Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


II BOB. BOLALARNING ILK MATEMATIK TUSHUNCHALARINI RIVOJLANTIRISHDA MTT VA MAKTAB O'RTASIDAGI HAMKORLIK



Yüklə 226,62 Kb.
səhifə5/10
tarix07.01.2024
ölçüsü226,62 Kb.
#204233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiya

II BOB. BOLALARNING ILK MATEMATIK TUSHUNCHALARINI RIVOJLANTIRISHDA MTT VA MAKTAB O'RTASIDAGI HAMKORLIK
2.1. MTT bilan maktab o’rtasidagi aloqa shakllari
Bog’cha va maktab o’rtasidagi aloqa ikki yo’nalishda olib boriladi:
Bolalar bog’chasi bilan maktabning pedagoglar jamoasi o’rtasidagi aloqa.
Bog’cha bolalari va boshlang’ich sinf o’quvchilarini bir-birlariga yaqinlashtirish.
Tarbiyachilar boshlang’ich sinfda olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, o’ziga xos tomonlari bilan tanishadilar, natijada bog’chada bolani maktab talabi darajasida tayyorlash istiqbollari belgilab olinadi.
Maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari katta va tayyorlov guruhlarida olib boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishib boradilar va maktabda ta’lim berishda bolalar egallagan bilim, malaka va ko’nikmalarga asoslanadilar.
Bolalar bog’chasi bilan maktab pedagoglarining o’zaro aloqa o’rnatishlaridan ko’zlangan asosiy maqsad bolalarni zamon talabiga javob beradigan darajada maktab ta’limiga tayyorlash uchun o’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha maktab bilan bog’cha o’rtasida mustahkam aloqa o’rnatish, bolalarning maktabda muvaffaqiyatli o’qib ketishlari uchun bolalar bog’chasi va maktabda olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni chuqur tahlil -qilib, bu sohada yuqori natijalarga erishishdir.
Bolalar bog’chasi bilan maktab o’rtasidagi aloqaning mazmuni va shakllari yuqoridagi vazifalarga qarab belgilanadi.4
Bolalar bog’chasi bilan maktab pedagogik tashviqot, metodik va amaliy masalalar yuzesidan bir-biri bilan aloqa bog’laydi. Pedagogik tashviqot ishlari bolalar bog’chasi maktabga tayyo|rlov guruhi tarbiyachisining va birinchi sinf o’qituvchisini bog’chaning maktabga tayyorlov guruhida va birinchi sinfda olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar vazifasi bilan tanishtirishni, maktabga tayyorlov guruhi va 1 sinf dasturi mazmunini, tayyorlov guruhi bolalari va maktabdagi 1 sinf o’quvchilarining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishni taqozo etadi. Mana shunday usulda ish olib borilganda o’qituvchi va tarbiyachilar maktabni 1 sinf va bog’chani tayyorlov guruhidagi bolalgrga xos bo’lgan yosh xususiyatlarini, ularning ruhiy tabiatini, aqliy va ijtimoiy rivojlanishlarini tushunib, ularni maktabga tayyorlov masalalarini yaxshiroq anglab olishlarida yordam beradi.
Bu maqsadni amalga oshirishda bog’cha bilan maktab o’rtasida quyidagicha konkret aloqa shakllari o’rnatiladi: o’qituvchi va tarbiyachilar bolalarni maktabga tayyorlash va uzviylik masalalari bo’yicha, bolalarni maktabga tayyorlash masalasi bo’yicha birgalikda o’tkaziladigan tadbirlarning mosligini muhokama qilish uchun seminar, pedagogik kengashlarda qatnashish, shuningdek bolalarning yosh xususiyatlarini, ularning bog’chadan maktabga o’tishlaridagi ruhiy qiyinchiliklar, maktab sharoitiga qiynalmay moslashishlaripa yordam beruvchi omillar bo’yicha tarbiyachi va o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan leksiyalar orqali tajriba almashuv va boshqalar kiradi.
Bolalar bog’chasi bilan maktab o’rtasidagi uzviy aloqa-ning pedagogik vazifasi bog’chaning tayyorlov guruhida va maktabning 1 sinfida olib boriladgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishdagi faoliyat shakllari va usullari bilan o’zaro tanishishni taqozo etadi.
Bu masalada bog’chaning tayyorlov guruhi tarbiyachilari maktabning 1 sinfida olib borilayotgan darslarni kuzatadilar va dars, mashg’ulotlardan keyin birgalikda yig’ilishib uni muhokama qiladilar, ayrim metodikalar bo’yicha seminar—praktikumlarda qatnashadilar: ilg’or tajribalar bilan o’rtoqlashish, bolalarni maktabla tayyorlash bo’yicha yoki 1 sinfda bo-lalarga bilim berish bo’yicha pedagogik kengashlarni o’tkazadilar. Yuqorida keltirilgan hamma ish shakllari va mazmunini amalga oshirishdan asosiy maqsad ilgari surilayotgan masalani har tomonl1ama tahlil qilish, uni hal etishda uchraydigan kamchiliklarni aniqlash, bolalar bog’chasi va maktabda olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish bo’yicha aniq tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdir.
Bolalar bog’chasi bilan maktab o’rtasidagi aloqaning amaliy vazifasi, shundan iboratki, bir tomondan, o’qituvchi bog’chaning tayyorlov guruhiga borib o’zining bo’lajak o’quvchilari bilan tanishib boradi, ikkinchi tomondan tayyorlov guruhi tarbiyachilari o’zlarining sobiq tarbiyalanuvchilari birinchi sinfda qanday o’qiyotganini o’rganib boradilar. Bolalarni maktabga kuzatishda har bir bolaga aniq tavsifnoma beriladi. 5
Bu tavsifnomada tarbiyachi har bir bolaning rivojlanishi-dagi o’ziga xos xususiyatlarni ochib beradi, bu o’qituvchiga bola bilan munosabatda bo’lganda pedagogik nuqtai nazardan to’g’ri yondashishda yordam beradi. Tarbiyachi ham o’z navbatida 1 sinfga borgan bolalari bilan izchil ravishda aloqa bog’lab boradi, darslarda bevosita qatnashib qanday o’qiyotganlari, xulqi, o’qishdagi muvaffaqiyatsizliklgri sababini o’qituvchidan so’rash orqali ham aniqlab boradi. Bular hammasi tarbiyachini bolalar bilan olib borgan ta’lim-tarbiyaviy ishidagi yutuq va kamchiliklarni bilib olishga imkon yaratadi.
Tarbiyachi va o’qituvchilar ilg’or tajribalarni tarqatish, tashviqot, targ’ibot qilish maqsadida shahar, rayon konferensiyalarida qatnashib fikr almashadilar.
Bolalar bog’chasi bilan maktab o’rtasidagi uzviy aloqa samarali bo’lishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim. Bog’cha bilan maktab o’rtasidagi aloqa izchil amalga oshirib borilishi, u uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lishi, amalga oshiriladigan ishlar, hal etiladigan masalalar rejali tusda bo’lishi zarur.
Hamkorlik asosini birgalikda ishlash bo’yicha tuzilgan istiqbol rejasi tashkil etib, unda o’earo aloqaning bosh vazifasi, mazmuni, ish shakllari, vaqti, bajarish uchun javobgar shaxslar ko’rsatilishi lozim.
Maktab bilan bog’cha yil davomida mana shunday aloqa o’rnatib borishi natijasida ta’lim-tarbiyaviy ishlar yaxshi natija beradi.
Bolalarni maktab o’quvchilariga yaqinlashtirish shakllari ham xilma-xil: maktabga ekskursiya uyushtirish, maktab muzeyiga, sinf xonasiga, kutubxona, ustaxonaga borish, birgalikdagi mashg’ulotlar, bayram ertaliklari, musiqiy-badiiy kechalar o’tkazish, rasmlar hamda loy va plastilindan yasalgan o’yinchoqlar ko’rgazmasini tashkil etish va boshqalardir.
Rejalar aniq, mazmunli bo’lsa va og’ishmay amalga oshirib borilsa, birgalikdagi ishlar bo’yicha istalgan natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bu esa bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda, ularning maktabda qiynalmay o’qib ketishlarida yaxshi samaralar beradi.


    1. Yüklə 226,62 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin