Masofaviy ta’lim. Masofaviy ta’lim imkoniyatlari. Moodle tizimi va undan foydalanish. Ommaviy masofaviy ta’lim kurslari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə4/7
tarix06.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#93887
1   2   3   4   5   6   7
Masofaviy ta’lim

Masofaviy ta'lim modellari

Birlamchi model. Ushbu model faqat masofaviy o‘quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual o‘qituvchiga biriktirilgan bo‘lishadi. Konsultatsiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa regional bo‘limlar bo‘lishi shart. Shunday o‘quv kurslarda o‘qituvchi va o‘quvchilarga o‘quv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar beriladi. Bu modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetidagi (http://www.ou.uk) ta'limni olish mumkin.

Masofaviy ta'lim modellari

Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim o‘quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruhda bir xil o‘quv dasturi va darslar jadvali, imtihonlar va ularni baxolash mezonlari mavjud. Shunday o‘quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga qaraganda ko‘p. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yo‘nalishlarni izlanishlarida qo‘llaniladi.

Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta'limni olish mumkin.

Masofaviy ta'lim modellari

Aralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim turlarini integratsiyalashtirish uchun yaratiladi. O‘quvchilar o‘quv kursning bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa masofadan o‘qiydi. Shu bilan birga bu ta'lim turiga virtual seminar, prezentatsiyalar (taqdimotlar) va ma’ruzalar o‘tkazish ham kiradi.

Bu modelga misol qilib Yangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi (http://www.massey.ac.nz) ta'limni olish mumkin.

Masofaviy ta'lim modellari

Konsorsium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashini talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o‘quv kurslarni tashkil qilib ishini ta'minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiqlab, kurslarga o‘quvchilarni ta'minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas, balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet o‘rnida ta'lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o‘quv kurslarni doimiy ravishda nazorat qilish va muallif huquqlarini tekshirish zarur bo‘ladi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin