Matematika va informatika fakulteti talab



Yüklə 240,76 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü240,76 Kb.
#185328
Matematik tafakkur Nizom


Matematika va informatika fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan Matematik tafakkur” tanlovini tashkil etish va okazish tartibi to'g'risidagi
NIZOM

1.Mazkur Nizom Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Matematika va informatika” fakultetida tahsil oluvchi barcha talaba-yoshlar o'rtasida “Matematik tafakkur” tanlovi (bundan keyingi o'rinlarda Tanlov deb yuritiladi)ni o'tkazish tartibini belgilaydi.



II. Tanlovning maqsad va vazifalari
2.Tanlov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash, yuksak ma'naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o'zlashtirgan har tomondan sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda talaba-yoshlarni o‘z sohasini yetuk mutaxassisi bo‘lishga tayyorlash, hamda matematikaning hayotga tatbiqlarini izlashga yo'naltirish, sahna madaniyatini ko‘rsatish orqali oliy ta'lim muassasida olib borilayotgan madaniy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga o'z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish va rag'batlantirishdan iborat.

III.Tanlovni tashkil etish va o'tkazish


3.Tanlov (tashkilotchi) Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Matematika va informatika” fakulteti tomonidan tashkil etiladi. Tanlovda fakultetning 2-,3-,4-bosqichda tahsil oladigan talabalari (har bir guruhdan 1 ta talaba) ishtirok etadi.
4.Tanlovni tashkil etish va uni o'tkazish, “Algebra va matematik analiz” va “Matematika o‘qitish metodikasi va geometriya” kafedralari mudirlari zimmasiga yuklatiladi.
5.Tanlov to'rt shartdan iborat:
1. “Men kelajak quruvchisiman”
2. “Atrofimizda matematika”
3. “Mantiqiy tafakkur”
4. “Matematika shakllarda”
6. Har bir shart Hakamlar hay'ati tomonidan 5 ballik shkalada baholanadi.
7. G‘olib bo‘lgan talabalar diplom va …………. Bilan rag‘batlantiriladi.
IV. Matematika va informatika fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Matematik tafakkur” tanlovi baholash mezonlari

1 – shart: “Men kelajak quruvchisiman”
Ushbu shartda talabalar o‘zlarini tanishtiradilar, bunda ularning kelajak uchun maqsadlari, bo‘lajak o‘qituvchi sifatida kasbini qay darajada tasavvur qilishi, o‘quvchilarni qay darajada yaxshi motivatsiya bera olishi, kiyinish madaniyati, o‘zini sahnada tutishi baholanadi, bunda ko‘rgazmalilikka va kreativ yondashuvga e’tibor beriladi. Ushbu shart uchun har bir talabaga 5 daqiqadan 7 daqiqagacha vaqt beriladi.

2 – shart: “Atrofimizda matematika”



Ushbu shartda talaba matematika fanidagi ixtiyoriy mavzuni hayotga tatbig‘ini tajriba ko‘rinishida ko‘rsatib berishi zarur. Bunda tadqiqotning hayotiyligiga, ilmiy yangiligiga, qiziqarli va ko‘rgazmaliligiga e’tibor qaratiladi. Ushbu shart uchun har bir talabaga 5 daqiqadan 7 daqiqagacha vaqt beriladi.


3 – shart: “Mantiqiy tafakkur”
Ushbu shartda boshlovchi tomonidan har bir talabaga 5 tadan savol mantiqiy savol beriladi, har bir savol uchun 20 soniya vaqt o‘ylash uchun beriladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 balldan beriladi.


4 – shart: ““Matematika shakllarda”
Ushbu shartda Sterometriyaga oid shakllar, matematik ko‘rgazmalar talaba tomonidan tayyorlanib kelinadi va shu shaklning ta’rifi, xossalari talaba tomonidan tushuntiriladi. Bu shartda ko‘rgazmali qurolning originalligiga, sifatiga yaxshi yoritilib berilishiga e’tibor beriladi.


8. Hakamlar hay'ati tomonidan talabalar chiqishlarini baholashda quyidagi mezonlarga: talabani sahnada o‘zini tutishiga, tadbiqlarning originalligiga, ko‘rgazmali qurollarning o'ziga xosligi, mazmundorliligi, mavzuni mohiyatini oddiy va xalqchiltarzda ochib berishiga, kiyinish va nutq madaniyatiga e'tibor qaratiladi.
9. Hakanılar hay 'ati tomonidan har bir shart so‘nggida ballar e’lon qilinadi va ular yuzasidan izoh beriladi. Tanlov so‘nggida natijalar umumlashtirilib e’lon qilinadi, 1-, 2-, 3-o‘rin sohiblari, hamda faol ishtirok etgan talabalar taqdirlanadi. Qabul qilingan qarorni muhokama etishga yo'l qo'yilmaydi.

V. G'oliblarni taqdirlash
10. Tanlov g‘oliblari diplom bilan taqdirlanib, quyidagi ko‘rinishda rag‘batlantiriladi.


1 - o‘rin uchun:
2 – o‘rin uchun:
3 – o‘rin uchun:

VI. Yakuniy qoidalar
11. Talaba o‘zini nizom talablariga mos kelmagan holda tutsa Hakamlar hay'ati a' zolari tomonidan talabaning chiqishi to'xtatiladi va natijalari bekor qilinib tanlovdan chetlashtiriladi.
Yüklə 240,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin