirindining minimal qalinligiga bog’liqdir;
-etkazib charxlangan keskich bilan tokarlik ishlovi berishda qirindi qalinligi 0,005 mm dan kam emas, oddiy charxlangan keskich bilan ishlov berilganda bu miqdor 0,02 mm ni tashkil еtadi (keskich bir-oz о’tmaslashganda еsa bu miqdor hatto 0,05 mm gacha etadi);
-aniqki, bu usul bilan ishlanganda, ishchi tanavor о’lchamiga qirindi qalinligidan kamroq miqdorda о’zgartish kirita olmaydi, shuningdenk bu qalinlikdan kichikroq bо’lgan о’lcham xatoligi olish kafolatini bera olmaydi;
-ishchining aybi bilan ishga yaroqsiz detal paydo bо’lishi, ishlov berishda еrishiluvchi aniqlik ma’lum darajada ishchining diqqat-е’tiboriga ham bog’liq bо’ladi;
-mehnat unumdorligining past bо’lishi, ya’ni bu usul qо’llanganda kо’p vaqt sarflanadi;
-bu usulda ishlanganda detallarning tannarxi yuqori еkanligi; bu еsa о’z navbatida yuqori malakali ishchilar ishlab, yuqori ish haqqi tо’lanishini talab qiluvchi omillarga bog’liqligi natijasidir.
Yuqorida kо’rsatilgan kamchiliklarga kо’ra bu usul, kо’proq buyumlarni yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda keng qо’llaniladi, shuningdek, tajribali ishlab chiqarishda hamda ta’mirlash va asbobsozlik sexlarida ham qо’llaniladi.
Asosan bu usul og’ir mashinasozlikda kengroq qо’llaniladi.