A
b
D
55
9-DARS:
KO‘PBURCHAK VA UNING PERIMETRI
Maqsad:
ko‘pburchaklarni taniydi, farqlaydi, uning elementlarini biladi.
Uning peremetrini hisoblaydi (formulasiz).
1.
Mavzu bo‘yicha tushuncha beriladi. Qanday shakllar berilgan? Nomla
-
rini aytamiz (to‘rtburchak, beshburchak, ko‘pburchak). Kim chaqqon? Birga
-
likda shakllarning perimetri nimaga tengligini hisoblaymiz.
To‘rtburchakning perimetri: 2 cm + 2 cm + 2 cm + 2 cm = 8 cm ga teng.
Beshburchakning perimetri: 3 cm + 3 cm + 3 cm + 3 cm + 4 cm = 16 cm
ga teng.
Ko‘pburchakning perimetri: 2 cm + 4 cm + 4 cm + 4 cm + 4 cm + 2 cm =
20 cm ga teng.
O‘qituvchi o‘quvchilar topshiriqni bajarayotganda quyidagilarga e’tibor
qaratadi: shakllar va o‘lchov birliklarining to‘g‘ri aytilishi va yozilishiga.
2.
Rasmda ranglarga ajratib ko‘rsatilgan kataklarni sanaymiz va ular asosi
-
da berilgan jadvalni to‘ldiramiz. Yashil rangli katak nechta? (16 ta ) Qizil rangli
kataklar-chi? (16 ta) Siyohrang kataklar-chi? (16 ta) Sariq kataklar-chi? (28 ta)
E’tibor beramiz: jadvalda qaysi rangdagi kataklar so‘ralmagan? (Jigar
-
rang (16 ta) Pushti rangdagi kataklar (8 ta) Demak, jadval bo‘yicha so‘ralgan
rangli kataklar soni 76 ta. Jami rangli kataklar soni 100 ta.
3.
Aqlni charxlaymiz. O‘quvchilardan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini
topish usullari haqida so‘raladi. Ma-
salaning
sharti bilan tanishtiramiz
va javobini topamiz. Bo‘yi 20 metr,
eni 30 metr bo‘lgan
yer maydonini
o‘rash
uchun necha metr devor qu-
rish kerak?
Yechilishi:
Dostları ilə paylaş: