Masofaviy ta’lim. Masofaviy ta’lim imkoniyatlari. Moodle tizimi va undan foydalanish. Ommaviy masofaviy ta’lim kurslari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə2/7
tarix06.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#93887
1   2   3   4   5   6   7
Masofaviy ta’lim

Masofaviy o‘qitish elementlari


SEMINAR
Bajarilgan topshiriqni bir necha kriteriy asosida ko’rib, chiqib baholashda foydalaniladi.
FORUM
Biror mavzu yoki savol yuzasidan munozaralar yuritish, yangilikdan xabardor qilish, savol-javob uchun foydalaniladi
SO‘ROV
Ovoz berish yoki tinglovchilar fikrlarini bilishda qo’llaniladi
ANKETA
Savollar orqali analiz qilish va natijani diagramma shaklini namoyon etishda foydalaniladi.
CHAT
Tinglovchilar va o’qituvchilar orasida real vaqtda muloqot qilishni ta’minlaydi. Chat sessiyasi saqlanib, keyinchalik ko’rib chiqilishi mumkin.

Masofadan o‘qitish tizimi

Ta'lim tizimida masofadan o‘qitish uslubi shakllari qo‘llanilmoqda. Masofadan o‘qitish uslubi bu sirtqi o‘qishning yangi shaklidir. Masofadan o‘qitish bu mustaqil o‘qishdir. Mustaqil o‘qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Masofadan o‘qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda kеng tarqalgan. Ko‘pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o‘zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tеjamoqdalar.

Masofadan o‘qitish tizimi

Masofadan o‘qitishning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish muddatini o‘quvchi o‘zi bеlgilaydi, ya'ni talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, matеriallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlarni, tеstlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O‘quvchi bеrilgan kursni qanchalik tеz o‘zlashtirsa, shunchalik tеz o‘qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Kursni o‘zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat bеriladi.

Ushbu uslubning ko‘plab afzallik tomonlari borligi ko‘pchilikka ayon. Barcha oliy o‘quv yurtlarida masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi masofadan o‘qitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o‘qitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin