D 72 12-DARS: 0 SONINI BIR XONALI SONGA KO‘PAYTIRISH Maqsad: 0 sonini bir xonali songa ko‘paytirishni va 0 ning xossasini biladi.
1. Mavzu bo‘yicha tushuncha beramiz. Hisoblashni tushuntiramiz. Har
qanday sonni nolga ko‘paytirsak, nol hosil bo‘ladi. Rasmda berilgan bankalar
soni nechta? (3 ta) Ular qanday holatda? (bo‘sh) Bankadan qayerlarda foyda
-
lanamiz? (kompot, murabbo va shu kabilarni saqlashda) Demak, berilgan 3
ta banka bo‘sh. Uni quyidagicha ifodalaymiz.
3 × 0 = 0 0 × 3 = 0 2. Ko‘paytirish amali orqali misollar qiymatini topamiz va yozamiz.
1 × 0 = 0 3 × 0 = 0 5 × 0 = 0 7 × 0 = 0 9 × 0 = 0 2 × 0 = 0 4 × 0 = 0 6 × 0 = 0 8 × 0 = 0 10 × 0 = 0 3. Topshiriqni og‘zaki bajaramiz. Kim tezroq hisoblaydi? Berilgan namuna
asosida hisoblaymiz.
0 × 1 = 0 0 × 3 = 0 0 × 6 = 0 0 × 1 = 0 0 × 4 = 0 0 × 7 = 0 0 × 2 = 0 0 × 5 = 0 0 × 8 = 0 4. Rasmda qanday hayvonnini ko‘ryapsiz? (quyon) U qayerlarda ya-
shaydi? (yer ostida, in qazib) U nimani yaxshi ko‘rib yeydi? (sabzini) Uning
quloqlari qanday? (quloqlari uzun,
katta bo‘ladi) Quyoncha qanday
yuradi? (sakrab yuradi) Demak,
quyonchalar har doim sakrab yu-
rishadi. Sakramasa, hech qancha
metr siljimaydi.
5. Bu topshiriq amaliy bo‘l gani
uchun o‘quvchilarga kesmalarning
uzunligini chiz
g‘ich yordamida
aniqlash topshirig‘i beriladi.
Kesmalar uzunligini taqqoslay-
miz. Qaysi biri uzunroq?
Ko‘k rangli kesmadan qizil rangli
kesma uzunroq.
Yashil rangli kesma siyohrang
kesmadan uzunroq.
6. O‘quvchilarga yo‘llanma be-
ramiz. Misollarni ko‘paytirish amali
yordamida hisoblaymiz.
81
3 × 1 3 × 0 4 × 1 4 × 0 6 × 1 6 × 0