Matematika o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma Yangi nashr



Yüklə 29,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/191
tarix21.12.2023
ölçüsü29,85 Kb.
#188217
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   191
M 2-sinf met qo\'llanma

D
130
5-DARS: 
BUTUNNING BO‘LAKLARI (TENG BO‘LAKLAR)
Maqsad:
butunni teng bo‘lakka bo‘lishni biladi. 
1. 
Mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan tushuncha beriladi. 
Butun deganda nimalarni tushunasiz? (bo‘laklarga bo‘linmagan narsa
-
larni) Ularni bo‘lish deganda-chi? (ularni 2 va undan ortiq teng bo‘laklarga 
bo‘lishni) Topshiriqda berilgan shirinliklarga qaraymiz. Ular qanday bo‘laklar
-
ga bo‘lingan? Bo‘lingan bo‘laklarni taqqoslaymiz. Ular tengmi?
2. 
Berilgan rasmga qaraymiz. Birgalikda bajaramiz va yozamiz. Rasmda 
nechta shokolad berilgan? Sanaymiz. Ular necha bo‘lakka bo‘lingan? Bo‘lak
-
lar tengmi? Qaysi bo‘laklar teng emas?
3. 
Rasmda nimalar tasvirlangan? Doiralar qanday bo‘laklarga bo‘lingan? 
Ular tengmi? Sanaymiz, bo‘laklar soni nechta? 
4. 
Berilgan topshiriqni amaliy bajaramiz. O‘qituvchi tomonidan quyidagi 
savollar beriladi: qanday shakllar berilgan? Ularning nomlarini aytamiz va sa
-
naymiz. Qayshi shakllar teng bo‘laklarga bo‘lingan? 
Topshiriq doskada chizib bajariladi. Teng bo‘laklarga uchburchak, aylana, 
to‘rtburchak, ko‘pburchak, oltiburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, doira. 
5. 
Topshiriqni bajaramiz va yo
-
zamiz. Yig‘indilarni hisoblab, marra-
ga yetib olamiz. Sinfni ikki guruhga 
bo‘lamiz. Har bir guruhda 6 tadan 
o‘quvchi ishtirok etadi. Har bir o‘qu-
vchilar chaqqonlik bilan misollar-
ni yechishadi. Qaysi guruh 1-o‘rinni 
olsa, o‘sha guruh g‘olib sanaladi. 
4 + 10 = 14
8 + 11 = 19
10 + 5 = 15
11 + 6 = 17
5 + 7 = 12
6 + 9 = 15
14 + 15 = 29 
19 + 17 = 36
15 + 12 = 27
17 + 15 = 32
29 + 27 = 56 
36 + 32 = 68
1-bayroqcha – 56.
2-bayroqcha – 68.
6. 
O‘quvchilarga o‘qituvchi to-
monidan tushuncha beriladi. Narsa-
lar nechta bo‘lakka bo‘lingan? Ular
-
ni chizamiz va har birining bittadan 
bo‘lagini bo‘yaymiz. 
145

Yüklə 29,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin