Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida m
Guruh bilan ishlashning maqsadi talabalarning bilimini oshirishdir. Uslubni qo'llash natijasida talabalar tomonidan:
birgalikda ishlash shakllanadi;
nutq so'zlash va o'z fikrini asoslab berishga, himoyalanishga o'rganadi;
mustaqil fikrlash va muammolarni yechishga ishtiyoq shakllanadi;
o'rganishga, ishlashga ko'nikma hosil bo'Iadi.
Kichik guruhlarga bo'lib o'tilgan darsda o'qituvchi yagona axborot beruvchi, taqriz qiluvchi, baholovchi shaxs sifatida markazda turmaydi. U mavzuni o'rgatuvchidan darsni tayyorlovchi va tashkil etuvchiga aylanadi. Kichik guruhlarda berilgan topshiriq1 bo'yicha mavzuni inten- siv o'rganishga to'g'ri keladi. Qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlash, ularni chuqur o'zlashtirishga harakat qilish natijasida olingan bilimni uzoq muddat yodda qolishiga erishiladi.
Juftlik yoki kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishning muvaffaqi- yatli bo'lishi ko'p jihatdan unga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga bog'liq.
Kichik guruhlarda ishlash faqat qo'yilgan topshiriqni emas, balki uning natijasini muhokama qilishni ham o'z ichiga oladi. Bunda doskadan, texnik vositalardan foydalanish mumkin.
Kichik guruhda ishlashning ahamiyatli jihati kichik guruh, oxir-oqibat umuman butun guruhning ishini unumli bo'lishini ta’minlashdir. Buning uchun o'qituvchi awaldan hamma dars jarayonini rejalashtirishi kerak.