D 80 5-BOB. SONLARNI BO‘LISH 1-DARS: TENG GURUHLARGA BO‘LISH Maqsad: narsalar to‘plamini teng guruhlarga bo‘ladi. Shaklli modellarni
teng qismlarga bo‘ladi.
1. Mavzu bo‘yicha tushuncha beriladi. Rasmda qanday o‘yinchoqlar beril-
gan? Nomini ayting?
Sizda ham shunday o‘yinchoqlar bormi? Ushbu o‘yinchoqlarni birgalik
-
da taqsimlaymiz. Sanaymiz va teng taqsimlab modelda ko‘rsatamiz. Demak,
o‘yinchoqlar 2 ta guruhga ajratiladi. Har bir guruhda 4 tadan o‘yinchoq bor.
Har bir guruhdagi o‘yinchoqlar soni teng. Ularning jami soni 8 ta.
2. O‘quvchilarga sonlar nurida ko‘rsatilgan chizma asosida tushuntiriladi.
16 ta kitobni 2 tadan ajratsak, nechta sinfga tarqatish mumkinligi haqida
-
topshiriq beramiz. Amalni bajarib, yozamiz.
16 – 2 – 2 – 2 – 2 – 2 – 2 – 2 – 2 = 0. Demak, 16 ta kitobni 2 tadan ajratsak, 8 ta sinfga tarqatiladi.
3. Shirinliklarni yaxshi ko‘rasizmi? Rasmda qanday shirinliklar beril
-
gan? Shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish mumkinmi? Kim chaqqon? Berilgan
topshiriqni og‘zaki bajaramiz.
3 + 3 + 3 + 3 + 3 = 15 5 + 5 + 5 = 15. 5 ta 3 talik guruhga ajratilgan.
3 ta 5 talik guruhga ajratilgan.
4. Berilgan stullarni birgalikda
sanaymiz va ularni teng guruhlar-
ga ajratamiz. Jami stullar nechta?
(16 ta) Nechta guruhga bo‘lingan? (2
ta) Har bir guruhda nechtadan stul
bor? (8 tadan)
8 + 8 = 16 2 ta 8 talik guruh.
2 + 2 + 2 + 2 + 2 + 2 + 2 + 2 = 16 8 ta 2 talik guruh.
5. O‘quvchilarga yo‘llanma bera-
miz. Olmalarni sanaymiz va ularni
idishlarga teng bo‘lib joylashtiramiz.
Olmalar nechta guruhga ajratilgani
-
ni topamiz va yozamiz.