165
20.2. Metallarni kesib ishlash turlari
Metallarni kesib ishlash insoniyatga qadimdan ma’lum qo‘l bilan
yuritiladigan tokarlik va parmalash stanoklari, XII asrdayoq mavjud
edi. Mexanik yuritmali tokarlik va parmalash stanoklari XVI asrdan
ishlatila boshladi. 1645 yilda YAkov Batishchev va Ivan Osipov
original konstruksiyali stanoklar yaratdilar. 1716 yilda A. K. Nartov
mexanik supportli tokarlik stanogi qurdi. XIX asrning o‘rtalariga
kelib, tokarlik, parmalash, frezalash, randalash, jilvirlash stanoklarn va
boshqa stanoklar barpo etildi. Ana shu
davrda metallarni kesish
to‘g‘risidagi fan vujudga keldi. Bu fanning asoschisi rus olimi I. A.
Time bo‘ldi. U metallarni kesish jarayoning fizikaviy tabiatini
nazariy jihatdan izohlab berdi. Akad. A. V. Gadolin, prof. P. A.
Afanasev, prof. K. A. Zvorikinning metallarni kesish nazariyasiga
qo‘shgan hissalari juda katta. Rus olimi YA. G. Usachev kesish
tezligining va kesish zonasidagi temperaturaning ta’sirini
aniqladi
hamda kesish rejimlarini o‘zgartirish yo‘li bilan qirindi turini, kesish
kuchini va kesilgan yuza tozaligini o‘zgartirish mumkinligini
ko‘rsatdi.
Metallarni kesib ishlashda ularning anchagina qismi qirindiga
ketadi. Binobarin,
qirindi miqdorini va demak, metallning
isrofgarchiligini kamaytirish uchun, zagotovkalar olishda doim imkoni
boricha kam, ammo texnologik jarayonining eng tejamli bo‘lishini
ta’minlaydigan darajada qoldirilishi lozim.
Novator ishchilar, injener-texnik
xodimlar va olimlarning
hamkorlign tufayli metallarni kesib ishlash sohasida katta-katta
yutuqlar qo‘lga kiritildi va kiritilmoqda.
Metallarni kesib ishlash usullari. Kesib ishlashda turli
zagotovkalardan: quyma, pokovka va boshqalardan foydalaniladi.
Zagotovkalar tegishli stanoklarda kesib ishlanadi.
Stanoklar ish organlarining harakatlari asosiy va yordamchi
harakatlarga bo‘linadi. Asosiy harakat
zagotovkadan qirindi kesib
olish bilan bog‘liq, yordamchi harakat esa zagotovkadan qirindi kesib
olish bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlardir. Masalan, kesuvchi
asbobni zagotovkaga keltirish, uni zagotovkadan chetlatish va shu
kabi harakatlar yordamchi harakatlar bo‘ladi.
Asosiy harakat, o‘z
navbatida, bosh harakat bilan surish. hrakatiga bo‘linadi.
166
Metallarni kesib ishlashning asosiy usullari jumlasiga yo‘nish,
randalash, yig‘ish, parmalash, frezalash, jilvirlash va sidirish
(protyajkalash) kiradi.
Yo‘nish
. Bu jarayon tokarlik stanoklarida
keskich bilan ba-
jariladi. Yo‘nish jarayonida zagotovka aylanma harakatga, keskich esa
bo‘ylama yoki ko‘ndalang yo‘nalishda ilgarilanma harakatga
keltiriladi. Bunda zagotovkaning harakati tez sodir bo‘ladi va bosh
harakat deb ataladi, keskichning harakati esa sekinroq bo‘ladi va
surish harakati deyiladi. Bosh harakat kesish harakati deb bosh harakat
tezligi esa kesish tezligi deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: