A
b
D
74
14-DARS:
BIR XONALI SONLARNING KO‘PAYTIRISH JADVALI
Maqsad:
bir xonali sonlarning ko‘paytirish jadvalini biladi. Jadvaldan foy
-
dalanib misollar yechadi.
1.
Mavzu bo‘yicha tushuncha beriladi. Ushbu jadvalni katta qog‘ozga
tayyorlab olish yoki ekranda namoyish qilish tavsiya qilinadi.
Bolalarga birga-
likda ishlash taklif qilinadi.
Ko‘paytirish jadvalini birgalikda takrorlab olamiz.
2.
Berilgan ko‘paytirish amalini hisoblaymiz va hosil bo‘lgan ko‘paytma-
larni taqqoslaymiz.
2 × 9 va 2 × 8
6 × 4 va 9 × 4
5 × 1 va 1 × 5
18 < 16
24 < 36
5 = 5
3.
Kim chaqqon? Aqlni charxlaymiz. Masalaning sharti bilan tanishamiz.
Bo‘sh qutining massasi 3 kg. Uning ichiga 12 kg olma va 2 kg nok joylandi.
Quti bilan birga mevalarning massasi qancha?
Bo‘sh qutining massasi: 3 kg.
Olma: 12 kg.
Nok: 2 kg.
Jami massa?
12 + 2 = 14
14 + 3 = 17.
Demak, quti va mevalarning
massasi jami 17 kg.
4.
O‘quvchilarga yo‘llanma be-
ramiz. Bo‘yalgan
katakchalar soni-
ni topamiz. O‘qituvchi o‘quvchilar
topshiriqni
bajarayotganda quyida
-
gilarga e’tibor qaratadi: amallarning
tarkibiy qismlari to‘g‘ri
aytilishi va
yozilishiga.
4 × 3 = 12
4 ta 3 talik.
3 × 4 = 12
3 ta 4 talik.
Dostları ilə paylaş: