Masofaviy ta’lim. Masofaviy ta’lim imkoniyatlari. Moodle tizimi va undan foydalanish. Ommaviy masofaviy ta’lim kurslari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/7
tarix06.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#93887
1   2   3   4   5   6   7
Masofaviy ta’lim

Masofadan o‘qitish tizimi

MO‘ asosida ta'lim berish uchun o‘qish istagida bo‘lgan aholining muayyan qismini ta'lim muassasasi joylashgan yerga yig‘ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o‘quvchi tomonidan ortiqcha sarf - xarajat qilish zarurati bo‘lmaydi. Uchinchidan, bu ta'lim turiga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin. MO‘ ga jalb qilinuvchi kontingentni quyidagi ijtimoiy guruhlarga mansub bo‘lgan shaxslar tashkil qilishi mumkin:

  • ikkinchi oliy yoki qo‘shimcha ma'lumot olish, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o‘tash istagida bo‘lganlar;
  • mintaqaviy hokimiyat va boshqaruv rahbarlari ;
  • an'anaviy ta'lim tizimining imkoniyatlari cheklanganligi sababli ma'lumot olaolmagan yoshlar;
  • o‘z ma'lumot maqomini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish istagida bo‘lgan firma va korxonalar xodimlari;
  • ikkinchi parallel ma'lumot olishni xohlagan tinglovchilar;
  • markazdan uzoqda, kam o‘zlashtirilgan mintaqalar aholisi;
  • erkin ko‘chib yurishi cheklangan shaxslar;
  • jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar;
  • harbiy xizmatda bo‘lgan shaxslar va boshqalar.
  • O‘zbekiston sharoitida MO‘ni tashkil qilish katta samara beradi. Hozirgi davrda ta'limning bu turidan keng miqyosda foydalanish lozim.

Masofaviy ta'lim modellari

Masofaviy ta'lim (MT) - bu o‘qituvchi va o‘quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, axborot texnologiyalaridan foydalanilgan ta'lim turi.

Bu ta'lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta'lim tashkil qilinishiga sabab bo‘lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan hududlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta'lim uchun mutaxassislar mavjudligi, ta'lim sohasida axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi, mamlakatning ta'lim sohasidagi odatlari.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin