Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Natijani baholang. Har bir topshiriq ballar bilan baholanadi



Yüklə 226,62 Kb.
səhifə9/10
tarix07.01.2024
ölçüsü226,62 Kb.
#204233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiya

Natijani baholang. Har bir topshiriq ballar bilan baholanadi:
1 – eng yaxshi baho, 5 – eng yomon baho. Besh ballik tizimda baholashning namunaviy mezonlari rasmlarda ko‘rsatilgan. 1-topshiriq (odam rasmi)
1 ball-chizilgan figurada bosh, gavda va qo‘l-oyoqlar bo‘lishi lozim. Boshni gavdaga bog‘lovchi bo‘yin (u gavdadan katta bo‘lmasligi kerak). Boshda soch bo‘lishi (yoki do‘ppi, telpak), quloq bo‘lishi, yuzda ko‘z, burun, og‘iz bo‘lishi kerak. Qo‘l 5 ta barmoq bilan. Erkak kishi kiyimi belgilari.
2 ball – 1balga qo‘yilgan talablarning barchasi. Uch qismning tushib qolishi mumkin: bo‘yin, soch, qo`lning bitta barmog‘i, biroq yuzdagi hech
bir a’zoning tushib qolishi mumkin emas. 3 ball – rasmdagi figurada bosh, gavda, qo‘l-oyoqlar bo‘lishi kerak. Qo‘l va oyoqlar ikki chiziq
bilan chizilishi lozim. Bo‘yin, quloq, soch, qo‘l panjalari bo‘lmasligi mumkin.
4 ball – oddiy bosh rasmi qo‘l-oyoqlar bilan. Qo‘l va oyoqalar bir chiziq bilan tasvirlangan. 5 ball – gavda va qo‘l-oyoqlarning aniq tasviri yo‘q.
2-topshiriq (yozilgan matnni chizish). 1 ball – bola tomonidan chizilgan iborani chizish mumkin. Harflar namunadagiga nisbatan 2 baravar katta. Harflar uchun so‘zni hosil etgan.Qatorlar to‘g‘ri chiziqdan 300dan ko‘p
og‘magan. 2 ball – gapni o‘qish mumkin. Harflar kattaligi namunaga yaqin, ular tikligi shart emas. 3 ball – harflar kamida ikki guruhga bo‘lingan bo‘lishi lozim. Hech bo‘lmaganda 4 ta harfni o‘qish mumkin. 4 ball – namunaga hech bo‘lmaganda 2 ta harf o‘xshashi kerak. Barcha harflar guruhi hali yozuv ko‘rinishiga ega emas. 5 ball – chiziqlar tasvirlanmagan, tushunarsiz.
3-topshiriq (nuqtalar guruhini chizish). 1 ball-berilgan namunaga qarab aniq bajarilgan. Nuqtalar chizilgan, aylanar emas. Gorizontal va vertikal bo‘yiga simetriya saqlangan.Figuralar qanchalik kichik bo‘lsa ham mayli, biroq katta bo‘lsa yarim barobardan oshmagan bo‘lishi kerak9.
2 ball –simmetriyada unchalik ahamiyatli bo‘lmagan kamchilik bo‘lishi mumkin: bitta nuqta tikkasiga yoki eniga qolganlaridan chiqib qolgan yoki nuqta o‘rniga aylana chizilgan bo‘lishi ham mumkin. 3 ball-nuqtalar guruhi namunaga qo‘pol ravishda o‘xshash. Barcha figuralarda simmetriya buzilgan bo‘lishi mumkin. Beshburchakning o‘xshash, uchi pastga yoki tepaga qaragan shakli saqlangan bo‘lsa. Nuqtalar soni ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin (7 tadan kam emas, 20 tadan ko‘p emas). 4 ball – nuqtalar to‘p bo‘lib joylashgan bo‘lib, ular har qanday geometrik figurani eslatishi mumkin. Nuqtalar kattaligi va soni ahamiyatli emas. 5 ball –noaniq chiziqlar. Bajarilgan alohida topshiriqlar ballari yig‘indisi tekshirishning umumiy natijasini belgilaydi.
4-topshiriq (yig‘ma fikrni tekshirish).
Maqsad: bolaning fikrlash amaliyoti, mantig‘i, lug‘at boyligi rivojlanganligi darajasi va boshqalarni aniqlash. 10
1. Qaysi hayvon katta: otmi yoki it. a) ot- 0 ball b) it-(-5) ball
2. Ertalab biz nonushta qilamiz, kun yarmida (yoki tunda…) a) tushlik qilamiz… biz osh, go‘sht yoki nimadir yeymiz - 0 b) peshinlik, kechki ovqat eymiz, uxlaymiz va boshqalar – (-3).
3. Kunduzi yorug‘ , kechasi…
a) qorong‘u – 0 b) noto‘g‘ri javob – (-4).
4. Osmon ko‘m-ko‘k , o‘t… a) yashil 0.b) noto‘g‘ri javob – (-1).
5. Gilos, nok, olxo‘ri, olma- bular nima? a) mevalar – 1.b) noto‘g‘ri javob – (-1).
6. Nega poezd o‘tmasdan turib, uning yo‘li yoniga shlagbaum to‘siladi? a) poezdning tagiga hech kim tushib ketmasligi, falokat yuz bermasligi uchun – 0. b) noto‘g‘ri javob – (-1)
7.Toshkent, Samarqand, Chirchiq (tanish shaharlar aytiladi) nima ular? a) shaharlar-1. b) bekatlar – 0. v) noto‘g‘ri javob – (-1).
8. Soat necha (soatdan to‘g‘ri kelgan soatining 18, 15, 19, 55, 11, 5 minutlarini ko‘rsating)? Bola soatini o‘zi belgilasin.
a) agar barcha javoblar to‘g‘ri bo‘lsa – 4. b) agar bilmasa – 0. v) agar bir martaginasi to‘g‘ri bo‘lsa – 3.
9. Kichik sigir-bu buzoqcha, kichik it- bu…, kichik qo‘y-bu…. a) kuchukvachcha, qo‘zichoq –4. b) ikkalasidan bittasi –0. v) noto‘g‘ri javob – (-1).
10. It ko‘proq mushukka o‘xshaydimi yoki tovuqqa? a) mushukka (nimasi bilan ular bir xil), chunki unda ham to‘rt oyoq, jun, tirnoq bor
(hech bo‘lmasa bitta o‘xshash joyini aytsa – 0). b) o‘xshash belgilarisiz aytsa – (-). v) agar tovuqqa desa-(-3).
11. Nega barcha avtomobillarda tormoz bor? a) tog‘dan tushayotganda, burilishda uni sekinlatish uchun (ikkita sabab) – 1.
b) bitta sabab-0. v) noto‘g‘ri javob-(-1).
12. Bolg‘a bilan bolta nimasi bilan bir-biriga o‘xshaydi? a) agar ikkita umumiy belgisi (taxta, temir, mix qoqish mumkin, asboblar, orqa tomoni yassi) aytilsa – 3. b) agar bitta belgisi aytilsa – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
13. Olmaxon bilan mushuk nimasi bilan bir-biriga o‘xshaydi? a) agar ikkalasining ham ikki umumiy belgisi (oyog‘i, juni, daraxtga chiqib yurishi kabi) aytilsa-3. b) agar bitta o‘xshash jihati aytilsa – 2. v) noto‘g‘ri javob-0.
14. Mix nimasi bilan vintdan farq qiladi? Agar stolda, sening yoningda ikkalasi ham yotgan bo‘lsa sen ularni qanday bilasan?
a) rezbasidan (bolaning tushuntirishi) – 3. b) vint buraladi, mix qoqiladi, vint gayka, mixda esa qalpoqcha bor – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
15. Futbol, suvga sakrash, tennis, suzish, gimnastika – bu nimalar?
a) sport jismoniy madaniyat – 3. b) o‘yinlar, mashqlar, musobaqalar – 2.
v) noto‘g‘ri javob – 0.
16. Sen qanday transport vositalarini bilasan? Agar «u nima» deb so‘rashsa «Bu minib harakatlantiriladigan narsalar» deb javob qaytarish kerak.
a) agar erda yuradigan 3 ta transportni va samolyot, kemani aytsa – 4.
b) agar faqat erda yuradigan uchta transport vositasini aytsa yoki tushuntirishdan
so‘ng barchasini sanab bersa – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
17. Keksa kishi nimasi bilan yosh kishidan ajralib turadi? Ular o‘rtasida qanday farq bor? a) uchta belgisi (ajinlar, yomon ko‘radi yoki eshitadi, oq sochi va soqoli bilan) – 4. b) bir-ikki belgi uchun – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
18. Odamlar nima uchun sport bilan shug‘ullanadilar? a) ikkita sababga – 4.
b) bittaga – 2. v) noto‘g‘ri javob – 0.
19. Kimdir ishdan bosh tortsa nega bu axloqsizlik, noto‘g‘ri, yomon deyiladi?
a) qolganlar u uchun ishlashi kerak (mazmuni: kimdir jabr chekadi) yoki dangasalik qilyapti hech narsa sotib ololmaydi deyilsa – 2. b) noto‘g‘ri javob- (-2).
20. Nima uchun xatning ustiga marka yopishtiriladi? a) xatni pochta orqali jo‘natish uchun – 5. b) agar jarima to‘lanish kerak bo‘lsa – 2.
v) noto‘g‘ri javob – (-2). Natijalarni ishlash quyidagi sxemalar bo‘yicha olib boriladi: ballarning summasi alohida savollar bilan aniqlanadi.
Yig‘ma fikr rivojlanganligining birinchi darajasini +24 va undan baland.
Ikkinchi daraja +14 dan +23 gacha- o‘rta yuqori. Uchinchi daraja 0 dan +13 gacha – o‘rta (me’yor). To‘rtinchi daraja (-1) dan (-10) gacha – past. Beshinchi daraja (- 1) va undan past –juda yomon.
1.3.«Grafik diktant». O‘quv topshirig‘ini qabul qilish, o‘quv amaliyotini bajarish, ya’ni ixtiyoriy (erkin) e’tibor rivojlanganligi darajasini aniqlash uchun L.A.Venger metodikasi bo‘yicha tashxis o‘tkazish11.
Yo‘riqnoma:
– Katakli daftar varog‘idan olish va bolaga chiziqli naqshlar chizishni o‘rgatishni taklif etish. – Men senga chiziqni qanday tortishni aytaman, sen men aytgandek qilib chiz. – Sen o‘ng qo‘ling qayerdaligini eslaysanmi?. To‘g‘ri, bu o‘sha qalam ushlab turgan qo‘ling. Qani uni yonga cho‘z-chi. Qayerni u ko‘rsatib turibdi (eshikni va boshq). – Demak, men qachon chiziqni o‘ng tomonga tortinglar desam sen eshik tomonga qaratib chizasan. – Chap qo‘ling qaerni ko‘rsatyapti? (derazani yoki boshq). -To‘g‘ri. Men qachon chap tomonga, desam sen chiziqni deraza tomongan tortasan. – Men faqat qaysi tomonga chiziqni chizishni aytmay, balki uning o‘zunligiga qancha ya’ni, bir katak yoki ikki katak bo‘lishini ham aytaman.
– Faqat men aytgan narsani chizinglar. Chiziq tortayotganingda to‘xtab, kutib tur, qachon men yangi chiziqni qanday chizishni aytganimdan so‘ng oldingisi to‘xtagan joydan boshlash kerak. Bolaga naqshni qaerdan boshlab chizishni ko‘rsatish (varaqning ustki chap burchagidan, chekkasidan biroz joy tashlab) va aytib turish kerak: bitta katakcha yuqoriga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha pastga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha yuqoriga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha pastga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha yuqoriga. Endi o‘zing xuddi chizganingga o‘xshatib davom ettir. «Diktant» to‘g‘ri bajarilgan holda quyidagi naqsh hosil bo‘lishi kerak: Agar bola xatoga yo‘l qo‘ysa, tuzating: Bu naqsh mashq uchun edi. Bola uni chiza turib yo‘riqnomani tushunishi kerak. Mustaqil chizishni davom ettirayotganida uni oxirigacha etkazish zarur.12
Naqsh oxiriga etgach, bolaga navbatdagi naqshni qaerdan boshlash kerakligini ko‘rsating va aytib turing: -Ikki katak yuqoriga. Bir katak o‘ngga. Bir katak yuqoriga. Ikki katak chapga. Ikki katak pastga. Bir katak o‘ngga. Ikki katak pastga. Ikki katak o‘ngga. Ikkita yuqoriga. Bitta o‘ngga. Bir katak yuqoriga. Ikkita o‘ngga. Bitta pastga. Bitta katak o‘ngga. Ikkita pastga. Naqshni chizishni o‘zing davom ettir. Endi chizish jarayonida hech qanday qo‘shimcha ko‘rsatmalar berilmaydi va xatolar tuzatilmaydi. Naqsh qatorini oxirigacha to‘liq chizib bo‘lingach, quyidagilarni aytib turishni boshlang: – Ikki katak tepaga, ikki katak o‘ngga, bir katak pastga, bir katak chapga («chapga» so‘zini ovozda alohida ta’kidlash kerak). Bir katak pastga. Ikki katak chapga. Ikki katak tepaga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak pastga. Bir katak chapga. Bir katak pastga. Chizishni o‘zing davom ettir: Va, nihoyat oxirgi naqsh: – Ikki katak tepaga. Bir katak chapga. Ikki katak tepaga. Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak pastga. Bir katak chapga. Ikki katak pastga. Uch katak o‘ngga. Ikki katak tepaga. Bir katak chapga. Ikki katak tepaga. Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak pastga. Bir katak chapga. Ikki katak pastga. Chizishni o‘zing davom ettir:13
Har bir naqshning (mashq uchun berilganlaridan tashqari) bajarilish darajasi. Naqshning aytib turilgandagisi hamda bola tomonidan mustaqil davom ettirilib bajarilgani alohida-alohida baholanadi. Eng yuqori daraja, bu –naqshning xatosiz chizilishi. Uni 4 ball bilan baholash kerak. Agar 2-3 ta xatosi bo‘lsa 3 ball qo‘yiladi. Ko‘p xatolari bo‘lsa 2 ball. Agar to‘g‘ri chizilgan qismlardan, xato chizilgan qismlar ko‘p bo‘lsa, bu holda 1 ball beriladi. Va nihoyat agar birorta chizilgan qism bo‘lmasa 0 ball qo‘yiladi. Bola naqshni aytib turilganda bajarib 0 dan (agar butunlay noto‘gri bo‘lsa), 12 ballgacha (agar uch asosiy naqsh xatosiz bajarilgan bo‘lsa) umumiy ball yig‘ishi mumkin. Tashxisning aynan ushbu usulini tanlashimizning boisi – unda bolaning aqliy rivojlanishining barcha shakllari qamrab olinadi: Bilish jarayoni (solishtirish ko‘nikmasi, umumlashtirish, tahlil qilish, mustaqil xulosalar chiqarish va boshq..), obrazli fikrlash, bolaning mantiqiy imkoniyatlari uning qanchalik aqliy rivojlanganligiga holis baho beradi. «Grafik diktant» bolaning o‘quv topshiriqni qanday qabul qilishini, o‘quv harakatlarini qanday bajara olishini aniqlashtiradi.


XULOSA
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.Tarbiya masalalari ta’lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: faoliyatlarda ta’lim berish orqali, ijodiy va qoidali o‘yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o‘z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o‘z-o‘ziga xizmat qilish, sayrlar o‘tkazish, gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTTdagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o‘stirish va savod o‘rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko‘nikmalar sistemasini egallab oladilar.
Bolalar egallab olishlari kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar MTT dasturida belgilab berilgan bo‘lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Faoliyatlarda ta’lim berish didaktika prinsiplari asosida bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ma’lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘ladi. Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o‘tkaziladigan faoliyatlar soni va har bir mashg‘ulot qancha davom etishi belgilab qo‘yilgan.
Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o‘zining haftalik faoliyatlar jadvalini tuzib oladi, bu ta’limning hamma bo‘limlari bo‘yicha belgilangan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi.

  • Faoliyatlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha faoliyatlarni haftaga teng taqsimlash;

  • haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq faoliyatlar qo‘yiladi;

  • haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.


Yüklə 226,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin