O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI BITIRUV MALAKAVIY ISHI
KIRISH
Bugungi kunda dronlar butun dunyoni zabt etib bo’ldi va deyarli hamma sohaga kirib bordi – geostrukturalarni o’rganish, video va fotosuratlar, harbiy sohada, yetkazib berish xizmatlarida, qidiruv ishlarida va boshqalar. 2022-yil yanvarda Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi tasarrufida Uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etilib, unda xalqaro texnik talab va standartlarga toʻliq javob beradigan “LOCHIN” nomli uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Taʼkidlash oʻrinliki, ikki hil maqsadda foydalanishga moʻljallangan mazkur milliy loyiha Markaziy Osiyoda ilk bor Oʻzbekistonda oʻzlashtirildi va yoʻlga qoʻyildi. Markaz uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ishlab chiqarish, yigʻish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun zarur yigʻuv jamlanmalari, texnologik va maxsus uskunalar, tekshirish (test laboratoriya) moslamalari kabi texnologik jihozlar bilan toʻliq taʼminlandgan.
Ramka: bu dronning asosiy tuzilishi va boshqa barcha komponentlarni bir-biriga bog‘lab turadi. Ramka uglerod tolasi, plastmassa yoki metall kabi turli xil materiallardan tayyorlanishi mumkin.
Masofadan boshqarish pulti uchuvchiga dronni boshqarish imkoniyatini beradi. Unda dron balandligi, yo‘nalishi va tezligini o‘zgartirish imkonini beruvchi joystiklar, tugmalar va boshqa boshqaruv elementlari mavjud.
Bular asosiy komponentlardir, ammo dronning o‘ziga xos modeli va maqsadiga qarab, kamera, giroskop, akselerometr, GPS modullari va boshqalar kabi boshqa komponentlar ham bo‘lishi mumkin.