A
b
D
71
11-DARS:
1 SONINI BIR XONALI SONGA KO‘PAYTIRISH
Maqsad:
1 sonini bir xonali songa ko‘paytirishni biladi.
1.
Mavzu bo‘yicha tushuncha beriladi. Eslab qolamiz! Har qanday sonni
birga ko‘paytirganda shu sonning o‘zi kelib chiqadi.
Hisoblashlar qanday bajarilgan? Ularni bajarib ko‘ramiz. Berilgan banka
-
lardagi qalampirlarni sanaymiz va ko‘paytirish amali orqali qiymatini topamiz.
1 × 1 = 1
1 × 2 = 2
1 × 3 = 3
Ikkinchi berilgan bankalarni guruhlab hisoblaymiz.
2.
O‘quvchilarga olmalar rasmi orqali sonlar nurida ifodalar tuzib, ularning
qiymatini topish tushuntiriladi. Chapdan o‘ngga qarab chizilgan ko‘rsatkich-
lar orqali qo‘shish va ko‘paytirish amalini bajarib, qiymatini topish o‘rgatiladi.
Eslaymiz: har qanday sonni 1 soniga ko‘paytirsak, shu sonning o‘zi chiqadi.
Demak, hisoblaymiz:
1 + 1 = 2
1 × 2 = 2
1 ta 2
talik
1 + 1 + 1 + 1 + 1 + 1 + 1 = 7
1 × 7 = 7
1 ta 7 talik
3.
Berilgan namunalar asosida ko‘paytmani topamiz. Har qanday sonni 1
ga ko‘paytirsak, shu sonning o‘zi chiqadi. Amallarni og‘zaki bajaramiz.
Dostları ilə paylaş: