SEMINAR Bajarilgan topshiriqni bir necha kriteriy asosida ko’rib, chiqib baholashda foydalaniladi. FORUM Biror mavzu yoki savol yuzasidan munozaralar yuritish, yangilikdan xabardor qilish, savol-javob uchun foydalaniladi SO‘ROV Ovoz berish yoki tinglovchilar fikrlarini bilishda qo’llaniladi ANKETA Savollar orqali analiz qilish va natijani diagramma shaklini namoyon etishda foydalaniladi. CHAT Tinglovchilar va o’qituvchilar orasida real vaqtda muloqot qilishni ta’minlaydi. Chat sessiyasi saqlanib, keyinchalik ko’rib chiqilishi mumkin.
Masofadan o‘qitish tizimi
Ta'lim tizimida masofadan o‘qitish uslubi shakllari qo‘llanilmoqda. Masofadan o‘qitish uslubi bu sirtqi o‘qishning yangi shaklidir. Masofadan o‘qitish bu mustaqil o‘qishdir. Mustaqil o‘qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Masofadan o‘qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda kеng tarqalgan. Ko‘pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tеjamoqdalar.
Masofadan o‘qitish tizimi
Masofadan o‘qitishning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish muddatini o‘quvchi o‘zi bеlgilaydi, ya'ni talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, matеriallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlarni, tеstlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O‘quvchi bеrilgan kursni qanchalik tеz o‘zlashtirsa, shunchalik tеz o‘qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Kursni o‘zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat bеriladi.
Ushbu uslubning ko‘plab afzallik tomonlari borligi ko‘pchilikka ayon. Barcha oliy o‘quv yurtlarida masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi masofadan o‘qitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o‘qitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi.