Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish


uzunlikka, kenglikka, balandlikka ega ekanligi ko'rsatiladi



Yüklə 484,96 Kb.
səhifə126/146
tarix20.05.2023
ölçüsü484,96 Kb.
#118253
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   146
ww

uzunlikka, kenglikka, balandlikka ega ekanligi ko'rsatiladi.
170 Maklabgacha yoshdagi bolalar uchun matematikaga oid ta’lim tarbiya mazmunining asosini nimalar tashkil etadi
Bolalarni maktabda о‘qitishning samaradorligini kо‘p jixatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog‘liq bо‘ladi. Maktabda о‘qishga tayyorgarlik – maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga qо‘yadigan talablar orqali aniqlanadi. Bu talabalarning о‘ziga xos tomoni о‘quvchining yangi ijtimoiy psixologik о‘rni, u bajarishga tayyorlangan bо‘lishi lozim. 6-7 yoshli bolalar о‘zini idora qilish va о‘z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bо‘la boshlaydi. Bu yoshdagi о‘g‘il bolalarda mustaqil faoliyat kо‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bо‘yi 120 sm ga yetadi, og‘irligi 22-24 kg bо‘ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bо‘ladi, о‘z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shakllana boradi. Maktabga kirish bola xayotidagi odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan munosabat tizimining о‘zgarishiga alokador muxim davrdir. Bola xayotida birinchi bor markaziy о‘rinni ijtimoiy axamiyatga ega bо‘lgan о‘quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bо‘lgan erkin о‘yin faoliyatidan farkli ularok, endi ta’lim majburiy bо‘ladi va birinchi sinf о‘quvchisidan 4 ta jiddiy munosabat talab kilinadi. Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik xayot jarayonini qayta quradi: kun tartibi о‘zgaradi, erkin о‘yinlar vaqti qisqaradi. Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi va intizomlilikka talablar jiddiy ravishda ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalikka nisbatan о‘quvchining о‘z xatti-xarakati, majburiyatlarini bajarishga shaxsiy ma’suliyati ancha-muncha ortadi. Yetakchi mutaxassislarning fikriga kо‘ra «Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yо‘nalishlarini о‘z ichiga oladi: Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog‘lomligi, xarakat kо‘nikmalari va sifati, qо‘l mushaklari va kо‘rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izoxlanadi. Shaxsiy tayyorligi, atrof-muxitga, kattalarga, tengdoshlariga, usimliklar dunyosiga, tabiiy xodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligini nazarda tutadi. Aqliy tayyorgarlik bola obrazli va mantikiy fikrlashi, tasavvurning, odamiylikning, bilimga qiziqishning, mustaqilligining, о‘zini-о‘zi nazorat qilishga, xamda о‘quv faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni о‘z ichiga oladi. Bolaning maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va nutkni qanchalik rivojlanganligiga kо‘prok bog‘liq bо‘ladi. Chunki butun о‘quv faoliyati shularga, ya’ni nutqiy mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil fikrlashi, til rivojlanganligi yutuqlarida erkin foydalana olishi, xikoya qilish, muloxaza yuritish, о‘z tasavvurini izoxlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga quriladi. Shuningdek, bolaning maktabda ta’lim olishi uchun amaliy aqliy rivoji ya’ni, uning namunani chizish, aytib turiladigan bayoniy topshirikni bajarishi xam muxim sanaladi. Va nixoyat, maxsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka о‘rgatish va uning maktabning 1 sinf о‘quv dastur materialini yetarli darajada egallash xaqidagi tushunchasini shakllantirishni nazarda tutadi.Bolalarni maktabga tayyorlash, birinchidan maktabgacha ta’limda tarbiyaviy ishni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni umumiy, xar tomonlama rivojlantirishning yuqori darajasini ta’minlaydigan, ikkinchidan bolalarni maktabning boshlang‘ich sinflarida о‘zlashtirishlari lozim bо‘lgan о‘quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta’minlaydigan qilib tashkil etilishini nazarda tutadi. Shunga ko’ra zamonaviy psixologik-pedagogik adabiyotda (A.V.Zaparojets, A.A.Venger, G.M.Lyamina, G.G.Petrogenko, J.V.Taruntayeva va boshkalar) tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsining rivojlantirish sifatida aniqlanadi va ikkita о‘zaro boglangan jixatlarda: «Maktabga о‘qishga umumiy psixologik tayyorgarlik» va «Maxsus tayyorgarlik» tarzida kо‘rib chiqiladi.

Yüklə 484,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin