Matematikani o


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 66,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü66,8 Kb.
#210394
1   2   3   4   5   6   7
145-150

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-26, Issue-1, January - 2023
 
147
O`qituvchi faol usulda o`tkazish. Xar qanday yuqori saviyada o`tkazilgan maruza, 
garchand u faktlarga boy bo`lsa ham, agar uzoq vaqt davom etsa, o`quvchining eshitish 
qobiliyati susayadi va charchaydi. Bu holat o`quvchini loqayd eshituvchiga aylantiradi. 
Maruza qancha uzoq davom etsa, samaradorlik shuncha kamaya boradi. 
Shuning uchun maruzani kichik innovatsion texnologiya darajasida quyidagicha 
tashkil etish o`quvchilar uchun qulaylik tug’diradi. 
O`qituvchi o`z maruzasini bir necha bloklarga bo`ladi. Har blokni 15-20 minut 
davom ettiradi va har bir blokdan so`ng to`xtab, mazu bilan bog’liq qisqa savol-javob, 
fikr almashuv olib boradi. Dars davomida ayrim muammolarni o`rtaga tashlaydi. Shu 
vaqt oralig’ida bu muammoga o`kuvchilarning munosabatini aniqlaydi. Ularning 
fikrlarini tinglaydi. Har bir fikr bildiruvchiga imkoniyat yaratadi. Ammo, uni tanqid 
ostiga olmay, boshqalarning fikrlarini ham tinglaydi. Bu holat maruzaga bo`lgan 
munosabatni ijobiy tomonga o`zgartiradi, maruzaga befarq qaramaslikka sabab 
bo`ladi. O`quvchilarni yakka tartibda suhbatga tortish 5 daqiqagacha davom etadi. 
O`qituvchi o`quvchilarning qiziqish, intilish, masuliyati oshib borishini kuzatib 
boradi. Maruza davomida muntozam faol ishtirok etuvchilar, teran fikr bildiruvchilar 
maruzachining tayanchiga aylanadi. 
Dars davomida mavzuni sekin-asta o`quvchining kundalik faoliyatiga doir 
misollar bilan bog’lab boriladi va qisqa munozaralar orqali tegishli echimlar topiladi. 
Shu holatda kechgan maruzalarda o`quvchilar vaqt qanday o`tganini bilmay 
qoladilar. Maruzaning yana davom etishini hohlab, befarqlik o`rnini hushyorlik, ichki 
intilish, echim qidirish egallaydi, o`zlari ham echimni topishda shaxsan ishtirok etishga 
hissa qo`shishga intiladilar. 
Bunday darslar har ikki tomonning o`zaro faolligini oshiradi, navbatdagi 
munozaraga chorlaydi. 
Biz hozir «Haqiqiy sonlar» mavzusini mavzularga ajratib olamiz va ikki qismga 
ajratamiz bu qismlar yuqorida aytib o`tganimizdek to`rt dars soati, yani ikki juftlik 
darsga ajratib olamiz va shu ikki juftlik darsni maruzaga ajratamiz, qolgan 10 soat dars 
amaliy mashg’ulotga qoladi. 
Quyidagicha mavzuchalarga ajraladi. 
Birinchi juftlik: 
Natural, butun, ratsional va irratsional sonlar. Cheksiz o`nli kasrlar. 
Davriy o`nli kasr, davriy o`nli kasrni oddiy kasrga aylantirish. 
İkkinchi juftlik: 
Haqiqiy sonlar va ular ustida amallar. Haqiqiy sonning moduli va uning asosiy 
xossalari. Matematik induktsiya usuli. 
Ajratilgan ikki juftlik maruza darsining birinchi juftligini innovacion 
texnologiyalar asosida qisqacha tanishtirib o`tamiz. 
Birinchi juftlik maruza darsi. 



Yüklə 66,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin