A2+ belgi standartning qaysi darajasini anglatadi?
*a) Umumta’lim fanlarini o’rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi
b) Umumta’lim fanlarini o’rganishning kuchaytirilgan boshlang’ich darajasi
c) Umumta’lim fanlarini o’rganishning boshlang’ich darajasi
d) Umumta’lim fanlarini o’rganishning tayanch darajasi
“Sonlarning bo’linish munosabatiga, Dirixle va matematik induksiya prinsiplariga, juft-toqlikka oid nostandart masalalarni yecha oladi” talabi qaysi standart darajasiga tegishli?
*a) A2+
b) A1+
c) A1
d) A2
“Tekislikda figuralarning xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar usullaridan foydalanib masalalarni yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi” talabi qaysi standart darajasiga tegishli?
*a) A2
b) A1+
c) A1
d) A2+
“Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalarni yecha oladi” talabi qaysi standart darajasiga tegishli?
*a) A1+
b) A1
c) A2+
d) A2
Tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda qaysi metodlardan foydalanish tavsiya etiladi?
*a) Kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyat, aqliy hujum kabi o’quv chilar faolligini oshiradigan metodlar
b) Ma’ruza, namoyish, amaliy mashq, savol-javob
c) Ma’ruza, loyiha metodlari
d) Aqliy hujum, amaliy mashq va namoyish metolari
Evrestik degan so’zning ma’nosi?
*a) “topaman”
b) “o’rganaman”
c) “bilaman”
d) “izlayman”
Klaster metodi qanday metod?
*a) pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o’ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi
b) o’qituvchi munozara mavzusini tanlaydi va o’quvchilarni munozaraga taklif etadi
c) masala yechimiga doir keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to’g’ri yoki noto’g’riligini tekshirishadi va isbotlashadi
d) muammoli vaziyatni keltirib chiqarish; uning yechimini topish uchun o’quvchilarni jalb qilish; turli yechimlar taqdimotini eshitish; yechimlarni solishtirish va tanlash; xulosalash