Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari



Yüklə 226,62 Kb.
səhifə6/10
tarix07.01.2024
ölçüsü226,62 Kb.
#204233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiya

Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari.

Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari. Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash bu tekshiruv juda zarur. U oila uchun bolaning qaysi jihatlariga tuzatish (agar u zarur bulsa) kiritishda, olti yoshlining muvaffaqiyatlari va kamchiliklariga qanday yondashishda, shu maqsadda u tarbiyachilarga, qolaversa, 1-sinf o‘qituvchilari uchun ham kerak. Bolani o‘qitish uchun uni har tomonlama bilish kerak. Afsuski, bugungi kunda tashxis tizimining takomillashmaganligi, o‘zini oqlamagan turli xil shakllarni ko‘pligi ta’lim muassasalarining hamda ota-onalarning bolalarni maktabga tayyorlash borasida faoliyatini qiyinlashtirmoqda. Masalan, ayrim maktablarda bolalarni birinchi sinfga olishda bolaning maktabga tayyorgarligini belgilovchi asosiy ko‘rsatgich sifatida tez o‘qish ko‘nikmasi (bir minutda 50-70 va undan ham oshik so‘z) ilgari surilmoqda. Vaholanki, bu ko‘nikma maktabgacha ta’lim davlat dasturiga kiritilmagan. Agar bola tez o‘qishga urgangan bo`lsa yomon emas, biroq bu maktabga borishdagi shartli talab sifatida qabul qilinmasligi kerak.
Tashxis o‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim olishga tayyorgarligi darajasini aniqlash maqsadida turli usullarning bir necha variantlari berilmoqda. Biroq bu har bir bolaga tashxis qo‘yishda maskur uslublarning barchasini qo‘llash zarur, degani emas. Bolani tashxisdan o‘tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suhbat yoki o‘yin tartibida olib borgan ma’qul. Toki bola o‘zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob bervyotganda shoshirmaslik, uning qiziqishini so‘ndirmaslik uchun suhbat va tavsiya etilayotgan o‘yinlardan 2-3 tasini o‘tkazgan ma’qul. Bir marta tashxis o‘tkazish vaqti 20-25 daqiqadan oshmasligi lozim. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar uchun majburiy bo‘lgan hamda ota-onalarning ham bolani maktabga tayyorligini aniqlash va bola rivojlanishidagi ayrim jihatlarni chuqurroq yechishlariga imkon beruvchi asosiy tashxislash usullarining asosiylarga quyidagilar kiradi: 6
1. Bolaning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holati tashxisi.
2. Shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi: - tashxislovchi kirish suhbati;
- Kern-Irasek tizimi bo‘yicha tashxislar;
- Venger metodi bo‘yicha tashxislash ( grafik diktant ).
3.Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi:
- bolalarning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi savolnoma (mativatsion tayyorgarlik);
- bolalarning matematik tushunchalarini aniqlovchi savolnoma;
- bolalarning ogzaki savodxonligi va nutqi rivojlanganligini aniqlovchi
savolnoma.
4. Tekshirishning qo‘shimcha shakllari:
- ko‘rish xotirasi;
- eshitish xotirasi;
- mazmun xotirasi;
- tasavvuri va ijodiy fikrlashining rivoji;
- ogzaki – mantiqiy fikrlash rivoji;
- ma’lum joyda, hududda mo‘ljal olish rivoji;
- matematik tushunchalari rivoji;
- tasvirlash faoliyati bo‘yicha ko‘nikma va uddalashi rivoji;
- o‘zi va o‘zining tasvirlash faoliyatiga munosabatini ifodalash.
Bolalarning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash.
1.2. Bolaning shaxsiy–psixologik va aqliy rivojlanganligini tashxislash.
Tashxislash suhbati savollari:
1. Familiyangni, ismingni, otangni ismini ayt.
2. Ota – onangning familiyasi, ismi, otasining ismini ayt.
3. Sen qizmi yoki o‘g‘il ? Katta bo‘lsang kim bo‘lasan: xolami, tog‘ami?
4. Sening akang (opang) bormi, kim katta ?
5. Yoshing nechada ? Bir yildan keyin nechaga kirasan, iki yildan keyin- hi?
6. Hozir ertalabmi yoki kechqurun(kunduzimi yoki ertalabmi)?
7. Sen qachon nonushta kilasan-kechqurunmi, ertalabmi? Tushlikni ertalab
qilasanmi, kunduzimi? Tushlik oldin bo‘ladimi yoki kechki ovqat?
8. Sen qayerda yashaysan? Uy manzilingni ayt ( Qanday mamlakatda? Prezident kim? Vatanimizning bayrog‘ini, gerbini ko‘rsat va boshq.)
9. Otang (onang) kim bo‘lib ishlaydi?
10. Rasm chizishni yaxshi ko‘rasanmi? Bu qalamning (lentaning, ro‘molning) rangi qanaqa?
11. Hozir yilning qaysi fasli – qishmi, bahormi, yozmi, kuzmi? Nega sen shunday deb hisoblaysan?
12. Nega qor qishda bo‘ladi, yozda emas?
13. Haydovchi (shifokor, o‘qituvchi ) nima ish qiladi?
14. Maktabda qo‘ngiroq, parta nima uchun kerak?
15. O‘zingning o‘ng ko‘zingni, chap qulog`ingni ( o‘ng yoki chap qo‘l bilan ) ko‘rsat. Ko‘z va quloq nima uchun kerak?
16. Qanday hayvonlarni bilasan?
17. Sen qanday qushlarni bilasan?
18. Nima katta: sigirmi, echkimi? Kushmi yoki asalari? Nimaning panjasi katta: kuchuknikimi, xo‘roznikimi?
19. Nima katta: 8mi, 5mi, 7mi, 3 ? 3dan 6 gacha, 9 dan 2 gacha sana.
20) Bilmasdan birovning narsasini sindirib qo‘ysang, nima qilish kerak?
21. Uy telefonlaringning, onangning, otangning, buvingning ish joylaridagi telefonlarning raqamini eslab ko‘r…
22. Agar ota-onang ( kechqurun va dam olish kunlari) uyda yo‘q bo‘lsa – qayerda bo‘lishi mumkin?
23. Sen (katta do‘konda, bozorda, hayvonot bogida, seni majburan olib ketganda, notanish ko‘chada ko‘p kishilik avtobusda, metroda va boshq.) adashib qolsang, bunday holatlarda nima qilgan bo‘larding?

Yüklə 226,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin