MO‘ asosida ta'lim berish uchun o‘qish istagida bo‘lgan aholining muayyan qismini ta'lim muassasasi joylashgan yerga yig‘ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o‘quvchi tomonidan ortiqcha sarf - xarajat qilish zarurati bo‘lmaydi. Uchinchidan, bu ta'lim turiga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin. MO‘ ga jalb qilinuvchi kontingentni quyidagi ijtimoiy guruhlarga mansub bo‘lgan shaxslar tashkil qilishi mumkin:
ikkinchi oliy yoki qo‘shimcha ma'lumot olish, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o‘tash istagida bo‘lganlar;
O‘zbekiston sharoitida MO‘ni tashkil qilish katta samara beradi. Hozirgi davrda ta'limning bu turidan keng miqyosda foydalanish lozim.
Masofaviy ta'lim modellari
Masofaviy ta'lim (MT) - bu o‘qituvchi va o‘quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, axborot texnologiyalaridan foydalanilgan ta'lim turi.
Bu ta'lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta'lim tashkil qilinishiga sabab bo‘lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan hududlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta'lim uchun mutaxassislar mavjudligi, ta'lim sohasida axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi, mamlakatning ta'lim sohasidagi odatlari.